Qadimgi Xorazm.
Reja:
Qadimgi Xorazm davlati haqida yozma manbalar
Qadimgi Xorazm davlatining xo’jalik taraqqiyoti
Qadimgi Xorazm davlatining iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlari
Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, mil.avv. I ming yillikning boshlariga kyelib O`rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo`la boshlaydi. Mil.avv. IX-VIII asrlarga kyelib, Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg`oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. Marg`iyona va So`g`diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo`lganligi haqida turli ma'lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo`lib, aholi, qudratli shaharlar, qal'alarning ko`pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo`llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat byeradi.
So`nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar "Katta Xorazm», "Qadimgi Baqtriya" masalalariga birmuncha aniqliklar kiritdi. Arxyeologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra Xorazmda mil.avv. VIII-XI asrlarga oid paxsa yoki xom g`ishtdan yasalgan turar joylar aniqlanmagan (turar joylar yarimyyerto`lalardan iborat). Qadimgi Xorazm davlati mil.avv. VII asrda Amudaryoning o`rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo`lgan yerlarda vujudga kyelgan. Baqtriya Xorazm davlatining hududiy chyegaralari «O`rta Amudaryo" oqimidagi yerlar orqali o`tgan. Xorazmning yirik sug`orish inshootlari mil.avv. V-VI asrlarga oiddir. O`lkada bu davrlarga oid ko`pgina shahar va qishloqlar harobalari ochib o`rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar xom g`isht va paxsadan qad ko`tarib, aholi dyehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. Qadimgi So`g’diyona Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashgan bo`lib, janubi-sharqda Baqtriya, shimoli-g`arbda Xorazm bilan chyegaradosh bo`lgan. Qashqadaryodagi bir qator turar joylar va uy-qo`rg`onlar qoldiqlari mil.avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So`g`diyonada Afrosiyob,Yerqo`rg`on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo`shni viloyatlar va davlatlar bilan o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi.
O`zbekiston hududlaridagi eng qadimgi davlatlar haqida zardushtiylarning muqaddas diniy kitobi "Avyesto", Ahmoniylarning mixxat yozuvlari (Byexistun, Naqshi-Rustam, Suza, Pyersyepol), gryek-rim tarixchilarining (Gyerodot, Gyekatyey, Kurstiy Ruf, Arrian, Strabon va boshqalar) ma'lumotlar byeradi. So`nggi yillarda qadimgi Baqtriya, So`g`diyona va Xorazm hududlarida olib borilgan arxyeologik tadqiqotlar ko`p hollarda yozma manbalar ma'lumotlarini tasdiqlaydi.
Mil.avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II Ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil.avv. 545-540 yillarga kyelib, Ahmoniy podsholari O`rta Osiyodagi Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona kabi viloyatlar va ko`chmanchi qabilalar o`rtasida o`z hukmronliklarini o`rnatdilar. O`rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko`chmanchi massagyet qabilalari Ahmoniylarning katta qo`shinlarini tor-mor etdilar ( mil.avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir II vafot etdi.
Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti dyehqonchilik edi. Qal'aimir, Kuchuktyepa, Qiziltyepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil.avv. VI-IV asr yodgorliklaridan ko`plab myehnat qurollari topilgan. Mil.avv. VIII-IV asrlarda So`g`diyonada ham ko`plab shahar va qishloqlar bo`lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to`lab turganlar. Xususan, bu davrga oid Uzunqir, Yerqo`rg`on, Afrosiyob, Lolazor, Xo`jabo`ston, Sangirtyepa, Chordara, Qo`rg`oncha, Ko`ktyepa kabi 50 dan ziyod yodgorliklar o`rganilgan. Bu hududlardan topilgan ko`pgina topilmalar aholining dyehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanganligidan dalolat byeradi. Shuningdyek, savdo-sotiq va o`zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi. Bu davrda Xorazm hududlarida ham yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Qishloqlarda dyehqonchilik, shaharlarda esa hunarmandchilik rivojlangan edi. Jonbosqal'a, Ko`zaliqir, Tuproqqal'a kabilar madaniy markazlar hisoblangan. O’zbekistondagi eng qadimgi mahalliy yozuv namunalari ham Xorazm hududlaridan (Tuproqqal'a, mil.avv. IV asr) topilgan.
Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643—64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming , shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va b.) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (AnbarManaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.
Xoʻjaligi. X.v. iqtisodiyotida q.x. bilan birga sanoat ham salmokdi oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi.
Sanoati. Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch sh.da paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fkasi, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).
Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya "Bagat Tekstil", "Xorazm—Nurtop", "SemurgʻSanTe", "Xorazm Tekstil", "Memgilam"; Oʻzbekiston — AQSH "Amerozindustriyes", "Xiva malikasi", "Nurlayt", "Rahnamo Hyp"; Oʻzbekiston — Germaniya "Unixo", "OʻzOlmonXotelz", "Xiva Karpet"; Oʻzbekiston— Britaniya "Xiva"; Oʻzbekiston—Rossiya "NamunaAgrofud"; Oʻzbekiston — Italiya "Meva"; Oʻzbekiston—Ukraina "KiyevXorazm"; Oʻzbekiston — Xitoy "Aziya Tekstil LTD"; Uzbekistan— Turkmaniston "GʻayratXumoyun" va b. shular jumlasidandir.
Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin mayd. 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q.h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4% haydaladi, 18,2% yaylov, oʻtloq, 1,3% bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6% ni, tutzorlar 0,9%ni tashkil etadi.
1991—2003 y.larda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. X.v.dagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. X.v. mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.
Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fkalari faoliyat koʻrsatadi. X.v.da Paxtachilik i.t. stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch sh.da), Qoraqum i.t. stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va b. bor.
1996—2004 y.larda I. Bobojonov, M. Quvoqov, B. Jumaniyozov, V. B. Pak, A. Mahmudova "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻldilar.
Transporti. X.v. orqali Toshkent— Moskva, Dushanba—Moskva t.y. oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. T.y. uzunligi 128 km (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp t.y. koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent t.y. masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Xiva— Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997 y.dan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva sh.laridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va b. shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Myunxen, TelAviv, Moskva, Simferopol va b.) shuningdek, Toshkent, Nukus va b. shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston —Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.
Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2003/04 oʻquv yilida 537 umumiy taʼlim maktabi (shu jumladan, 47 ixtisoslashgan maktab, gimnaziya, internat maktabi) boʻlib, 335,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 1997 y.da Xorazm tasviriy va amaliy sanʼati litseyi ochildi. Viloyatdagi 57 kasb-hunar kolleji va oʻrta maxsus bilim yurtlarida 34 mingdan ziyod talaba oʻqiydi (2004).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat ped. inti (1935 — 1992) AlXorazmiy nomidagi Urganch universitetitl aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot intning Urganch filialida 7460 talaba taʼlim oladi (2004). Oʻzbekiston FA arxeologiya regional boʻlimi, paxtachilik, Qoraqum i.t. stansiyalari faoliyat koʻrsatadi. X.v.da Xiva davlat "Ichan salʼa" tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻrikxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 mln. asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bogʻi, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bogʻmajmualari, "Orazibon", "Avazxon", "Doston" folkloretnofafik xalq dastalari, "Muborak, "Yulduz", "Navbahor", "Xiva naqshlari" ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, koʻplab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri (Xiva sh.da) ishlab turibdi.
Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qad.dan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim oʻrin egallagan. Qad. Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa sanʼatining ildizlari juda qad. ekanligidan dalolat beradi. 8-a. boshidagi arablar istilosi oqibatida Qad. Xorazm madaniyati va sanʼati xarobalikka yuz tutib, islom madaniyatining yangi anʼanalari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-a.) va b. olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bagʻishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy boʻlagi va uni inson ruhiyatiga taʼsiri taʼriflanadi. "Mafotix ululum" asarida oʻsha davrdagi mavjud cholgʻular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, argʻanun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. Oʻsha davrda Gurganjda cholgʻu asboblar yasovchi ustalar mahallasi boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |