Yunon koloniyalari
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 262 – maktabning tarix fani o’qituvchisi Karaxadjayeva Feruzaning “Yunon koloniyalari” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi
O’tgan mavzuni takrorlash
Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
⁎ Birlashgan Yunon shaharlari qadimda nima deb atalgan?
⁎ Qo‘shinlarning asosini og‘ir qurollangan askarlar – nima
tashkil etgan? ⁎ Attika aholisi qanday katta guruhlarga bo‘lingan? ⁎ Afinada davlat maktablari bo‘lmaganligi uchun ota-
onalar bollarini qayerda o’qitishgan?
O‘zingizni sinang!
Pedagog – Palestra – ... Stil – ... Miron – ...
pedagog – «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi»
stil → metall tayoqcha → palestra
Miron – «Disk uloqtiruvchi»
Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan ko‘plab kishilar o‘z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lganlar.
Xaritada Yunonistonning qayerda joylashganini ko’rish mumkin
Yunonistondan ko‘chib kelganlar Sitsiliya oroli sohili va Apennin yarimoroli janubiga o‘rnashdilar.
Yersiz, nochor yunonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydilar. Jo‘nab ketish oldidan ular xudolarga qurbonliklar bag‘ishlashgan. O‘zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to‘qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi.
Ularning manzilgohlari O‘rtayer va Qora dengiz bo‘ylarida ham vujudga keldi. Yunonlarning koloniyalari sekin-asta shahar-davlatlarga aylana bordi. Bu shaharlarning o‘z hokimlari, qo‘shinlari, qonunlari va tangalari bo‘lgan. Ularda savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlangan.
Mil. avv. VIII – VI asrlarda ko‘pdan-ko‘p yunon koloniyalari tashkil topdi. Bu davr tarixda Buyuk Yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi.
Koloniyalarning aholisi Yunoniston shaharlari – polislari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Yunonlar o‘zini yagona xalq – ellinlar deb, o‘z vatanini esa Ellada deb atashgan. Yunonlar o‘zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo‘lmagan xalqlarni «varvarlar» deb atashgan.
Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan avvalgi VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo‘lgan. Ular orasida unli harflar paydo bo‘ldi.
Darsni mustahkamlash:
Suratlarga izoh bering
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |