Misrshunoslik fanining rivojlanishi
Misrshunoslik
- sharqshunos likning Kdd. Misr tili va yozuvi, tarixi, madaniyati va
arxeologik yodgorliklarini oʻrganuvchi sohasi. Parijda Qadimgi yozuvlar akademiyasida
fransuz olimi F. Shampolon misr iyeroglifik yozuvlarini oʻqish ustidan olib borgan
tadqiqotlari toʻgʻrisida axborot bergan vaqti (1922-yil 22-sentabr) M.ka asos solingan kun
deb qabul qilingan. U Rozet shahri yaqinida topilgan toshdagi 3 tilda yozilgan matnlarni
va yodgorliklarni oʻrganish jarayonida bu yozuvlarni oʻqish yoʻlini topgan va shu asosda
misr yozuvi lugʻati va grammatikasini tuzgan. 1820—30 yillarda Shampolon Misrga
ekspeditsiya uyushtirdi. U yerda bir qancha yodgorliklarni toʻplab, ular toʻgʻrisida ilmiy
xulosalar berdi. 1851-yildan Misrda sistematik ravishda qazish ishlari olib borildi. Fransuz
olimi O. Mariyet Memfis yaqinidagi Sakkarada olib borgan qazish ishlaridan keyin Misr
muzeyi va "Merosni oʻrganish" jamiyatini ochdi. M. rivojlanishida 19-asrning 90-yillarida
A. Erman asos solgan Berlin maktabi muqim rol oʻynadi. Bu maktab filol. sohasida
tadqiqotlar olib bordi va koʻp jildlik misr lugʻatini tuzdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida
fransuz arxeologi J. de Morgan va ingliz arxeologi U. Pitri Flinders Qad. Misr firʼavnlari
sulolasi hukmronligigacha boʻlgan davr va ilk sulola hukmronligi davrini oʻrgandi.
Oʻzbekistonda Toshkent sharqshunoslik instituti, OʻzMU, OʻzR Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti olimlari va mutaxassislari M.ga taallukli
siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy, harbiy, maʼnaviy va diniy masalalarni tadqiq
etmoqdalar. Toshkent sharq-shunoslik institutida nashr etiladigan "Sharq mashʼali",
"Sharqshunoslik" ilmiy toʻplamlarida M.ka oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiytaxliliy
maqolalar chop etilmoqda. Poytaxtda "Oʻzbekistonmisr" doʻstlik jamiyati faoliyat
koʻrsatayotir. Mazkur jamiyat Misr bilan madaniy-maʼrifiy va ilmiy aloqalarni
kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar,
doʻstlik kunlari, kinoanjumanlar, talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan tanlovlar, viktorinalar,
ikki xalqni bir-biriga yanada yaqinroq tanishtirishga xizmat qilmoqda. I va II Toshkent
tibbiyot institutlari shifokorlari oʻzaro tashriflar, birgalikda olib borilayotgan tadqiqotlari
orqali misrlik hamkasblari bilan jonli aloqa bogʻlaganlar.
Misr — insoniyat tamadduni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang
Misr, Qadimgi Misr). 3—4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi
yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi. VII-asr boshlarida butun Misr
aholisi Vizantiyaning rasmiy pravoslav cherkoviga qarshi boʻlgan xristianlarning
monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni
sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala
boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868—905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—
969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya)
va Gʻarbiy Arabiston Misrga qaram boʻlgan. 1113-yil salib yurishi qatnashchilari Misrga
bostirib kirdi. Shimoliy Suriya va Iroqdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi
(1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam
berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171-yil ayyubiylar sulolasi
(1171—1250)ning asoschisi Salohiddin taxtga chiqdi. 1174-yil esa u sulton nomini oldi.
1187-yilda Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi
va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda XIII-asr yarmigacha Ayyubiylar,
XIV—XV-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: