Qadimgi Misr madaniyati



Download 28,63 Kb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi28,63 Kb.
#893951
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Misr madaniyati

2. Misr dini. Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg`un bo`lgan fetishizm, totemizm, ayniqsa, hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.


Misr xudolarining panteoni juda katta bo`lib, u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unga odamlar totem-hayvonga, qabila boshlig`iga sig`inishgan. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida: Anubis-o`liklar saltanatining podshosi, bo`ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va yozuv xudosi. Soxmet sher boshli urush ilohasi va boshqalar.
Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlangan. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa xuddi shunday parvarish qilingan. U kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir tanlashda ham alohida ahamiyat berishgan. Agar buqa o`lib qolgudek bo`lsa, uni mo`miyolab, marosimlar o`tkazib, alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o`rniga yangi tug`ilgan ho`kizcha izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan. Chunki ho`kiz qora rangli bo`lib, peshonasida uchburchak shakldagi oq belgisi bo`lishi kerak edi. Bunday hayvonni topish juda mushkul bo`lgan. Misrliklar daraxtlar, o`simliklar va gullarga ham e’tiqod qilishgan.
Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori o`rinda turgan. Misrning o`zi «Quyosh mamlakati», uning fir’avnlari esa «Quyoshning o`g`li» deb atalgan. Qadimgi podsholikda Ra-Quyosh xudosi hisoblangan. Keyinchalik, u Amon-Ra bo`lgan. Yangi podsholik davrida esa, fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy islohot o`tkazib, yakkaxudolikni joriy qiladi. Ya’ni u hammani Atonga («Quyosh shu'lasi») sig`inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo`lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko`pgina qo`llar bilan, bu qo`llar esa, nur qiyofasida, lochin qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko`p madhiyalar aytilgan.
Gor (Xor) zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u lochin qiyofasida tasvirlangan. Gor Osirisning o`g`li bo`lgan. «Osiris va Gor» to`g`risidagi afsona, ayniqsa, Misr dinini o`rganishda katta ahamiyatga ega. Afsonada aytilishicha, hosildorlik xudosi Osiris qachonlardir Misrning podshosi bo`lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, bog`lar yaratishni o`rgatadi. U o`z akasi Set tomonidan o`ldiriladi. Set zulmat va yovuzlik xudosi hisoblangan. Osirisning o`g`li Gor Setni ochiq maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan so`ng, Gor g`olib chiqishi uchun o`z ko`zini Osirisga berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa, yerga qaytmaydi va u yerosti o`liklar saltanatining podshosi bo`lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo`ri sifatida Gor tiriklar saltanatida qoladi.

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish