Topshiriq: “Chekish umr zavoli”, “Biz yoshlar tamaki mahsulotlariga qarshimiz”
mavzusini rasm orqali tasvirlab berish.
Uyga vazifa: “ Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusiga tayyorlanib kelish.
30-mavzu: Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may Xotira va qadrlash kuni
munosabati bilan)
Kun shiori: Tuprog`i to`tiyo makonga qulluq,
Xudo bergan davru davronga qulluq.
Aziz qilgan aziz insonga qulluq,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning
azizligini, o`tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashashlikni
uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun,
Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun.
Bu imkon, bu zamon senu men uchun,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Iqbol Mirzo
O`qituvchi:
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o'z maqsad-muddaolari, shu bilan birga,
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini
yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan,
xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo'ladi.
Ma'lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy
qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o'zimizga tasavvur
etish uchun birgina O'zbekiston bo'yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab,
13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida
nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan
deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha
odamlarning o'z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go'daklar yetimlikka
mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o'lkalarga
surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati
yanada yaqqol namoyon bo'ladi.
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo'lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va
millatimizning yaqin o'tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan
saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish,
begunoh qurbon bo'lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz,
ham farz edi.
Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning
Yunusobod tumanida qatag'on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl
etilib, nom-nishonsiz ko'mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib
kelgan Bo'zsuv kanali sohilidagi Alvastiko'prik deb nom olgan jarlik o'rnida
Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg'arma tashkil
qilindi.
2001 -yildan e'tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni
sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda
xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko'ra osh tortib, Qur'on tilovat qilish, davlat
va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib,
marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga
aylanib qoldi.
Bu ishlar xalqimiz, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida
tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning
ma'naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan
ayniqsa e'tiborlidir.
Ma'lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G'alaba kuni sifatida bayram
qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o'tkazilar edi. Biz
mazkur sananing asl insoniy ma'no-mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu
boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9-may kunini
mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu
voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to'laqonli tiklash yo'lida
hayotning o'zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo'lganini aytish lozim.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini
o'zida ifoda etgan eski yodgorliklar o'rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga
hamohang bo'lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali
o'rnatildi.
Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon
urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga
zarhal harflar bilan yozib qo'yilgani, ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan 35
jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz
tarixida ibratli ma'naviy voqea bo'ldi.
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Do'stlaringiz bilan baham: |