Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi. Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar


Oʼrta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishi



Download 29,73 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2023
Hajmi29,73 Kb.
#941582
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avesto

Oʼrta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishi.

Yevropa tarixida oʼrta asrlar davri deyarli toʼla ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uygʼonish davrigacha) oʼz ichiga oladi. Oʼrta asrlar Yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidanfoydalandi. Maʼjusiylik dini va falsafasi, hamda bidʼatchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bogʼladilar. Аpologetlarning eng koʼzga koʼringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga toʼgʼri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday bilimga qiziqishning keragi yoʼq, Injildan keyin esa hech qanday tadqiqotning zaruriyati yoʼq. Eʼtiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga boʼysundirish uchun asos boʼldi.
Аpologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari boʼlgan patristika paydo boʼldiki, uning mualliflari bidʼatchilarga qarshi kurashga katta hissa qoʼshganliklari uchun avliyolik darajasiga koʼtarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Аvreliy А vgustin (354-430) edi. Аvgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat boʼlib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa oʼzida tabiatning moddiy jismlarini –oʼsimliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin boʼlib, moddiy emas, zavol topmaydi va oʼz qarorlarida ozoddir. Maʼnaviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib boʼladi. Insoniy va ilohiy tarix voqealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali roʼy beradi, ular oʼz ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning toʼqnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, yaʼni oʼzining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, oʼzini yaxshi koʼradigan, ochkoʼz, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va boʼysunish xizmat qiladi.
Oʼrta asrlardagi falsafiy tizimlarining koʼpchiligi idealistik yoʼnalishga ega ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar orasida yagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qatʼiy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hech narsadan» (kreatsionizm) yaratilganligi toʼgʼrisidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning gʼoyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi oʼrtasida oʼtib boʼlmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va intihosi) chegaralab qoʼyar edi.
Petr Domianining oʼtkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb eʼlon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa oʼzining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Аna shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi. Taxmin qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni toʼlaligicha keltirib, qiyosiy tizimdan foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi merosga, ayniqsa Аrastuning mantiqiy taʼlimotiga tayandi.

Download 29,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish