muammolarni hal etish yo`li
bilan bevosita, huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida
bilvosita amalga oshirilmoqda.
3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Demokratik yo`l bilan
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va
ularni og`ishmay amalga oshirish lozim. Huquqiy davlatning elementlari: a) qonun
ustuvorligi; b) qonun oldida hammaning tengligi; v) hamma o`z ish faoliyatini qonun
doirasida bajarishi; g) hokimiyat organlarining bo`linish kabi printsiplariga amal
qiladi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda,
kuchli ijtimoiy siyosat yuritib kelinmoqda. Bozor munosabat-larini joriy etish bilan
bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam ta`minlangan
oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy
himoyalash yuzasidan oldindan ta`sirchan chorlar ko`rilishi lozim. Bunda 1) daromad
(pul) siyosati yani pul-kredit siyosati, pul daromadi siyosati o`tkazilib kelinmoqda. 2)
Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar, kam ta`minlanganlarni ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish. 5) Xalqning moddiy turmush
sharoitlarini yaxshilash kabilar amalga oshirilmoqda.
5. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich o`tishi - tadri-jiy yo`li. Bozor
iqtisodiyotiga ob`ektiv qonunlarning talablarini
hisobga olgan holda, tadrijiy asosda,
puxta o`ylab, bosqichma-bosqich o`tilmoqda. Bu yo`l Evropadagi sobiq sotsialistik
mamlakatlar qo`llayotgan «SHoka terapeya» yo`lidan tubdan farq qilib (ular
birdaniga), bozor iqtisodiyotiga iqtiso-diyotda, siyosatda, ma`naviy hayotda, ijtimoiy
jarayonlarda bosqichma-bosqich o`tilmoqda.
Ushbu tamoyillar O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lining asosini, o`tish
davri dasturining negizini tashkil etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni,
eng muhimi,
bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta`minlamoqda.
Taraqqiyotning o`zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an`analari,
qadriyatlari va mentalitetiga tayangani, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi
dunyo tajribasining ilg`or yutuqlariga asoslangani tufayli xalqaro hamjamiyat
tomonidan e`tirof etilmoqda.
Xalq farovonligi g`oyasi, uning mohiyati va yo`nalishlari. Tarix va taraqqiyotning
bosh maqsadlaridan biri - bu xalq farovonligiga erishishdir. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar inson uchun, uning farovon hayoti
uchun xizmat qilishi
kerak.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi - xalqimizga
munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. YA`ni islohot - islohot uchun emas,
inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Jamiyatimizdagi har
qanday yangilanish, har qanday o`zgarish mohiya-tida ana shu maqsad mujassamdir.
Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi qatlamlarining islohotlar
mohiyatini anglab etishga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishish zarur.
buning uchun esa ularning dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, erga munosabatini
tubdan o`zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki farovon
turmush asosi -
erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskor-likdir. Biz bularning har bir haqida qisqacha
to`xtalishni lozim topdik:
1. Erkinlik - farovon turmush asosi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov
o`zining qator asar va chiqishlarida bu masalaga alohida e`tibor berib kelmoqda.
Xususan, «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mamlakatimiz uchun XXI asr
boshlaridagi asosiy ustuvor yo`nalish-laridan birini ham ana shu masala bosh vazifa
qilib qo`yildi. “Birinchi ustuvor yo`nalish - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini,
davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish”.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayon-larini
erkinlashtirish
masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu bora-dagi asosiy vazifalar hokimiyat
barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini
mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga,
fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkaza borish,
ularning haq-huquqlarini va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat.
Prezident I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi yig`ilishida bu masalaga
alohida e`tibor berib shunday degan edi: «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi
eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo`lmish mamlakat Parlamentining roli
va ta`sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o`rtasida
yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat». SHuningdek,
yurtboshimiz «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili haqida
to`xtalib, o`zini-o`zi
boshqarish organlari - mahalla, mahalla qo`mitalari va qishloq
fuqarolik yig`inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozim»ligi
bayon etildi.
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi - birinchi navbatda davlatning
boshqaruv rolini chegaralash, xo`jalik yurituvchi sub`ekt-larning iqtisodiy
erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini
kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquq-larini mustahkamlash demakdir.
2. Tadbirkorlik - farovon turmush asosi. Prezidentimiz Islom Karimov 1994 yil 16
dekabrda Prezident huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar
bo`yicha idoralararo Kengashning navbat-dagi majlisida “Tadbirkorlik - iqtisodiyot
kelajagi” mavzuida mazkur masala yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bayon etgan
edi. Unda bozor muno-sabatlariga o`tishning keyingi bosqichida quyidagi 3 ta
ustuvor yo`nalishni belgilab berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: