4. Tasviriy san`at va me`morchilik.Insoniyat tomonidan eng ko`p qo`llanilgan metallardan biri mis edi, osonlik bilan eritilgan va shakl berilgan (yatlirashi-yu o`ziga tortishini aytmasa ham bo`lardi), taqinchoqlar, haykallar va boshqa qimmatbaho mahsulotlar uchun foydalanilgan Misr axolisi ham o‘zining hunarmandchiligida mis metalidan unumli foydalanilganligini arxelogik manbalar tasdiqlaydi.
Piramida va sog`onalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo`lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi 60 m bo`lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o`rnida qurildi. Bu kichrayib borayotgan olti ustma-ust qo`yilgan mastaba edi. IV sulola fir’avni Xufu piramidasi (146,6 m balandligi, uzunligi 233 m, maydon hajmi 54 ming. kv. m, 2 tonna 2,3 mln. tosh), Xafra piramidasi (balandligi 140 m, uzunligi asosi 220 m) bunyod qilindi. Xafra piramidasidan so`ng, piramidalar kichik hajmda qurila boshlandi. Ibodatxonalar qurilishi o`zgacha me’morchilik shaklida bo`ldi. Karnak va Luksorda xudo Amon-Raga bag`ishlab ibodatxonalar qurildi. Bu ibodatxonalar xarobalari bizgacha yetib kelgan. Ular juda ulkan, atrof manzaraga uyg`un qo`shilib ketgan, hashamatli bezalgan edi. Ularda yuzlab keng xonalar, katta hovlilar, xudolarning ulug`vor haykallari, sfinks, pilonlar va xiyobon (alleya)lar mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 5,5 ming kv. metr bo`lib, 134 kolonna bor. 12 markaziy kolonnaning balandligi 21 m, eni 10 m, aylanasi 15 m. Ibodatxonada 500 ta toshdan, 17 ming jezdan yasalgan haykal va haykalchalar mavjud bo`lgan. Ular qadimda yashirib qo`yilgan joydan topilgan.
5. Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o`rin tutadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosining mavsumiy o`zgarishi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to`rt oyga bo`lingan. Har oy uch o`n kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo`lgan. Oxirgi oyga 5 kun qo`shilib, kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo`linib, yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo`lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini o`lchaganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo`shish, ayirish, bo`lish va ko`paytirishni bilganlar. Misrliklarning bu yutuqlarini yunon-rim madaniyati o`zlashtirdi.
Misr jarrohlari butun Old Osiyoga mashhur bo`lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to`g`risida bilimga ega bo`lganlar. Misrliklar ilk bor tish protezini qo`yganlar. Qadimgi Misrning tibbiyot retseptlari, magiya mantlaridan o`rta asrlarda arablar va Yevropa tibbiyoti foydalangan. Misrliklar qadimgi so`z ensiklopediyalarini tuzganlar.
Tayanch tushunchalar: Ra, Ptax, Amon, Osiris, Isida, Xatxor, Sia, Maat, kanopa, Sebek, Tot-pavian, Mut, Xonsu, Ka, Ba, ostrakon, ilohiy so`z, demotik til, kopt tili, piktografiya, piramida, Petubastis, Sinuxet hikoyasi, Xafra, Soxmet-sher, astronomik yil, kalendar, suv va quyosh soatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |