Qadimgi sharq adabiyoti


Esxil ijodi (mil.av 525-456 yy)



Download 1,44 Mb.
bet28/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Esxil ijodi (mil.av 525-456 yy). Bizga ma'lum bo‘lgan qadimgi yunon fojianavisi Esxil chin ma'noda “tragediyaning otasi” deb tan olingan.
Shoirning hayotiga doir ma'lumotlar kam saqlanib qolgan. U taxminan 525-yili Elevesin shahrida yirik zamindor oilasida dunyoga keldi. Bu yillar yunonlarning fors istilochilariga qarshi mustaqillik uchun kurash olib borgan davri edi. Shoir o‘z hayotida yirik ijtimoiy va siyosiy voqealarning shohidi bo‘lgan(Marafon yaqinidagi forslar ustidan qozonilgan g‘alaba(m.o. 490-y,), m.o. 483-yili Salamin oroli yaqinida fors flotining tor-mor qilinishi, 479-yili forslarning Plateyadagi mag‘lubiyati, Afina davlatida pul munosabatlarining mustahkamlanishi). Keyinchalik o‘z mamlakatidagi mavjud tartiblardan norozi bo‘lgan Esxil Afinani tark etib, Sitsiliyada qaror topadi va m.o.456 Gela shahrida vafot etadi. Qahramonlik afsonalarini (asosan Homer asarlari syujetidan foydalangan)asosiy manba qilib olgan Esxil 21 yoshida ilk bor dramatik shoirlar musobaqasida qatnashadi va 40 yoshida birinchi marta g‘alaba qozonadi. Qahramon hayoti uchta tragediyada aks ettiriladi va mifologik syujet asosida yozilgan satirlar dramasi bilan yakunlangan. Qadimgi adabiyotshunoslarning zikr etishlaricha, u 90 ga yaqin tragediya yozgan bo‘lib, bizgacha faqat 7 tasigina yetib kelgan( “Iltijogo‘ylar”, “Eroniylar”, “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani”, “Oresteya” trilogiyasini tashkil qiluvchi “Agamemnon”, “Xoeforlar”, “Evmenidalar”). Aristotelning “Potika”sida yozilishicha Esxil birinchi bo‘lib, akterlar sonini bittadan ikkitaga oshirgan, xor partiyasini kamaytirgan va dialog asarning asosiy elementiga aylantirilgan.
Shoir ijodining ilk namunasi “Iltijogo‘ylar” tragadiyasi bo‘lib, bizgacha uning birinchi qismi yetib kelgan. Asar syujeti shoh Danayning 50 ta qizi haqidagi afsonadan olingan. Yunon adabiyotidagi zamonaviy mavzuda yaratilgan yagona asar, “Eroniylar” tragediyasi Eron-yunon urushiga bag‘ishlangan.
Esxilning saqlanib qolgan tragediyalari uning ijodini uchta davrga bo‘lish imkonini beradi: 1) Ilk pyesalarida (“Iltijogo‘ylar”, “Eroniylar” ) asosiy rolni xor ijro etadi. 2) “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani” asarlarida markaziy qahramon obrazi gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi. 3) “Oresteya” asarida kompozitsiya birmuncha murakkabashtiriladi, ikkinchi darajali obrazlar asar dramatizmini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uchinchi akterdan foydalanila boshlanadi. “Zanjirband Prometey” qadimgi yunon afsonalari asosida yaratilgan. Ularda hikoya qilinishicha, Prometey suv va tuproqdan dastlabki odamlarni bunyod etgan. Ma'buda Afina esa jonbaxsh nafasi bilan ularga hayot bag‘ishlagan. Lekin ma'budlar hukmdori(Olimp) odamlarni butunlay yo‘qotib yuborishga qasd qiladi: odamlardan olovni yashirib, ularni sovuqda, zulmatda tutadi. Titanlardan bo‘lgan Prometey, Olimp mehrobidan muqaddas olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib beradi. Shundan boshlab yerda yangi hayot quloch yozadi, endi odamlar o‘zlarini erkin va qudratli his qila boshladilar. Bu “shakkoklikdan” g‘azablangan Zevs uni qoyaga zanjirband qilishni buyurib, ming yillar davomida azoblaydi. To Gerakl kelib ozod etmagancha zanjirband Prometeyga Zevsning qanotli iti – jeztumshuqli burgut misli ko‘rilmagan azoblarni beradi, har kuni uning jigarini cho‘qib, qonini ichadi...
Esxil o‘z asarlarida ma'budlarni yoki biror maqsad yo‘lida kurashuvchi, bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. “Zanjirband Prometey” hamon inson tafakkurining mangu durdonasi, qadimiy yunon fojianavisining nodir asari sifatida yashab kelmoqda.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish