DIN - Rim diniy kalendarida 70 ga yaqin bayramlar mavjud edi. Bu bayramlar, mo’l-ko’l qurbonlik keltirish, marosimlar, quvnoq bazmlar bilan tantanali o’tkazilar edi. Respublikaning oxirida bayramlar bir yilda 115 kunni tashkil qilar edi.
ADABIYOT - Rim adabiyotini shakllanishi va taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi va yunon adabiy an’analari muhim o’rin egalladi. Rim adabiyoti tarixi er. avv. III asr o’rtalarida yunon janrlarida taqlid qilish bilan boshlandi. Tarentlik ozod qo’yilgan qul yunon Liviy Adronik (er. avv. 280-204-yillar) birinchi lotin muallifi edi. U Gomerning “Odisseya”sini latin tiliga tarjima qildi, yunon dramalarini erkin tarjima qilish va badiiy qayta ishlash bilan shug’ullandi. Liviy Andronikdan Rim badiiy adabiyoti boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |