3-vazifa. 50 ming sh.b. 30%-li tomat pastani qadoqlash uchun qaysi miqdordagi SKO-831 shisha bankasi kerak. SKO-83-1 bankadagi tomat-pasta massa nettosi 650 g.
Ma’lumki tomat pastasi va pyuresi uchun bir sh.b. 400g 12% quruq moddali mahsulot.
Avvalo 50 m.sh.b. mahsulot massasini topamiz.
Q q 50000 x 0,4 q 20000 kg 12%-li tomat konsentrati.
Quruq modda balansi (jadval)
Haqiqiy quruq modda miqdori ya’ni 30% bo‘yicha pasta massasini topamiz
83-1 shisha banka kerakli miqdori
4-vazifa. 200 m.sh.b. tuzlangan tomat pastasini qadoqlash uchun necha dona 50 litrli yog‘och bochka kerak. Tomat pasta quruq modda miqdori tuzsiz 27%, osh tuzi miqdori 10%. Bochkadagi pasta massa nettosi 52 kg.
Tuzli tomat pasta shartiy bankada tuzsiz hisobga olinadi. Avval 200 m.sh.b. mahsulot massasini topamiz.
Q q 200000 x 0,4 q 80000 kg 12% quruq modda bilan.
27% quruq moddali pasta og‘irligi
Bu pastaning tuzsiz massasi.
Agar tuzli pasta massasini Qq100% deb olsak, u holda 35555 kg (100-10) ni tashkil qiladi, bundan
Tuzlangan tomat-pastaning bu miqdori uchun bochka miqdori talab qilinadi.
Bu misollarda tayyor mahsulotlarni qadoqlash uchun kerakli miqdordagi tara hisoblab topildi. Aslida esa shisha bankani shisha zavoddan konserva zavodgacha etkazib kelish, saqlash, ishlab chiqarishdagi jarayonlar va tayyor mahsulot bilan saqlash bosqichlarida sinish miqdori me’yorlangan. SHisha bankaga umumiy extiyoj hisoblanganda sinish va uchish hisobga olinadi.
3-vazifada biz sinish va uchishsiz 12307 SKO 83-1 banka kerakligini hisoblab topdik. Instruksiyaga asosan bu banka sinish va uchish uchun quyidagi me’yorlar belgilangan:
yuvish, shparka, quritish va qadoqlashga uzatishda – 1,5%, qadoqlash, berkitish, chayish va sterilizatsiyaga uzatishda 0,3%, sterilizatsiya, tayyor mahsulotni yuvish, quritishda - 0,2%.
Demak, ishlab chiqarishssexi omborga 12307 banka tayyor mahsulot topshirish uchun,ssex quyidagi miqdordagi bo‘sh banka olishi kerak
Agar bankani ishlab chiqarish zavodidan to konservassexigacha etib kelishidagi sinish va cheti uchishini hisobga olsak, u holda konserva zavodi talabi yanada katta bo‘ladi.
Instruksiyaga asosan sinish va cheti uchish uchun vagon, konteyner va barjalardagi shtabellarda 2%, ularni tushirishda (bo‘shatishda) 0,5% ni, temir yo‘l stansiyasidan zavodga tashishda 0,3%ni, zavodda shtabelda saqlashda 1,5%, tara omboridan ishlab chiqarishssexiga tashishda 0,1% belgilangan.
Buni hisobga olib konservassexi talab qilishi kerak bo‘lgan banka miqdori
Bu misoldagi sinish va cheti uchishga berilgan me’yorlarning 1,5; 0,3; 0,2% - ligi shisha idish tayyorlovchi zavoddan kelgan banka miqdoridan, 2,0; 0,5; 0,3; 1,5 va 0,1% - konserva zavod omboriga kelib tushgan banka miqdoriga nisbatan olingan. Bu misolda murakkab protsentlar ishlatilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |