O`zbekiston tabiiy resurslarga
nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy
va ishlab chiqarish-texnika qudratiga ega. Mamlakatimiz korxonalarida, ilmiy
hamda
ilmiy-ishlab chiqarish, loyiha konstruktorlik va boshqa tashkilotlarda asosan yuqori
malakali, bilimdon mutaxassislar mehnat qiladi.
Mana shunday qudratga ega bo`lgan mehnatkash xalqimiz o`tmishda ancha
nochor kun kechirib keldi. Buning sababi shundaki, Respublika iqtisodiyoti sobiq
SSSR yagona iqtisodiy tarmog`ining ajralmas qismi deb xisoblanib faqat xom-ashyo
etkazib beradigan o`lkaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz ehtiyojlarini
qondirish uchun
zarur bo`lgan iste`mol mollari boshqa respublikalardan keltirib berilardi. Natijada
respublikamiz Markazga to`liq qaram bo`lib qolgan edi.
Hayot shuni ko`rsatdiki, faqat xom-ashyo etishtiruvchi va sotuvchining kosasi
oqarmaydi, u surunkali nochorlik ka giriftor bo`ladi. SHuni hisobga olgan holda,
respublikamiz o`ziniig barcha imkoniyatlari va rezervlarini to`g`ri hisobga olib
chiqib, O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta`minlash imkonini
beruvchi tuzilmani vujudga keltirishni, o`zimizning mustaqil iqtisodiy sistemamizni
yaratishni asosiy maqsad kilib quydi.
Endilikda tabiiy qadriyatlarimizdan ayovsiz foydalanishga, atrof-muxitga
ziyon
etkazilishiga yo`l qo`ymaslik O`zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama— xom-
asheviy yunalishiga qat`iy bardam berish Respublika ichki siyosatining eng muqim
strategiyasi hisoblanadn.
«Xalq xo`jaligining xom-ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish, — deydi I.
Karimov, — Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror va jo`shqin rivojlanishini
ta`minlash imkonini beradi, ish bilan ta`minlanmagan ishchi kuchlarini ishlab
chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb-korlik savodini oshirishga, maqsulotlarni
keltirish va chetga chiqarishni mutanosiblashtirishga ko`maklashadi, eng asosiysi—
O`zbekistonning mustaqilligi, uning xalqi turmush darajasining o`sishi uchun
ishonchli kafolatlar yaratadi»
4
.
Mazkur siyosatni amalga oshirish niyatida hozirgi kunda xukumatimiz
Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, import xajmlarini
kamaytirish va eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga
qaratilgai siyosatni muntazam ravishda amalga oshirmoqda. endilikda biz xorijdan
keladigan sarmoyalarga qaram bulib o`tirmasdan
Do'stlaringiz bilan baham: