BESH OG'IZ GAP
(2-QISM) t/me:kongilgayaqingaplar
QADR QI M MAT
HI YON AT
TABASSUM
O'LIM
E'TIBORSIZLIK
Qadr-qimmat....
Yillar o'tgan sari qadr-qimmat pul bilan o'lchanadigan bo'lib bormoqda. Inson qadrni cho'ntagiga qarab sotib oladi. Agarda sening puling ko'p bo'lsa demak qadring baland, agarda bo'lmasa sen qadrsiz insonsan. Ajoyiba! Mashinang bo'lsa hamma seni hurmat qiladi sening ko'nglingga qaraydi, huddi bolalik davrida koptoki bor bolani gapi qonun bo'lganiday... Nega shu holatga kelib qolayapmiz? Ayb zamondami yoki o'zimizda! Bizning baxonamiz faqatgina zamon o'zgaryapti... Bu noto'g'ri mantiq! Ha aytgancha "matiq left Uzbekistan" ediya esimdan chiqibdi... Buni o'qip ozgina bo'lsa ham tabassum qilgandirsiz, lekin bu og'riqli haqiqat. Oldinlari bobolarimiz davrida inson qadri juda yuqori bo'lgan. Dushmanlar qadrsiz hayvondek qaragan bo'lsa, o'zbeklar dushman bolalariga ham mexr ila boqishgan, bu bilan sizga tarixni eslatish niyatim yo'q, shunchaki inson bo'laylik demoqchiman, do'st deymiz, qarindoshim deymiz, yaqinim deymiz, lekin ishingiz tushganida yordam beraolmasa, siz uchun u huddi balodek ko'rinadi... Imkoniyati bo'lsa ham buni u hohlamadi deb o'zimizdan o'zimiz hulosa chiqaramiz, nafratlanamiz, dilimiz og'ridi. Lekin bir o'ylab ko'ring balki u imkonyatni ham joyi bordir.... Hayotimdagi bir voqea..."lshmda muomo chiqib ishdan haydalishim mumkun bo'lib qoldi, so'ng indamadim, shunchaki tabassum bilan hop
javobimni berdim, hamkasblarimni kuzatsam ular juda hafa, kimdirlari yig'lab yuripti! Hayron bo'lib ulardan sababini so'radim. Shunda menga berilgan javobdan juda taajublandim. Ularni barchasini hafaligi, yig'layotganlarini sababi meni ishdan ketayotganligim ekan! Shunda men o'ylab qoldim, nega ular hafa axir meni ularga hech qanday foydam tegmagan bo'lsa, biron tashvishli kunida yonida turmagan bo'lsam deb. Uyga kelib bu narsalarni o'ylab yotar ekanman, ko'zlarimda yosh, ishdan ketayotganligim uchun emas! Meni deb shunchalik qayg'urayotgan insonlarni tashlab ketayotganimdan. Ularni har biri menga qo'ng'iroq qilib ketmasligimni so'rar, qolishimni iltimos qilib so'rashdi. Shunda men hursand bo'ldim! Ular uchun shunchalik qadrli inson bo'lganimdan, ular meni o'zlariga shunchalik yaqin olganlaridan, foydam tegmasada o'zlariga yaqin inson sifatida ko'rganlaridan" demak qadr-qimmat hali butkul yo'qolmagan! Qadr do'stlikda ham juda katta ahamiyatga ega do'stlik uchun pul ro'l o'ynamaydi, bilinki do'stingiz siz bilan pul masalasida sizdan hafa bo'lsa demak siz u inson uchun qadrsiz hisoblanasiz. Do'stingiz sizga yordam berishi shart emas sizda bor tashvish unda ham bor, muhimi aksirganingizda "Alhamdulillah" deyishga, har qanday vaziyatda ollohni, ota onangizni eslatib turishga sizni hukm qilsa shuning o'zi yetadi.. Bunday do'stdan boshqa qadrli inson yo'q!!! Qadrli bo'laman deb doim harakat qilamiz, yuguramiz, ko'ngillariga qaraymiz, jaxllari chiqqanda boshimizni egib indamaymiz. Buni ko'plar inkor etishi mumkun, lekin ishingiz tushsa mana shunga majbur bo'lasiz.Bu hayot qonuni...
Hiyonat
bu so'z bizga shunchalik tanishki hatto sevgi so'zidan ham. Bu so'z avvallari vatanga hiyonat, yurtga hiyonat, dinga hiyonat kabi ulug'vor narsalarda uchrab tursa hozir juda ham ommalashib ketgan, bir inson do'stining ustidan kulib qo'ysa, boshqa inson bilan yaqin bo'lib ketsa 11 bo'ldi tamom! U menga hiyonat qildi, u meni sotdi 11 degan asossiz vahimalarni paydo qiladi. Vaholanki bu juda oddiy narsadir... Oldinlari vatan sirlarini dushmanga aytgan inson hiyonatkor inson sifatida qaralgan bo'lsa hozir shunchaki boshqa inson bilan yaqinlashib ketgan odamga ham hiyonatkor sifatida qaralmoqda! Bu juda kulguli... Endi siz kutgan sevgidagi "Hiyonat" ga kelsak. Bilaman bu siz uchun juda qiziq! chunki har bir inson sevib ko'rdimi albatta hiyonatni tamini ham his qilib ko'rgan.Bu tabiy holat, yoshlikda qiziqishni ortidan boshlangan sevgi tabiyki uni yakuni ham bo'ladi. Endii.... Hiyonat qanday kelib chiqishi haqida fikr qilib ko'rsak.Asosan o'smirlik yoshidagi o'g'il bolalarda bu holat ko'proq uchraydi. Sababi ular hali och, hisiyotlarini jilovlashi qiyin, juda extirosli bo'lishadi shuning uchun huddi kapalaklardek u guldan bu gulga bu guldan u gulga qo'nib yuraverishadi. Yoki yulduzlarga taqqoslasak bo'ladi! "insonlar huddi yulduzlar kabidir, biriga yaqinlashsang boshqasi go'zallashib boraveradi" mana shu asosiy sabab, o'smirlarda asosan qiziqishdan kelib chiqadi qizlar bilan gaplashish, ularga bu huddi obro-e'tibordek ko'rinadi, ommalashgan tilda aytganda bu ular uchun huddi
"Piyar"dek gap. Qizlarga keladigan bo'lsak ular juda yosh, ishonuvchan, qiziquvchan bo'lishadi ba'zilari extirosli va yana ! Qizlarda ham hiyonat shunday kelib chiqadi, bir bola ikkinchisidan kuchliroq yoki chiroyliroq yoxud shirin so'z buni menimcha nimaligini tushundingiz... Yoshlar shu narsani tushunib yetishganida ular balki fikrlashi o'zgararmidi deb o'ylab qolaman o'smirlikdagi sevishish bu asosan extirosga asoslangan muxabbatdir, siz buni inkor etishingiz mumkun lekin bu ich-ichingizdagi haqiqat, masalan gaplashadigan insoningizni bag'ringizga bosgingiz keladi, bo'sa olgingiz yana boshqa nomsiz harakatlar...Bularni barchasi extirosdandir. Endi bir tasavvur qiling siz bilan shu ishni qilayotgan inson naxot sizdanda zo'rroq, chiroyliroq inson bilan shu ishni qilgisi kelmasa? O'ylab ko'ring kim yo'q deb javob bergisi kelardi. Qizlar aytishi mumkun" men unday qilmagan bo'lardim, chunki men faqat uni sevaman!" bu juda kulguli chunki tashqarida bir marta ko'rgan insonni rad etish juda oson, lekin u bilan birga o'tirib yoki do'stlashib uni fikrlashi o'zini tutishlarini ko'rib o'zingizni yigitingizdan ming marta yaxshi degan fikrga kelishingiz tabiy hol.CHunki zo'rdan zo'r albatta chiqadi, Yana bir misol yigitingiz sizni so'kadi, hurmat qilmaydi, kam eslaydi, erkalamaydi. Lekin bu inson buning aksi qaysi biri yaxshi deb aytgan bo'lar edingiz! Shunday ekan yosh bo'lib haqiqiy sevgi haqida o'ylamasangiz ham bo'ladi, chunki juda kam holatda bu ro'yobga chiqishi mumkun. Yillar o'tib voyaga yetgandan so'ng, inson uylanish yoki turmushga chiqish haqida o'ylay boshlaydi. Bu davrda ham albatta hiyonat mavjud. Lekin bu qanday sodir bo'lishi juda qiziqdira. Buni ham fikr qilib ko'rsak!...
Bir inson boshqa insonga turmush qurish maqsadida sevgi isxor qildi. Boshida ajoyib bir biriga yoqishlar, odob doirasidagi suxbatlar, uyalishlar, ramantik voqealar ajoyib! Lekin buni ham o'z yakuni bor albatta. Juftliklar qanchadir muddatdan so'ng o'z asl ko'rinishlarini chiqara boshlaydi, shu payti harakterlar moslashuvi sodir bo'ladi, agar moslashuv chiroyli bo'lsa demak yakuni go'zaldir, agarda moslashuv o'xshamasa tabiyki ikki insondan biri o'ziga boshqa inson topadi... Faqat buni kim birinchi tushunishiga bog'liq, qiziq tomoni shundaki o'g'il bola birinchi tushunib yetsa qiz bola uchun u hiyonatkor bo'lib qoladi, agarda buni teskarisi bo'lsa, qiz bola hiyonatkor inson bo'lib qoladi... Bu degani albatta kimdir aybdor bo'lishi kerak...Xullas siz kim bilan gaplashasiz, kimni sevasiz baribir taqdiringizga yozilgani bo'ladi, muximi qattiq seving, kurashing, shunda taqdirning o'zi sizlarni birga qilishga harakat qiladi.... Tabassum....
Nomidan kayfiyatingizni ko'taruvchi bu so'z ajoyib iliqlik ulashuvchi doridir. Ayniqsa bolalarning tabassumi qalbimizda o'zgacha portlash bo'lib keladi, bu mavzuni tanlaganim bejiz emas, chunki hozirda qadr qimmat va oqibat yo'qolib ketayotgan bir paytda tabassum mavzusi orqali qalbingizga issiqlik olib kirish men uchun katta kuch-quvvat beradi. Tabassum yuquvchidir, buni sinab ko'ring! Kayfiyati yo'q bo'lib yurgan insonga tabassum qiling, undan hoi axvol so'rang, etibor bersangiz u inson ham beixtiyor tabassum qiladi. Bu juda ajoyib va savobli ishdir. Lekin og'riqli muomo ham bor, chet elda begona
insonga shunchaki tabassum qilsangiz u ham tabassum bilan javob qaytaradi. Bizdachi? Afsuski unday emas! Ko'chada o'tib ketayotgan insonga tabassum bilan qarasangiz, u inson hijolat bo'lib u yog' bu yog'i yaxshi yoki yomonligi haqida o'ylay boshlaydi yoki sizga huddi 11 sen meni ustimdan kulyapsanmi 11 degan manoda qovog' solib o'tib ketadi. Bu nimasi? Qani o'zbekchilik, qani mexr-oqibat o'ylasam o'ylarimga yeta olmayman. Mayli begona insonlar! yaqinlarimizchi? Vaqt o'tib ularda ham huddi shunday axvolni ko'rayabmiz. Ko'p joylarda ko'raman, tabassum qilib tursam yoki boshqa tabassum qilib turgan erkaklarni qayoqdagi qo'sh tirnoq ichidagi 11 hezalakka 11 taqqoslashadi, ayollarni esa 11 yengiltak 11 manosida qarashadi. Nima bo'lyapti odamlarga biz hayotda borligimizdan,
yashayotganimizdan quvonib yashashga haqqimiz yo'qmi! Odam dunyoga kelganidan, unda borligidan quvonib yashashi kerak. Har qanday dardimiz bo'lsa ham tabassum qila olamiz buni faqat kimdandir yashirish uchun emas, bu dardlar o'tkinchi ekanligan quvonib tabassum qilishimiz lozim! Zero qayg'uli bo'lsa ham quvonchli bo'lsa ham hayotimiz o'tib boraveradi. Shunday ekan umringizni ko'proq vaqtini tabassum bilan o'tqazishga harakat qiling. Yana bir gap bor. Dinda aytilgan erkaklar og'ir bosiq bo'lishi lozim degan gap. Og'ir bosiq deganda tabassum qilish nazarda tutilmagan, shunchaki har qanday holatda o'zini bosib, o'ylab ish qilish nazarda tutilgan. Bazi insonlar buni faqat tabassum uchun aytilgan deb o'ylaydi. Boshiga tashvish tushsa xomush bo'lib qoladigan insonlar o'zlarini bechora qilib ko'rsatishga harakat qiladigan insonlardir. Qani qayerda qoldi shuncha bosiqlik, jiddiylik. Doim
tabassum qilib yuradigan insonlar ko'pincha beg'am, tashvishsiz inson bo'lib ko'rinadi, lekin unday emas hammani o'z tashvishi bordek, ularning ham qayg'usi, ichidagi dardi bor. Faqat ular buni o'tkinchi va yo'l topiladi degan ma'no bilan qabul qiladi. Vaholanki dardini bergan Olloh unga yo'lini ham beradi, faqat u yo'lni topish, izlanish zarur. Hayotda bir gap bor. Ikkita narsaga asoslanib yashash zarur! Birinchisi: bu dunyoda o'tkinchi narsalarga siqilmaslik kerak. Ikkinchisi: bu dunyoda hamma narsa o'tkinchi!!! Shunday ekan siqilishdan oldin o'ylab ko'ring, barcha narsalar haqida dardingiz qachon yaxshilanishi, u qachon tugashi, umringiz shu dardni o'ylamasa ham o'tishi, unga albatta yechim borligi, faqat Ollohga tavakkal qilib tabassum ila yashash haqida
O'lim
Qo'rqinchli va jarangli eshitiluvchi bu so'z, hammamizga qandaydir boshqacha og'riq beradi. O'lim bizni ajralmas do'stimiz lekin doim biz undan qochib yashaymiz, va oxirida baribir bizni o'z quchog'iga bosadi. Inson tug'ulishidan boshlab unga Olloh tomonidan vaqt belgilanadi. Kimgadir lOyil, kimgadir 70yil, kimgadir esa bundan ko'proq... Har birimiz bundan kam ham yashamaymiz, undan ko'p ham emas. Buni hech kim o'zgartira olmaydi. O'lim shunday narsaki! Sizni kichik narsalar bilan ham o'z yoniga chaqirib olishi mumkun. Biz kimdir o'lsa yosh ketdi yoki yaxshi odam edi deb eslab qo'yamiz. Yoki bo'lmasa o'lim sababiga ko'ra kimnidir aybdor, nimanidir asos qilib o'rganib qolganmiz. Olloh bergan vaqt tugashi bilan biz o'z omonatimizni
topshiramiz. Faqat bunga kimdir yoki nimadir sababchi bo'lib qoladi xolos. Kimnidir qasddan o'ldirishmi, mashinada urib ketishmi, bexosdan to'k urishimi yo o'z joniga qasd qilishmi bularning barchasi vaqt soatimiz tugaganligidan. Masalan mashinada urip ketishni olaylik. Xaydovchi mas yoki hushyor bu ahamyatsiz. U bunday bo'lishini hohlamaydi lekin taqdir shu narsa bo'lishligiga olib keladi. O'ylab ko'ring qanchadan qancha xaydovchilar ichib mashina haydaydi lekin ularda emas aynan bunda shunday xolat bo'lishi.Demak bu kimnidir omonat vaqtini tugashi yana kimnidir tashvili sinovi boshlanishi demakdir. Inson o'limdan qo'rqmasligi lozim, uni boricha qabul qilishligi, u bilan bir kun kelib ko'rishishi haqida doim o'ylashi kerak. Zero o'lim bizga hayotimizni ma'noliroq qilishga chorlaydigan haqiqatdir! Agar inson qachon o'lishini bilganida, vaqtiga qadar kunlarini eng zo'r damlar qilib o'tkazgan bo'lardi. Lekin faqat vaqtni bilib emas shunchaki har bir kunni huddi oxirgi kundek tasavvur qilib o'tkazsa ham bo'ladi. Nimagaki ertaga uyg'onamizmi yo'qmi bizga nomalum. Ertaga nima bo'lishini bilmaymizu kelajak haqida orzu qilamiz. Yaxshi niyat albatta lekin kelajakni hozirdan boshlasak ham bo'ladi. Kelajak - yillar emas, kun va soatlardir. Har bir o'tayotgan vaqt kelajak demakdir. Men sizlardan katta katta narsalar so'ramagan bo'lardim. Shunchaki oilangizni, yaqinlaringizni qadrlashingizni so'ragan bo'lar edim. Ota-onangiz ham vaqti kelib ketadi. Bu hayot qonuni! Qancha muddati bor bu ahamyatsiz. Muhimi hozir bor, ularni bag'ringizga bosishingiz, ularga yaxshi ko'rishingizni aytishingiz mumkun. Uzoqda bo'lsangiz ham ulardan hoi ahvol so'rashingiz mumkun. Har kuni ayting, har kuni 10
bag'ringizga bosing, zero kech bo'lmasidan. O'lim haqdir....
E'tiborsizlik....
Inson munosabatlarini doim ushlab turuvchi hissiyot yoki tuyg'u bu e'tibordir. Hoh u sevishganlar, hoh oila, hoh do'stlar bularni barchasida bunday tuyg'u bor. Hozirda bizni qiynab kelayotgan mavzu E'tiborsizlik. CHunki bunda juda ko'p odam aziyat chekmoqda. Masalan sevishganlarni olsak ular boshida bir biriga e'tibori juda yuqori bo'ladi va vaqt o'tib ulardan biri buni aksiga o'tishni boshlaydi. Asosan bunday holat o'g'il bolalarda uchraydi. Juftiga qiziqish yo'qolishni boshlasa ularga bo'lgan e'tibor kamayadi, tabiyki buning ortidan janjallar, tortishuvlar kelib chiqadi, oxirida bu ajralish bilan yakun topadi. Qizlar psixologiyasida asosiy o'rinda E'tibor turadi. Ular uchun eng yomon holat ularga hech kim e'tibor bermasligidir. Shuning uchun doim ular o'zlariga qarab yurishga harakat qilishadi. Yangi, noodatiy, xatto yarashmasa ham o'zgacha bo'lishga harakat qilishadi. Bilinki juftingiz sizga nisbatan e'tibori kamayotgan bo'lsa demak siz bilan munosabatlar oxiriga yetayotgan bo'ladi. CHunki ba'zilar aytishi mumkin. " Vaqtim bo'lmayapti, charchadim " bunday gaplar ahamyatli emas. CHunki haqiqatdan sevgan odam hech u insonsiz qolgisi kelmaydi, doim ovozini yoki o'zini ko'rgisi kelaveradi. Besh daqiqa bo'sh vaqt topsa ham u vaqtni siz uchun sarflaydi albatta vaziyatga qarab! Oiladagi e'tiborsizlik! Eng og'riqli mavzudir. CHunki buning ortidan kimdirlar narkoman, kimdirlar ko'cha 11
bezorilari, kimdirlar egoist bo'lib ketmoqda. Uyda ota- onadan birxil e'tibor bo'lmog'i lozim. CHunki farzand bir tomonlama kamolotga yeta olmaydi. Ota e'tiborli bo'lib ona e'tiborsiz bo'lsa farzand! g'ururli bo'lib mexrsiz voyaga yetadi. Aksi bo'lsa yomon yo'llarga kirib ketuvchi yani tez boshqalarga ergashuvchi inson bo'lib qoladi. Hayot bir xil emas. Kimningdir otasi yoki onasi bo'lmasligi mumkun. Ba'zi bir insonlarni farishtaga qiyoslasak bo'ladi. Farzandi uchun ham ota ham ona bo'lib farzandini kamolotga yetaklaydi. Birgina so'z orqali kimnidir botqoqlikdan olib chiqib ketish mumkun. CHunki juda ko'p botqoqlikda qolib ketgan insonlarning asosiy muomosi E'tiborsiz qolib ketganligidan kelib chiqadi. Bir og'iz shirin so'z, bir og'iz hoi ahvol so'rash kimningdir orzusi bo'lib kelmoqda. E'tiborsizmiz! Juda- juda, ko'chada o'tib juda qiynalgan insonlarni ko'ramiz. Lekin u bizning muammoimiz emas.O'zimizning dardimiz o'zimizga yetadi deb o'tib ketamiz. Qanchadan qancha hayvonlarni ko'ramiz achinamizu indamay o'tib ketamiz. Ozgina vaqtdan keyin qaytib ularni eslolmaymiz. E'tibosizlik haqida juda ko'p narsalarni yozsam bo'ladi. Ammo inson o'zi ham o'ylab ko'rishi lozim, faqat shuni unutmangki "E'TIBOR BIR MEYORDA TURISHI LOZIM. KAMAYIB KETSA SOVUTADI, KO'PAYIB KETSA BEZDIRADI....
Do'stlaringiz bilan baham: |