6
yozda tush vaqtida xarorat yerdan 2 m balandlikda (daraxtlar shoxida) yerda soya
joydagiga qaraganda 10°C, serquyosh joydagiga qaraganda 28°C past bo'lishini
aniqlagan. Reptiliyalarda ma'lum darajada fizik termoregulyatsiya qilish qobiliyati
bor, deb faraz qilish mumkin. Masalan, tirik tug’uvchi
kaltakesakda tashqi muhit
harorati 16 dan 42°C gacha ko'tarilishida nafas olish tezligi bir minutda 31 dan 114
martagacha oshadi. Bu holatni tanadan ortiqcha issiqlikni chiqaruvchi hansirash
deb atasa bo'ladi. Bundan tashqari, Amerika stsinklari va iguanalarda teri orqali
suv bug’latish katta termoregulyatsiya ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatish
mumkin. Bir soatda bunday yo'l bilan terining 1 sm
2
yuzasidan millilitr bilan
hisoblaganda u 0,1 dan 0,3 gacha teng. Butun teri orqali organizmning suv
bug’latishi 66—76% ni tashkil etadi.
Yuqori harorat reptiliyalarga bilvosita salbiy ta'sir ham qiladi. O'simliklarni
qurishi cho'l toshbaqalarining uyquga kirishiga sabab bo'ladi. Tropikda haroratni
baland bo'lishi, suv havzalarining qurish natijasida timsohlar, ba'zi bir toshbaqalar
va ilonlar uyquga kiradi.
Suvda yoki tuproqda tuzlar bo'lishi reptiliyalar
yashashiga halaqit
bermaydi. Kaltakesaklar bilan ilonlarning aksariyat turlari amfibiyalar yashay
olmaydigan sho'r tuproqlarda yashaydi. Ilonlar, toshbaqalar uzoq muddat ichida
dengiz va ko'llarning sho'r suvida yashaydi. Sudralib yuruvchilarning umumiy
ekologik tarqalish areali niqoyatda keng. Ular orasida yer ustida, yarim suv va suv
sharoitida, yer ostida daraxtlarda yashovchi turlari bor. hozirgi reptiliyalar faqat
havoda yo'q. Hozirgi zamonda yashovchi reptiliyalar hayot formalarining
bunchalik ko'p bo'lishi qadimiy reptiliyalarni turli-tuman sharoitda yashaganligiga
bog’liq.
Turlarning aksariyati yer ustida yashaydi. Ular yer ustidagi turli-tuman
sharoitda yashaganligi uchun xatti-harakati ham har xil. Ular qum, tuproq,
toshli
cho'llarda, qalin o'tzorlarda, o'rmon va botqoqlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda,
ular ochiq serquyosh, harakatlanishga xalal bermaydigan joylarni yoqtiradi.
Reptiliyalarning harakat shakllari juda xilma-xil. Faqat ulardan ayrimlarini
«Sudralib yuruvchilar», ya'ni tanasini yerda sudrab yuruvchilar, deb atash mumkin.
7
Timsohlar, echkemarlar va ko'pgina kaltakesaklar tanasini baland ko'tarib chopib
yuradi. Ba'zi bir quruqlikda yashovchi toshbaqalar ham tanasini yerda sudramaydi.
Katta masofani faqat orqa oyoqlarida chopib o'tuvchi turlar ham bor. Masalan,
ba'zi agamalar, iguanalar va, ayniqsa, avstraliya qalqonli kaltakesagi shulardandir.
Mezozoyda yashagan guruhlar orasida bunday reptiliyalar ayniqsa ko'p
bo'lgan. Cho'l reptiliyalarining tanasini ko'tarib chopishi
moslanish xususiyatiga
ega. Chunki bunday holatda tanasi issiq tuproq ta'siriga kamroq duch keladi. Bu
holat Turkmaniston misolida ko'rsatilgan.
Qumli cho'llarda yashaydigan reptiliyalarda sochiluvchi qumda yashashga
imkon beradigan bir qancha moslanishlar bor. Aksariyat holatlarda ular barmoqlar
atrofida joylashgan shoxsimon moddali tishchalardan iborat. Bu moslanishlar
reptiliyalarning turli sistematik guruqlariga: agamalar, gekkonlar, kaltakesaklar,
iguanalarga xosdir. Gekkonlarning Janubiy Afrikaning qumli cho'llarida yashovchi
bir turining barmoqlari orasida teri parda bor.
Kaltakesaklar singari ilonlar
ham
tullaydi.
Reptiliyalarning aksari
xillarining tana shakli yerda sudralib yurish uchun moslashgan. Shuning uchun
ham shu sinf sudralib yuruvchilar deb ataladi.
O‘zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarni 4 oilaga bo‘lish mumkin:
1.Suvilonsimonlar (Colibridae)
2.Aspidlar (Elapidae).
3.Qorailonlar (Viperidae).
Ushbu oilalarga kimvchi ilonlar o‘z biologiyasi, zaharli apparatining
tuzilishi, zaharining kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmiga ko‘ra farqlanadilar.
Evolutsiya jarayonida ilonlarning ovqatni hazm qilish tizimida yirik o‘ljani yutish
uchun moslamalar hosil bo‘lgan va o‘ljaning harakatsizligini ta’minlovchi zaharli
apparat shakllangan.O‘ljani
butunlay yutish bosh suyagining va ayniqsa jag‘laming o‘ziga xos tuzilishini talab
qilgan; pastki jag‘ yuqorigi jag‘ga nisbatan deyarli to‘g‘ri burchak hosil qilib
ochilishi mumkin, bundan tashqari ular bir-biridan uzoqlashishga imkon beradigan
8
boylamlar bilan bog'langan. Shuning hisobiga ilonlar diametri boshining
diametridan katta o‘ljani ham yutishi mumkin.
Turli oilaga mansub ilonlarning zaharli apparatining evolutsion
o‘zgarishlari ular oziqlanishining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Ilonlardan ayrimlari
so‘lagining tabiiy zahar-liligi ularda turli oziqni hazm qiluvchi fermentlar bo‘lishi
nuqtayi nazaridan tushuntiriladi.
Ushbu xususiyat evolutsiya jarayonida
mustahkamlanib borgan, chunki zaharlilik
o‘lja ov-lash samaradorligini oshirgan. Vaqt o‘tishi bilan so‘lak bezlari - yuqori
lab, yonoq bezlari, asosan, zaharli sekret ishlab chiqarishga ixtisoslashib borgan.
Shu bilan bir vaqtda, ushbu zaharni o‘lja tanasiga kiritish apparati ham shakllanib
borgan.
3-rasm.
Old va orqa jo‘yak tishli ilonlarning zaharli apparatining tuzilishi.
Yuqori jag‘ning oldingi yoki orqa uchida joylashgan ayrim tishlar o‘lchami
kattalashgan. Tishlarning qayrilgan oldingi tomonidan to uchiga qadar zahar oqishi
uchun jo‘yak paydo bo‘lgan. Keyin jo‘yakning yopilishidan ichki kanal - quvur
hosil bo‘lgan, u tishning uchiga yaqin joyda chiqaruvchi teshikka ega bo‘lgan, bu
esa zaharning o‘lja tanasiga kiritish samaradorligining oshishiga sabab bo‘lgan.
Suvilonsimonlar oilasiga mansub ayrim ilon turlarida zaharli tishlari yuqori jag‘
9
suyagining orqa tomonida joylashgan va boshqa tishlardan tishsiz oraliq bilan
ajratilgan, shuning uchun ularni orqa jo‘yak tishlilar, deb atashadi. Qolgan
ilonlarda zaharli tishlari yuqorigi jag‘ suyagining oldingi qismida joylashgan va
ular old jo‘yak tishlilar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: