Qadimgi turkiy manbalar



Download 33,79 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2021
Hajmi33,79 Kb.
#124305
1   2
Bog'liq
QADIMGI TURKIY MANBALAR

M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar

M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar orasida T o'nyuquq, Kul tegin, Bilga 


xoqon va Ongin m uhim o ‘rin tutadilar.

T o ‘nyuquq bitigi U lan-B a tordan 66 km janubi-sharqda, Bain Sokto 


manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish 
xoqonning (681—691) maslahatchisi, sarkarda T o ‘nyuquqqa atalgan va 
712—716-yillari yozilgan. 1897-yili rus olimi D.A.K lemens (1848—1914) 
va uning xotini Yelizaveta Klem enslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov 
(1899), V .Tom sen (1922), X .S h e d er (1924), D.Ross (1930) h a m d a
G .A ydarov (1971) tarafidan yaxshi o ‘rganilgan va matni nem ischa, 
daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida 
G ‘.A .A b d u ra h m o n o v h a m d a A .R u s ta m o v to m o n id a n o ‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982).

Kul tegin bitigi Bilga xoqonning (716—734) inisi Kul tegin (731-yili 


vafot etgan) sharafiga yozilgan. M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysida 
K o ‘kshin O 'r x u n daryosi b o 'y i d a n rus arxeolog va e tn o g r a f olim i 
N.M.Yadrinsev (1842—1894) to m o n id a n 1889-yili topilgan.
Bitik V .V .R adlov (1891), A .X eykel (1892), V .T o m sen (1896), 
P.M.Melioranskiy (1897), X.Sheder (1924), S.E.Malov (1951), G.Aydarov 
(1971) lar tom onidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop 
etilgan. G '.A .A bdurahm onov va A .Rustam ov tom onidan o ‘zbek tiliga 
qilingan qisqacha tarjimasi (1982) h am bor.

Bilga xoqon bitigi Kul tegin bitigi topilgan joydan I km janubi-g‘arbda


— Ko'kshin O 'rxun daryosi havzasida topilgan. Bu obida 735-yili bitilgan. 
Uni V.V.Radlov, S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tom onidan 
o'rganilgan va chop etilgan.

Ongin bitigi M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan va 


kimga atalganligi aniq m a ’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, yuqorida 
tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga 
qo'yilgan (735-y.), boshqa fikrga k o'ra Q opag'on xoqonga (691—716- 
vv.), yana bir m a ’lumotga (J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletm ish (taxm inan 731-yilda o 'lg an ) sharafiga 
qo'yilgan.

Obida 1892-yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957-yili J.Kloson 


tom onidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan) nashr qilingan.
Bulardan tashqari, Qarabalsag‘un shahri (U lan-B atordan taxm inan 
400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xayto Tamir, 
Cho'yren, Beyshin-Udzur, Bayan—X o‘ngur va boshqa joylardan topilgan 
yozuvlar ham muhimdir.

Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Q o ‘shog‘och 


ham da tog‘li nohiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o ‘tish mumkin. Bular 
0 ‘rxun-Yenisey bitiklaridan farqli o ‘laroq, etnografik materialga boydir. 
O l t o y d a n t o p i lg a n y o z u v l a r P . M . M e l i o r a n s k i y , E . R . T e n i s h e v, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyayev ham da D.D.Vasilyev tom onidan e ’lon qilingan. Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi  g'orlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o ‘rin tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop qilingan.

Qozog‘iston ham da Qirg‘izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60— 


70-yillarida topilgan) hali chuqur o ‘rganilmagan. Bular orasida Talas 
vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo'rg'on, Urjor, Sirdaryo, 
11a, Olma Ota, Tolg'ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar m uhim ilmiy 
ahamiyat kasb etadi.

Qozog‘iston hamda Qirg'iziston hududidan topilgan bitiklaming ba’zilari 


S.Sodiqov, M.E.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboyev, 
Ch. Jumag'ulov ham da G .K arag‘ulovalar tom onidan e ’lon qilingan.
Qadim iy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) 
F a rg ‘o n a , Oloy vodiysi h a m d a Jan u b iy O 'z b e k is to n va Tojikiston 
h u d u d id a n , y a ’ni B ekobod, Isfara, M a rg 'ilo n , F a rg 'o n a , A ndijon, 
Quvasoy, O'sh, O'zgand, Kofirnihon, shuningdek So'g'ddan ham topilgan 
va A . N .B e r n s h ta m , B .A .Litvinskiy, V .A .B u lato v a, E .R .T e n is h e v, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o'rganilgan.
U m u m an , qadimiy turk runik yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda 
juda qimmatli manbadir.

Qadimgi turkiy adabiyot manbalariga e'tibor beradigan bo'lsak, turk-budda adabiyoti namunalari ularning katta qismni egallaganiga guvoh bo‘lamiz. Tabiiyki, asarlarning ko‘p qismi buddaviylik dini falsafasi bilan chambarchas bog‘langan. Manbalardagi mifologik syujet, motiv va obrazlar buddaviylik dini g‘oyalari asosida shakllangan. Shu ma'noda qadimgi turk-budda adabiyoti manbalari va ulardagi ayrim mifologik unsurlarga to‘htalib o‘tsak.

Qadimgi turkiy xalqlarda buddaviylik tasiridagi adabiyotning ko‘p qismi sanskrit, xitoy, toxar va so‘g‘d va boshqa tillardan tarjima qilingan prozaik asarlar, orginal matnlardan tashkil topgan. Bunday tarjimalar sutralar, sutralar ichidan joy olgan aforizmlar, ibratli gaplar (sentensiyalar), hikoyatlar (pritchalar), budda ta'limoti yoritilgan turli illyustratsiyalar ko‘rinishida bo‘lgan. Qadimgi turkiy buddaviylar ichida XI asrda mashhur bo‘lgan asarlardan biri bu “Suvarnaprabxasa”, ya'ni “Oltun yoruq” asaridir. Bundan tashqari, turkiy qavmlar orasida mashhur bo‘lgan asarlardan biri “Saddxarmapundarika”, “Xayirli qonunning oq lotos guli” (“ejaiH jiotoc Ejiaroro aaKon”) hisoblanadi. Bu sutrada buddaviylik bilan bog‘liq ko‘plab hikoyalar mavjud. Bundan tashqari, Qadimgi turkiy budda madaniyati va adabiyotidan bo‘disatv Avalokiteshvarga bag‘ishlangan sutralar ham o‘rin olgan. Buddaning hayoti va undagi ibratli hikoyalar tarjimalari – jataka va avadanlar ham turkiy budda adabiyoti ajralmas qismlaridan biridir. Qadimgi turk-budda adabiyoti tadqiqochilarining harakatlari natijasida “Xarichandra”, “Maxendrasena”, “Priyankara” kabi to‘plamlarga aloqador shunday parchalarni aniqlash mumkin bo‘ldi. Bunday hikoyalarning asosiy qahramonlari buddaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilib, mifologik xarakterga ega bo‘lgan. Asosiy qahramonlar Budda va bodxisatlar bilan birga insonlar – podshoxlar ularning umr yo‘ldoshlari, saroy ahli, sotuvchilar, yakshi (shayton), hayvonlar va antromorf shaklidagi “o‘zga olam” mifologik maxluqlaridir. Budda aqidalarida ham cholg‘u asboblari muhim vazifa o‘tagan. Qadimgi turkiy xalqlardagi shomonlik marosimlarida ham cholg‘u asbobi – dovul asosiy kultlardan biri bo‘lgan. Bu jihatlarning ikki din o‘rtasida parallel kelishini ayrim olimlar budda aqidasi mahsuli deya fikr bildirishmoqda. Albatta, bu fikr isbottalab bo‘lsa ham o‘z o‘zaklariga ega. Biroq, budda marosimlarida ham dovul bilan bog‘liq jarayonlar borligi va ularning yasalishidagi o‘xshashliklar ularni bir-biri bilan bog‘lamoqda.

Qadimgi turk-budda adabiyoti personajlari ananaviy buddaviylik personajlarining tipik ko‘rinishi xususiyatiga ega. Ularda asosan, Hind adabiyotidan o‘zlashtirilgan kompazitsion usullardan foydalanilgan. Bunday usulda asosiy syujet shogirdning ustoziga savol berishiga va javob olish barobarida buddaviylik amallari qonunlarini ham o‘rganib ketishiga asolangan bo‘ladi. Ustoz javob berganda buddaviylik amallarini aytib hikoyalar keltirgan. Bunday hikoyalar zamirida yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash tasvirlari turli mifologik qahramonlar misolida tushuntirilgan. Qadimgi turkiy xalqlar bunday hikoyalarni tarjima qilish va o‘zlashtirish bilan birga, o‘zlarining folklor hamda adabiy an'analariga oid ayrim syujetlarni asarga qo‘shish orqali boyitib borganlar. O‘z tarjima uslublaridan foydalanib ko‘proq asarlarni turkiy xalqlarga moslashtirish tajribasi ham bo‘lganligi manbalardan ma'lum bo‘lmoqda. Bu o‘rinda tarjimonlar turkiy xalqlar vakillaridan bo‘lganligi va o‘sha asarni qaysidir ma'noda muallifi ekanligini ham unutmaslik kerak. Shuning uchun ham, qadimgi turk-budda adabiyoti tarjima va buddaviylik aqidalarini yoyishga mo‘ljallangan adabiyot sifatida qaralmasligi kerak deb o‘ylaymiz. Chunki adabiy va madaniy aloqalarning kengayishi qadimgi turkiy adabiyot hamda madaniyatda g‘oyalar assimilyasiya (evrilish)ga olib keldi. Bunday evrilish davrida syujet, motivlar buddaviylikni qabul qilgan va o‘zlarining oldingi dinlari syujet motivlarini o‘sha adabiyotda ham bo‘lishini xohlagan insonlar g‘oyalarini ham hisobga olishni talab qiladi.



Qadimgi turk-budda poetik matnlarining ko‘pchilik qismini duolar, budda ta'limoti qoidalari yoritilgan she'rlar tashkil qiladi. Ularning ichida turkiy xalqlar adabiy poetikasiga hos bo‘lgan, buddaviy mazmundagi original she'rlar anchagina qismni tashkil qiladi. Bular -“O‘n turli ezgulikning madhi” alqovi (“lee*™ pasjiHHHMX floepoaexejie”), “Nazar solish haqida” (“O cosepijamff”), “Shirinsuxanlik haqida” (“ KpacHopenH”), “Donolik haqida” (“ Myapocx”), “35 buddaga alqov” (“Bajia 35 6yOTa”), olqishlovchi she'rlar, budda Amitabxe, budda Maytreyaga bag‘ishlovlar, “Bodxisat Samantabyuxadrega duolar” to‘plamlaridir. Bundan tashqari, qadimgi turkiy xalqlarning buddaviylikni qabul qilgan ilk davrlarida “Shahzoda Qalayanamqara va Papamqara” ” [Huart 1914: 5-57] haqidagi hikoya ham turk-budda she'riyatida katta o'rin tutadi. Budda aqidalari turk-budda adabiyoti falsafasiga katta tasir qilishidan tashqari turkiy xalqlar tafakkuriga ham kirib bordi. Ayniqsa, turk-budda adabiyoti namunalari ichida fol kitoblari alohida, o‘ziga hos mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bunday xarakterdagi fol kitoblarining ko‘pchiligi xitoy folnomasi “I-szin”dan olingan. Unga ko‘ra, fol ochishda olti dona singan va sinmagan “Cho‘pon xaltasi” (“Pastushya sumka”) butasidan foydalanilgan. Qadimgi eposlar janri an'anasiga ko‘ra folnomalarda ham ko‘plab parallelizm va alliteratsiyalardan foydalanilgan [ra6eH -oh 1986: 294-344]. Y.Prushekning kuzatishicha, buddaviylik ko‘plab xalqlar adabiyotiga xususan, hikoyachilik, roman, dramma, epik qo‘shiq va boshqa janrlar rivojiga katta manba bo‘lib hizmat qilgan. Davrlar o‘tishi bilan xalq og‘zaki ijodi, ayniqsa, ertaklardagi mifologik obrazlar budda dinidagi qahramonlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. Ayrim holatlarda esa aralash qo‘llangan [Müller 1910: 49].

Qadimgi turk-budda adabiy manbalarning ko‘pchiligi to‘liq bo‘lmagan shaklda yetib kelganligini yuqorida ham ta'kidlagan edik. Ushbu parchalardan A.F. Lekok va V.K. Myuller kabi olimlar foydalanib yaxlit bir holdagi matnlarni qayta tuzib chiqdilar va ular haqida fikrlar bildirdilar [Prušek 1954: 453]. Masalan, bunday manbalar qatoriga “Kansanasara” ("Kñcanasara"), “Buddaviylikning afzalliklari to‘g‘risidagi she’r”, “Priyankara” (“Priyankara”) singari asarlarini kiritishimiz mumkin. “Priyankara” asari Buddaviylikni targ‘ib qiluvchi shaxzoda-bodisatv haqida bo‘lib, afsonaga ko‘ra shaxzoda o‘z suyaklarini (nima uchunligi ma'lum emas), terisini yozish uchun, qonini siyoh sifatida foydalanish uchun, barchasini budda yo‘lida qurbon qiladi”. Shunday toifadagi asarlaridan yana biri, “Saddanta” (“Saddanta”) parchasining boshqalaridan farqi uning xitoy va toxar tillaridagi variantlarining ham borligidadir. Afsonaga ko‘ra Bxadra (urg‘ochi fil nomi) avvalgi hayotida sevgilisining unga e'tibor bermasligidan qiynaladi. Shu sababdan sevgilisiga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Budda dini qoidalariga ko‘ra, yana u qayta tug‘ilgan paytda u baquvvat go‘zal fil bo‘lib dunyoga keladi va qirol Braxmadattidan uni o‘ldirishni talab qiladi. Uni o‘ldirilishi topshirilgan ovchi matnda sof qadimgi turkiy tilda qirolga quyidagicha murojaat qiladi: yag‘ïz yir ärkligi ulug‘ïlïg‘ (Qo‘ng‘ir yer erkni ulug‘laydi). Voqaelar rivojiga ko‘ra, Kasaya (Muqaddas libos) libosini kiygan ovchi nagapushpa (nagapu§pa) gullari ichiga berkinishi Buddaviylikdagi mifologik obraz Maytreya kultiga ishora hisoblanadi. Garchi urg‘ochi fil ogohlantirgan bo‘lsada, bu libosdagi ovchini ko‘rsada undan hayiqmaydi. Chunki, Maytreyagina shu libosda yuradi va hayvonlarga zarar keltirmas edi. Ovchi mo‘ljalni aniq oladi. Og‘riq azobli, nafrati kuchli bo‘lsada, fil oltita og‘iz shohini ovchi sug‘urib olishiga chidaydi. Buni ko‘rib turgan budda ilohlari filning bu harakatlari zamirida, ya'ni azob nafratni yengish yo‘li orqali Indra va Braxma darajasiga chiqishni maqsad qilmaganmikan degan gumonga boradilar. Fil ularning gumonlariga qarshi turib: “Agar men Sansara (Sanara) sardori bo‘lsam va menda og‘riq azobli, nafrat kuchli bo‘lsada uni ovchiga nisbatan qo‘llamasam, albatta ohirda sug‘urib olingan oltita og‘iz shohim qaytarilmaydimi!”(Matn shu yerda tugaydi) [Müller 1910: 52-61]. “Kalmasapada va Sutasoma” ("Kalmasapada va Sutasoma”) parchasida: hoqon yarim odam va yarim yo‘lbarsdan paydo bo‘lib, odamxo‘rga aylanib ketadi. O‘z so‘zida turadigan hoqonni ko‘rib hayron bo‘ladi. U bittagina “Budda” degan so‘zni eshitsa, kifoya uning amallariga kirishib ketadi: “Budda go‘zal. Agar ular yerga tushsalar, og‘ir Ulug‘-yer Tangri titraydi (ag‘ïr ulug‘ yir tangri qaltrunï). Ular ortiqcha olqishlar e'tibor bermaydilar va h.” [Müller 1910: 52-61]. Yuqoridagi parchalardan qisman fikrlarni anglab olish mumkin. Bularning ayrimlari katta bir hikoyaning kichik qismi bo‘lsa, ayrimlari kichik syujetlarga asoslangan parchalardir. Olimlarning fikricha, mana shunday shakl va mifologik qahramonlarning ma’lum bir hayvonlar obrazida kelishi turk-budda adabiyotning o‘ziga hos tomonlaridan biri hisoblanadi. Ushbu parchalarning ayrimlarini boshqa turkiy bo‘lmagan tillarda ham namunalarining borligi aniqlangan. Ayrim matnlar qiyoslanganda turkiy tildagi variantlari ancha boyitilganligi ko‘zga tashlangan. Demak, bu asarlar tarjima bo‘libgina qolmay, alohida o‘ziga hos tomonga ega qadimgi turkiy yozma adabiy an'analar va afsonaviy qahramonlari bilan boyitilgan parchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yuqoridagi kabi parchalardan tashqari hajman katta, adabiy normalarga javob beradigan hikoyalar ham uchraydi. Bularning ayrimlari asar tarkibida bo‘lsa, ayrimlari o‘zi alohida hikoya tarzida uchraydi. Ayniqsa “Oltun yorug‘” asari tarkibidagi “Och yo‘lbars” hikoyasi diqqatga sazovordir. Undan tashqari “Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa” haqidagi hikoya ham o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi [Pelliot 1914: 225-272]. Uning E. Shavan [Chavannes 1914: 469]. tomonidan o‘rganilgan xitoycha, I.Y. Shmid [Schmidt: 230-252, 262-282]. va F.A. Shifner [Schiefner 1906: . 279-285]. tomonidan tadqiq qilingan tibetcha variantlari mavjud bo‘lib, matnlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan.

