Rimliklar tasviriy sanatda ham ilm-fan sohasidagi yutuqlari. Rimliklar tasviriy sanatda ham ilm-fan sohasidagi kabi omilkor bo’lishganlar. Avval boshida ular rassomlik va haykaltaroshlik sanati usulida etrusklarga ergashganlar. Keyinchalik, eramizdan avvalgi 2- asrdan etiboran Rim Sisiliyadan, Gresiya va Kichik Osiyodan keltirilgan grek haykallariga, shuningdek tanlab olingan boshqa grek – ellin sanati asarlariga to’lib ketgandan keyin Rim ustalari greklarga taqlid qila boshlaganlar. Rim va Italiyada hammadan ko’ra portret haykallari avj olgan. Eramizdan avvalgi 1-asrda amfiteatrlar paydo bo’lgan, ular suyrisimon bino bo’lib, qum to’shalgan sahnasi skameykalar bilan o’rab olingan va bu sahnalarda tomoshalar qo’yilgan , qonli o’yinlar o’tkazilgan. Rimda va Italiyada muzika, ashula va raqs Gresiyadagiga nisbatan juda sust rivojlangan. Sozandalar ko’pincha haydab yuborilardi, raqs va tansalarga zodagonlar bu- erkin kishilarning ishi emas, qullar mashg’uloti, deb nafrat bilan qarashganlar.
Pliniy Starshiy ( milodiy 1-asr) 2 mingga yaqin grek-rim mualliflari asarlari asosida «Tabiiy tarix» ensiklopediyasini yozdiki, unda barcha fanlar yutug’i jamlandi. Milodiy 2- asrda Ptolomey Geomorkazlashuv sistemasi qonuniyatini yaratdi. 1600 yulduz turkumini aniqlashdi. Garen nerv faoliyati bilan bog’liq organizmda qon aylanish sistemasi to’g’risida tadqiqotlarni amalga oshirdi. Arxitektura rivojlandi. Kolizey kabi Flaviy inshoatlari qurildi. Troyan davrida Dunay ustidan 1,5 km li ko’prik qurib bitkazildi. Antonin Piy, Adrian, hukmronligi davrida zamondoshlari tabiricha - oltin asr bo’lgan. Imperiyada iqtisodiy yuksalish bo’lib, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, madaniy taraqqiyot bo’lgan. Adrianni olimlar, rassomlar, adabiyotchilar homiysi deb ezozlaganlar. Mark Avreliy greklar, rimliklar orzu qilgan filosof bo’lgan deb, ulug’lashadilar. Iqtisodiy va madaniy markazlar o’sdi: Antioxiya, Palmir, Efes, Nikomediya, Karfogen, Aleksandriya. Rim million aholisi bo’lgan shahar hisoblangan. Grek -Rim madaniyati deyarli bir madaniyatga aylanadi.. Tasit (55 – 1200 yy) – «Tarix» «Notiqlar to’g’risida dialog» , «Annalar» nomli asarlari chuqur psixologik, filosofik qimmatga ega bo’lgan. Aleksandriya shahridan chiqqan Appian rim urushlari tarixini yozgan.
Milodiy 3 asr o’rtalariga kelib, Rimda inqiroz eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Parfiya sosoniylari Rimga yangi xarbiy yurishlar uyushtirdi. Gotlar. Franklar, sarmatlar taz’yiqi kuchaydi. Imperator Valerian (253 – 260y.y) Fors podshosi Shapurga asir tushib qoldi. Uning o’g’li Galliyen (260 – 268) qator islohotlar o’tkazib, bir muncha imperiyani tartibga oldi. Garchi, 268 yili o’ldirilsada, uning harbiy islohotlari keyingi imperatorlar davrida ancha samarali bo’ldi. Rim imperiyasi Diokletian (284 – 305 yy) va Konstantin (306 – 337 yy) lar davrida nisbatan yuksaldi. Diakletian o’zini Yupiterning izdoshi deb e’lon kildi. Konstantin poytaxtni Vizzantiyaga ko’chirdi, xristian dinini davlat diniga aylantirdi. Imperator Feodosiyning vafoti bilan 395 yili Rim imperiyasi ikkiga bo’linib ketdi: G’arbiy va Sharqiy. 476 yili German qabilasi rahbari Odoakr oxirgi rim imperatorini (Avgustul) taxtdan tushirib G’arbiy Rim imperiyasini qulatdi. Sharqiy Rim imperiyasi o’z yaxlitligini saqlab qolib, keyinchalik Vizzantiya saltanati sifatida o’rta asrlarda ham faoliyat ko’rsatdi.
Xullas, jahon xalqlari sivilizasiyasi taraqqiyotida Grek va Rim sivilizasiyasining o’ziga xos o’rni bor. Mazkur sivilizasiyalar Yevropa xalqlari sivilizasiyasiga asos bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |