Osmondan shuncha chuchuk suv tushsa ham, dengiz
sho‘rligicha qoladi.
O‘zingga jabr qilma, ba’zilar har qancha uringaning bilan baribir
o‘zgarmaydi.
20.
Kiyimida “arzon ayol”ning ifori.
Og‘zida undan “arzon ayol”ning ta’mi.
Xotirasida esa birgina ayol! Bu o‘sha – bir kuni unga: “Sharaf
boylikdan qimmatroq”, - degan ayol!
21.
Inson qiladigan birinchi xato, o‘zini xato qilishdan yuqori
turishiga ishonishidir.
22.
Biz tarixni o‘qishga qattiq qiziqamiz.
Biz shunaqamiz: yozilishida ishtirok etmagan narsalarimizni
o‘qishni yaxshi ko‘ramiz.