Vatanimizning o`tmishi haqida yozilgan asarlar afsonalar va asotirlar, xalq og`izaki ijodi orqali turli xil janrda yetib kelgan asarlar ko`p. Ularning hammasiham bir xil mavzuda yaratilmagan. Ularda bayon qilinayotgan voqealar xilma-xil bo`lib mazmun mohiyati g`oyasi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Vatan himoyasi haqida yaratilgan “Shiroq”, “To`maris”, “Najmiddin Kubro” haqidagi asarlarda vatan tuprog`ini chet el bosqincjilaridan himoya qilish bosh rejaga olinadi va ularning har biri haqida qimmatli ma`lumotlar beriladi. Ammo ularning hammalari uchun eng muqaddas tuyg`u vatanni himoya qilish hisoblangan. Vatanparvarlik esa hamma davrlarda mamlakatning taqdiri va shu yurt sohiblari bo`lmish el-xalqning taqdiri uchun kurash, uni bosh vazifa qilib olish bilan bog`liq. Ajdodlarimiz bu borada chinahkam qahramonliklar ko’rsatganlar. Uar har qanday sharoitda ham vatan taqdirining o`z taqdiri bilan bog`liqligini his etib ulkan qahramonliklar ko`rsatganlar. Tarixiy mavzularda yozilgan asarlarni mazmun mohiyatiga asoslanib ularni quydagicha tasnif qilish mumkin.
Qadimgi ota-bobolarimizning o`tmishi yozilgan asarlar.
Tarixda yashab ijod etgan ulug` allomalarimiz yozgan asarlar.
Tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqidagi asarlar.
Tarixiy mavzularning boshlang`ich sinflarda berilishi.
1-sinf O`qish kitobidan joy olgan “Biz-buyuklar avlodi”, 2-sinf o`qish kitobidagi “Otalar so`zi – aqlning ko`zi”, 3-sinf o`qish kitobida “Ulug`lardan o`rganmoq - oqillik”, 4- sinf o`qish kitobidan o`rin olgan “Buyuk allomalarga munosib vorislarmiz” bo`limlarida mamlakatimiz tarixi va o`tmishdagi ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, ularning o`z xalqi va yurtlarining ozodligi yo`lida olib borgan kurashlari, o`z vataniga bo`lgan muhabbatlari bo`rtib turadi. Bu asrlarni o`rganishda o`quvchilarga o`z ajdodlari tarixi haqida qimmatli materiallar berish bilan birga bugungi yoshlar qalbiga o`z yurtiga nisbatan chuqurvatanparvarlik tuyg`ulari shakllanadi. Bu asarlarning mazmun mohiyati bilan xalqimizning qahramonlik o`tmishimizga nisbatan hurmat bilan qarash hislarini shakllantirish bilan birga o`tmishdagi ajdodlarimizning botirligi o`z yurtini ko`z qorachig`iday saqlash haqidagi qarashlari va uni o`z jonlarini fido qilib saqlab qolganlaridan qalbida g`urur tuyg`ulari shakllanadi.