Qadimgi va Yangi Bobil shohligi Gerodot taxminan er.avv. 485-yilda Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug`iladi. Uning otasi anchagina badavlat odam bo`lgan. Gerodot o`z vatanining siyosiy hayotida faol qatnashadi, keyinchalik qanday sabab bilandir, ona yurtini umrbod tark etib, hayotining ko`p qismini sayohatda o`tkazadi: Misrni, Eronni, Bobilni, Finikiyani, Qora dengizning shimoliy qirg`og`idagi Yunon koloniyalarini, Skifiyani, Yunon tuprog`idagi boshqa shaharlarni kezadi. Perikl hamda Sofokl bilan yaqin munosabatda bo`ladi. Er. avv. 444 – yili Italiyaning janubidagi Yunon kolniyasi Furiyada ko`chib ketadi va 425 – yilda shu yerda vafot etadi.Gerodot o`z asarini “Tarix” ya`ni “tadqiqot” deb atagan. Keyinchalik, Iskandariya olimlari bu asarni to`qqiz bobga bo`lib, har birini yunon mifologiyasidagi to`qqizta muzaning nomi bilan ataganlar. Uning kitobida Mesopotamiya to`g`risida boy ma’lumotlar mavjud.Er. avv. XIX asrda Bobil1 shahri kuchayib ketdi. U savdo yo`llari kesishgan Frot daryosini chap qirg`og`ida joylashgan. Bobil podsholari qulay geografik o`rindan foydalanib, Mesopotamiyani Amoriylar podsho xonadoni hokimiyati ostida birlashtirdilar. Mesopotamiyani birlashtirisher. avv. XVIII asr o`rtalarida podsho Hammurapi davrida tugallandi. Amoriy sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi mohir diplomat, kuchli siyosatchi bo`lib qo`shni shahar davlatlarning o`zaro to`qnashuv va kelishmovchiliklaridan foydalanib ularni bo`ysundirdi. Uning davrida qonunlar to`plami ishlab chiqilib, hayotga joriy qilindi195 … Bobilliklarda kiyim mana bunday, (badaniga) bobillik oyog`igacha kanop xiton (ko`ylak) kiyadi. Keyin uning ustiga yana yupqa oq xilamida2. Ularda poyafzal (bu mamlakatda) umum qabul qilgan Beotiya etigiga o`xshash. Bobillliklar uzun soqol qo`yib, boshlariga salla o`raydilar va butun badaniga mirra (xushbo`y moy) surtadilar. Har qanday bobilliklarda muhrli uzuk va mohirona ishlangan hassa bor. Har bir hassada olma, atirgul, nilufar, burgut yoki shunga o`xshash biror nima bor.197 … Bobilliklarda yana bir juda aqlli odat bor. Qandaydir bir kasallikdan azob chekadiganni ular bozorga ko`tarib chiqadilar, (chunki ularda tabib yo`q). o`tkinchilar kasalga uning kasalligi to`g`risida maslahat beradilar (agar ulardan kimdir yoki o`zi shunday dard bilan og`rigan bo`lsa, yoki uni boshqada ko`rgan bo`lsa) kasal odamni oldidan jim o`tish ularda taqiqlangan: uning kasali nima deb har kim so`rashi lozim.200 … Bobilliklarda shundat odat bor. Ularning ichida yemishi faqat baliq bo`lgan uch qabila bor. Tutilgan baliqni ular quyoshda qoqlaydilar va keyin shunday qiladilar: baliqni hovonchaga tashlaydilar va og`ir dasta bilan maydalaydilar, keyin esa dokadan qilingan g`alvirdan o`tkazadilar. Keyin bu xamirdan istasalar ho`l xamir qoradilar yoki non yopadilar.194 … Pastdan daryo bo`yicha Bobilga suzadigan kemalar mutlaqo dumaloq va to`laligicha teridan qilingan. Osuriyadan yuqorida yetgan Armanistonda bobilliklar kemani osti uchun toldan xivich kesadilar, [polni] tashqi tomoni kemani [aylana] tagiga o`xshatib qalin terilar bilan tortadilar. Ular kemani burun qismini kengaytirmaydi va burnini o`tkir qilmaydi, lekin kemani qalqon kabi dumaloq qiladi. Keyin kemani somon bilan to`ldiradilar va yuk ortib oqim bo`yicha suzishga qo`yib yuboradilar. Ular pastdan daryo bo`yicha asosan Finikiya vinosi bilan loy xumlarni tashiydilar. Kemani ikki boshqaruv eshkakchi yordami bilan turib eshkak eshadigan ikki kishi boshqaradi. Ulardan biri kemani eshkak bilan o`ziga tortadi, boshqasi itaradi. Bunday kemalarni katta va kichikroq hajmda quradilar. Eng kattalariga 5000 talant3 yuk sig`diradilar. Har bir kemada tirik eshak, kattalarida bir necha [eshak] turadi. Bobilga kelishi bilan savdogarlar o`z tovarlarini sotadilar, keyin esa ommaviy bozorda kemani [to`qilgan] tagi va somonning hammasini sotadilar. Keyin esa terilarni eshaklarga ortib Armanistonga qaytadilar. Daryoni yuqorisi bo`yicha oqimni tezligi sababli suzish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun kema yog`ochdan emas, terilardan quriladi.podsho Xammurapi qonunlariXammurapi (er. avv. 1792 – 1750 yillar) amoriylar sulolasining oltinchi podshosi. Uning qonunlari 1901- yilda fransuz arxeologlari tomonidan Elamning poytaxti Suzada topilgan. Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar qora ba`zalt toshiga o`yib yozilgan va Bobildan elamlilar tomonidan o`lja qilib, er. avv. XII asrda Suzaga olib ketilgan. Qonunlar to`plami 287 moddadan iborat, lekin ustunda 247 modda saqlanib qolgan, 35 modda ko`rinishidan Elam podshosi buyrug`i bilan yo`q qilingan.Keyinchalik yetishmaydigan moddalar Suzada topilgan parcha dublikatlar asosida Nineviyada Osuriya podshosi Ashshurbanipal1 kutubxonasida topilgan, Mixxat matn uch qism: kirish, qonunlarni o`zi va xulosadan iborat. Birinchi va oxirgi qismlarda Hammurapi o`zini va o`z boshqaruvini tavsiflaydi, “kuchli zaifni ezmasligi, yetim va bevaga adolat qilish uchun” qonunlar to`plamini tuzilishi maqsadini ko`rsatadi. Us tuning yuqori qismida Xammurapi quyosh va adolat xudosi Shamash oldida unga duo qilib tiz cho`kkan holda turgani va xudo qonunlarni berayotgani tasvirlangan.3. Qadimgi Bobil podsholigi. Yangi Bobil podsholigiIqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi. Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi. Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi. Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.