Qadimgi turkiy adabiyotda Budda dini mifologik obrazlari ko‘pchiligi samoda tasvirlangan bo‘lsada, yerdagi bo‘layotgan voqyealarga ham o‘z munosabatini bildirganlari haqidagi parchalarni yuqorida ko‘rib o‘tdik. Yuqorida aytib o‘tilgan hikoyalarga nisbatan mukammal syujetga ega bo‘lgan, voqyealari g‘orda bo‘lib o‘tadigan hikoya ham mavjud. Miflarga ko‘ra bunda Atavaka nomli shaytonning Buddaga qarshi kurashi tasvirlangan. Voqyea va syujetlarning yerga ko‘chishi yangi bir madaniy hodisa – qadimgi turkiy miniatyura san'ati syujetlarining boyishiga sabab bo‘ldi. Aslini olganda, Sharqiy Turkistondan topilgan barcha qadimgi turkiy miniatyurada shunday syujetlar kuzatiladi. Tadqiqotchilar fikricha, miniatyuralarda barcha voqyealar bir makonda yuz berganligi, obrazlarning bir joyda jamlanganligi yana bir madaniy hodisa teatr san'atiga turtki bo‘ldi. Shunday xulosani buddaviylikning Vaybxastika maktabi vakillariga tegishli “Maytrismit” (“Maitrisimit”) asarining qadimgi turkiy variantiga nisbatan ham aytishimiz mumkin [Gabain 1957]. Ayrim olimlarning fikricha, asarda drammaturgik elementlarning borligi, qadimgi turkiy teatr san'ati boshlanishi va rivojiga katta hissa qo‘shganligi bilan izohlanadi.

Sharqiy Turkistonning Sunjou hududidan topilgan adabiy manbalaning ko‘pchiligiga xitoy yozuvida “agama” degan belgilar qo‘yilgan. Bu manbalar Turfandan topilgan manbalardan farq qiladi. Bular klassik tarzdagi sutralar deb atalsada, xitoy variantlariga uyg‘ur yozuvida izohlar bitilganligi bilan ajralib turadi. Ana shunday manbalardan sirasiga, Sankt-Peterburgda saqlanayotgan rohib bo‘lmagan oddiy inson Domoguch Sali to‘plagan manbalarni ham kiritish mumkin. Manbani o‘rgangan olimlar fikricha, matnlar kelib chiqishi xususiyatiga ko‘ra Markaziy Osiyo maktabiga hos. Ularda



ADABIYOTLAR


  1. Malov S.Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M. — L., 1951;

  2. Nasilov V.M., Yazik orxonoyeniseyskix pamyatnikov, M., 1960;

  3. GSerbak A.M., Grammatika starouzbekskogo yazmka, M.L., 1962;

  4. Borovkov A.K., Leksika sredneaziatskogo tefsira XII—XSH vv., M., 1963;

  5. Faznlov E.I., Starouzbekskiy yazj. Xorezmiyskiye pamyatniki XIV veka, t. 12, T., 196671;

  6. Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969

Download 33,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish