Imruul Qays, Mutanabbiy, Shanfaro va Axtal – mashhur arab shoirlari.
52
Men javob berdim:
- Charchagan va mahzunman! Shu ikki javob (charchoq va
mahzunlik)dan birini mendan aritadigan do‘st bilan bog‘lanishni
istayman!
181.
Qafasdagi chumchuq ovchilarning miltig‘idan omonda. Lekin
bor kuchi bilan ozod bo‘lmoqqa intiladi. Chunki u daraxt
shoxida turib o‘q yeb o‘lmoq, har kuni qafasdagi xorlikdan
go‘zalroq ekanini biladi.
182.
“Agar sening itda bir ishing bo‘lsa, unga janob deb murojaat
qil!”
Mana shunday maqollar bizni bir hovuch yaltoqilarga aylantirdi.
Itlar bo‘lsa, o‘zlarining janob ekanlariga ishona boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: