Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Tur: V. ursine gadyuga-Dasht zaxarli qora ilon



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,41 Mb.
#937235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Tur: V. ursine gadyuga-Dasht zaxarli qora ilon
Sirdaryo bo'ylarida ko'pincha uncha katta bo'lmagan ilon — dasht zaharli
qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4-6 sm. Usti
qo'ng’irsimon-kul-rang, orqa cho'qqasi bo'ylab to'q rangli egri-bugri yo'li bor,
ba'zan u uzuq-uzuq yoki dog’lardan iborat bo'ladi. Gavdasining yonlari to'q rangli,
odatda keskin ajralib turmaydigan dog’lar bilan qoplangan, bu
yerdagi
tangachalarining chetlari ochroq.
Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo'jakentdan Chinozgacha bo'lgan
joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko'proq, Chotqol tizma tog’larida
Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi


13
jing’il va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg’oqlarida, sholipoyalar
marzalarida ko'proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi.
Tog’lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo'la boshlaydi.
Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab,
hali issiq tushmasdan ko'zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi.
Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar
bilan oziqlanadi.
Tur: R. lineolatus Brandt-O‘q ilon
Morfologiyasi.
Uzunligi 125 sm keladi. Gavdasining usti qumga o‘xshash
sarg’ish yoki och kulrang bo’lib, ustida qator yoilari bor. Gavdasi ingichka, bo‘yi
uzun va boshi kichkinadir. Yon tomonidan ikkita qora chiziq tortilgan.
Gavdasining ustidagi va yon tomonlaridagi chiziqlari orasida sariq tusli naqshlari
bor. Yanoq qalqoni bitta, ko‘zi uchta ustki lab qalqoniga tegib turadi. Qornining
oldingi qismi sariq, orqa qismi esa oq rangda, unda kulrang-jigarrang xollari
bo’ladi.
Biologiyasi va ekologiyasi.
Dengiz sathidan 2600 m balandlikda bo’lgan
joylarda:
Qoraqum,
Qizilqum,
Muyunqum
sahrolarida,
chalacho’llarda,
saksovulzorlarda, taqirlarda,
tog‘oldi hududlarida, tog‘ vodiylari va vohalarda yashaydi. Kavkazorti hududlarida
qoyatoshlar atrofidagi shuvoqzor va sho‘ra butalari ostida hayot kechiradi. Noyabr
o‘rtalarida 7-12 tasi birlashib, «o‘rda» hosil qiladilar va qishki uyquga ketadilar.
O‘zbekiston sharoitida u qishki uyqudan erta bahorda, ayrim paytlarda fevralda,
Qirg‘izistonda esa aprel boshlarida uyg‘onadi. Qornini yerga berib sudralib
yurmasdan, balki yerdan ko‘tarilib buralib yuradi. Bu xilda harakat qilish qizib
ketgan qumda bemalol yurishiga imkon beradi. 0 ‘rta Osiyo sharoitidagi sahrolarda
kunduz kuni o‘q ilondan boshqa ilonni uchratish qiyin. Kemimvchilar va
kaltakesaklar inlari, toshlar orasi, daraxt to‘nkalari osti uning boshpanasi
hisoblanadi. Biron sharpani sezib qolsa, qochishga va o‘simliklar orasiga
yashirinishga harakat qiladi. O‘q ilon tez harakat etishi, bir joyda qimirlamasdan


14
jim yotishi, rangining yashash muhitiga mosligi o‘zini dushmandan muhofaza etish
belgisidir. O‘ljasini daraxtda o‘tirib poylaydi va unga o‘qdek tashlanadi, gavdasi
bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi yoki tiriklayin yutadi. Asosan, kaltakesakchalar, qurbaqalar
va agamalar, ba’zan ilonlar bilan ham oziqlanadi. Yirikroq o‘ljasini yutolmay
tashlab ketadi, chunki og‘zi kichkina, zahar tishi tishlashga yaramaydi. O‘q
ilonning urg‘ochisi iyunda, ayrim hollarda iyulda 3-11 donagacha uzunchoq, bo‘yi
40-55 mm kattalikdagi tuxum qo‘yadi. Iyul va avgustda bolalari tuxumdan chiqadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish