Qadimgi mesopotamiya I. Geografik o’rni va tabiiy sharoiti



Download 37,32 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi37,32 Kb.
#512415
Bog'liq
hasanboy mustaqil talim


QADIMGI MESOPOTAMIYA
I.Geografik o’rni va tabiiy sharoiti.
II.Qadimgi Mesopotamiya aholisi.
III.Davlatlashtirish.
IV.Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari.
V.Tarixnavislik. Mixxatning o’qilishi.
VI.Arxeologik ma’lumotlar.

Shimolda Armaniston tog’laridan janubda Fors qo’ltig’igacha, sharqda Eronning tog’li viloyatlaridan g’arbda Suriya-Mesopotamiya cho’llarigacha cho’zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (Ikki daryo oaralig’i-Frot va Dajla daryolari oralig’i) deb atalgan . Cho’l va tog’lardan tashkil topgan Shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya joylashgan edi. Qadimgi Mesopotamiya hududi hazir asosan Iroq Respublikasi hududidir. Dajla va Frot daryolari Arman tog’laridan bashlanib, fors qo’tig’iga quyiladi. Daryo suvlari minerallariga boy loyqa bilan oqib, toshqin vaqtida dalalarga toshib hosildor qatlam hosil qiladi.


Ikki daryo oralig’ida hasil olish uchun yil davomida sun’iy sug’orish (melioratsiya) ishlarini amalga oshirish kerak bo’lgan. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas edi. Shimolda quruq subtiropik zonada qishda ba’zida qor yog’adi, bahor va kuzda yomg’ir bo’ladi bo’ladi . Janubda juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiyada qadimda loy va tabiiy asphalt mo’l-ko’l bo’lgan. Shimolda qo’rg’oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi.
Mesopotamiya florasi juda kambag’al bo’lgan. Faqat shimolda tog’li hududda har xil dararxtlar uchragan. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo’lgan. Xurmo palmasi muhim rol o’ynagan. Strabinning aytishicha, qadimda xurmoning 360 xil foydali xossalari bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, kanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no’xat o’stirilgan.
Qadimda Mesopotami faunasi xilma-xil ko’rinishda edi. Daryolarda baliq ko.p bo’lgan. Qushlar, eshak, cho’chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar va to’qay va sahrolarda mo’l-ko’l bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo’shlig’ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yatakchi rol o’ynagan. Ko’pgina yo’llar g’arbdan sharqqa, shimoldan janubga shu yerdan o’tgan.
Mesopatimiyada odamlai qadimdan o’rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon tezlashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan qadimgi xusasan Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma’lum. Janubiy mesopatamiyada ilk manzilgohlari keyinroq, millodan avvalgi IV-mingllik va IV-mingllik ikki yarimida shumerlarga EL- Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Shumerlar janubiy mesopatimiyaga millidan avvalgi 4600-yil 6600-yil oldin ko’chib kelgan. Bu haqda S. Kramer va boshqa shumer shunos olimlar aytadilar. Shumerlarning asl vatani Oltoy bo’lganiligi to’g’risida ilmiy farazlar mavjud. Shumer tilining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o’rnatib, ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy e’toqodlari va toponomik nomlarni o’zlashtirib olganlar.
Mesopatamiyaning shimolida millodan avvalgi III-mingyillikdan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular akkad tilida so’zlashgan. Millodan avvalgi III-mingyillik oxiri g’arbiy Suriya cho’llaridan mesopatmiyaga g’arbiy semit chorvador xalqi kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atagan (Akkadcha “Amurriy “, “Suriya” yoki “G’arbiy ‘’ Mano’sini anglatadi).
Millodan avvalgi III-minhyillikning birnchi yarmida amorriylar mesopatamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solganlar. Qadimgi Shimoliy Mesopatimiya, Shimoliy Suriya v Arman tog’larida xurrit qabillari yashagan. Shumerlar va Akkadlar xurritlarni va ularning mamlakatini Subari deb atashgan.
Millodan avvalgi III-mingyillikdan Shimoliy-sharqiy mesopatamiyada Diyaliy daryosidan Urmiya ko’ligacha bo’lgan hududda yarim ko’chmanchi qutiy (gutiy) qabillari yashagan. Kassiklar Shimoliy -g’arbiy Eron, Elamlardan Shimolda hayot kechirgan. Kassitlar millodan avvalgi XVI asrda Bobilni bosib olib o’z sulolalariga asos soladilar .Kassitlar ikki daryo oralig’ining asriy madaniyati, tilini qabul qilib, mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar.
Millodan avvalgi II-ming yillikning II yarimida Shimoliy Armaniston va Suriya cho’lidan Shimoliy Mesopotamiya hudulariga G’arbiy semit guruhiga mansub Kassit qabilalari kirib kelgan .Ular Millodan avvalgi XII asr oxirida shimoliy Surya va Janubiy- g’arbiy Mesopatamiyada kichik davlatlar barpo qiladilar. Ular millodan avvalgi I ming yillik boshlarida xurrit va amorriy aholisi bilan qo’shilib ketadilar . Oromiy tili bu yerda keng tarqaladi.
Millodan avvalgi X asrda Janubiy Mesopotamiyada oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o’rnashgan. Bu etnik guruhlarning qadimgi Messopotamiyaga migratsiyasi natijasida ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar yuz bergan.
Mesopotamiya hududida millodan avvalgi IV ming yilliikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jaroyoni boradi. Shumerlarning millodan avvalgi IV ming yillik boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlangan.
Millodan avvalgi III ming yillikdan boshlab mamlakatning janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo’lgan. Millodan avvalgi III ming yillik ilk sulola davri dab ataladi. Bu davrda shahar-davlatlar paydo bo’lgan. Ayniqsa, janubda shumerlarning Eredu, Ur, Lagash, Larsa, uruk, Umma, Shuruppak, Isin, Nippur, va Kish kabi shahar-davlatlari paydo bo’ladi. Millodan avvalgi III ming yillikning oxiri kuchli Mutlaq monarxiyalar tashkil toppish davri hisoblanadi. Millodan avvalgi XXIII-XXI asrlar siyosiy markaz Mesopotaniyaning markaziga ko’chib, bu yerda Akkad davlati tashkil topadi. Akkad davlati tarkibiga Shummerlarning janubi va Shimoliy Mesopotamiya kiradi. Qutiylar hujumi sababli, Akkad podshaligi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigi qo’liga otadi.
Millodan avvalgi II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig’ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtiriladi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.Qadimgi Bobil yoki amoriylar davri (millodan avvalgi XIX-XVI asrlar).
2. O’rta Bobil yoki kassit davri (millodan avvalgi XV-XII asrlar ).
3. Bobilning siyosiy tushkunlik davri (millodan avvalgi XII-VII asrlar).
4. Yangi Bobilning qisqa qayta uyg’onish davri (millodan avvalgi VII-VI asrlar) va Eron tomonidan mamlakatning bosib olinishi.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo’yicha asosiy manbalarga-moddiy madaniyatlar yodgorliklari, yozma hujjatlar va diniy mifologik abadiy asarlar, antic mualliflar asarlari kiradi.Millodan avvalgi III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yoqgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil kabi shaharlarining xarobalarini arxeologik o’rganish natijasida ma’lum bo’lgan. Shaharlardan zinapoyasimon zikkurat-joylar, xo’jalik inshootlari, sana’t asarlari va uy anjomlari topilgan. Bizgacha Lagash hokimi Eannutumning (millodan avvalgi XXV asr) “Kalxatlar lavxasi” nomi bilan aytiladigon relyef tasvirlari bilan Lagashning Apis va Tir shaharlarining ustidan g’alabasi sharafiga yaratgan. Mesopotamiya ning millodan avvalgi III-II ming yilliklarga oid silindirsimon stealit, lazurite, serdolikdan yasalgan muhrlari Misr, Bahrayn va Hindistondan ko’plab topilgan.
Mesopotamiya tarixiga oid eng qadimgi hujjatlar (millodan avvalgi III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan to
pilgan mingga yaqin loy taxtachadir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib, hali oxrigacha o’qilmagan. Lagashdan millodan avvalgi III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, millodan avvalgi II ming yillikka oid ko’pgina xo’jalik hujjatlari mavjud. Ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan.
Hozirgi Turkiya hududidagi Kultepadan millodan avvalgi II ming yillikka oid ossur va amoriy savdogariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachadan iborat arxiv; millodan avvalgi II ming yillika oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; millodan avvalgi XII-XI asrlar oid Ashshur shahri arxivi; millodan avvalgi I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishgan joylardan topilgan arxivlar qadimgi Mesopotamiyaning xo’jalik hayoti to’g’risidagi muhim ma’lumot beradi. Ayniqsa Nippur shaxridagi savdo-tadbirkorlik bilan shug’ullangan “Murashu uyi”dan topilgan millodan avvalgi V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovirdir.
Bizgacha Mesopotamiya tarixiga tegishli ko’plab huquqiy hujjatlar yetib kelgan. Ulardan eng qadimgi podsha Shylga qonunlari (millodan avvalgi III ming yillikning oxiri); millodan avvalgi XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; millodan avvalgi II ming yillik boshlariga tegishli Lars ava Issin qonunlari parchalari; Lipit-Ishtar nomli humdor qonunlarining kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddasi bizgacha tetib kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247 modda, asosiy qism va xulosadan iborat Xamurappi qonunlaridir. Millodan avvalgi II ming yillik o’rtalariga oid O’rta Ossuriya qonunlari, Yangi Bobil podsholigi oid 20 ga yaqin qonun moddasi bizgacha yetib kelgan.
Eng qadimgi diplomatic hujjatlardan ikki loy silindra bitilgan millodan avvalgi XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjalari to’g’risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan.
Millodan avvalgi XXIII asrga oid Amillokkad va Elam davlat o’rtasidagi shartnoma; millodan avvalgi II ming yillik boshlariga tegishli Mari podishosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan.
Millodan avvalgi II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to’g’rida boy ma’lumot beradigon bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.
Shumer shaharlati, Akkad, Bobil va Ossuriya davlatlari podsholarining bizgacha yetib kelgan yozuvlari juda katta ilmiy qimmatga egadir.
4

Shunday yozuvlardan biri millodan avvalgi XXIV asrga oid Lagash davlatining yukasalishi, uning qoshni Umma bilan urishi to’g’risida hikoya qiladigon Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag’ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (millodan avvalgi XXIII asr) Elamga yurishlari to’g’risida yozuvlari va “Manishtusu yodgorligi(obelisk)”da podsha yer zaxirasi, uning jamoa yer hisobidan ko’payishi to’g’risida ma’lumot berilgan.


Bizgacha Ossuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. “Sargin II ning Ashshurga xati”, bu podshoning millodan avvalgi 714-yilda Urartu qarshi yurishi bayon qilingan xatlari saqlanib qolgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma’lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir.
Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozma matni bizga ma’lum. Tarixiy asarlar keyinroq, millodan avvalgi IV-III asrlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxonasi kohini) 3 qismdan iborat “Bobil va Xaldey tarixi” da to’von davridan makedoniyalik Aleksandr davrigacha bo’lgan voqealar bayon qilingan.
Beroyes (millodan avvalgi 350-280) Bobildagi siyosiy beqarorlik yillarida Yunonistonning Kos oroliga ko’chib o’tib, bu orolda astiranomiya maktabi ochgan. Bobilga qaytib podsho Antiox I Salavk chun “Bobil va Xaldey tarixi” yozadi. Bizgacha bu asarning parchalari ‘rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.
Bizgacha Mesopotamiyatarixiga oid br qancha abadiy yodgorliklar yetib kelgan. Jumladan, Uruk podshosi Jmerkar to’g’risida epik poemalarda Shumerlarnin ilk sulolasi davrida (millodan avvalgi III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Shumerlar “Gilgamesh va Aga “ poemasida Uruk shahrining Kish shahriqaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi to’g’risida aniq ma’lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to’g’risida Akkad afsonalari saqlanib qolgan.
Shumer, Bobil va Ossuriya abadiy yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma’lumotlar olish mumkin. “Gilgamesh” dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi ossur podshosi Ashshurbanopal (millodan avvalgi VII asr) kutubxonasidan topilgan. Bu doston millodan avvalgi II ming yillik boshlarid yaratilgan taxmin qilinadi.
5
Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari To’g’risida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Mesopotamiya to’g’risida eng batafsil ma’lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Geradot beradi ( millodan avallgi V asr). Ko’p yillar Eronda yashagan Geradotning kichik zamondoshi knidlik Ktesiy (Ahmoniylar saroyida tabib bo’lib xizmat qilib) 23 kitobdan iborat “Eron tarixi” asarida Mesopotamiyaga ancha katta o’rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilishda afsonaviy an’analarga asoslangan. Ktesiy tarixini soxtalashtirish, xatolarning kopligi uchraydi. Millodan avvalgiV asrda Fors shahzodasi Kirning armiyasida yonlanma askar bo’lib Mesopotamiyaga kelgan yunon tarixchisi Ksenofontning “Kiropediya” va “Anabasis” asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasfiri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to’g’risida ma’lumotlar bergan.
Strabonning “Geografiya” asarining (millodan avvalgi I asr-millodiy I asr) maxsus 16 kitobi Mesopotamiyaga bag’ishlanib, hudud to’g’risida boy ma’lumotlar beradi . Mesopotamiya tarixi bo’yicha bir qancha ma’lumotlar yahudiy yozuvchisi Iofiy Flaviy va Rim muallifi Pompey Trog asarlarida uchraydi.
XVIII asrda Mesopotamiya va Eronga birinchi ilmiy sayohat qilgan yevropalik odam daniyalik olim Konstantin Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persopol saroyidan mixxat yozuvlarni olib keldi.
1802-yilda qadimgi yunon va lotin grammatikasi o’qituvchisi, nemis olimi Grotofrnd mixxat yozuvining 39 ta belgisidan 10 tasini o’qidi. XIX asrning 30-40-yillarda Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi va diploma G.Roulingson mixxatlarning o’qilishida katta hissa qo’shgan. U Eronnig Hamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinidan yaqinidan Behistun qoyasida Doro I ning uch yozuvini tekshiradi. 1847-yilda Roulingson Behustun yozuvining Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini o’qigan. 1855-yilda Behustun yozuvining uchinchi qismi bo’lgan elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o’qilgan. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F.delich akkad tilining grmmatikasi va lug’ati yaratdi. Olimlar J.Oppenxeym, E.xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o’qishga o’z hissalarini qo’shganlar. Shumer mixxat yozuvini o’qish XIX asrning I yarmida F.Tyurgo-Danjan, O.Pepel, A.Daymel va A.Falkenshteynlar tomonidan ammalga oshiriladi.
Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazilmalar XIX asr o’rtalarida uning shimoliy qismi Ossuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil Mossuri shahridagi fransuz konsuli P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshlaydi.
6
Bu joy mahalliy afsonalarga ko’ra, Ossuriya davlatining poytaxti Nineviya bo’lgan. Ammo tepalikni qazishga mahalliy aholi dushmanlik nazari bilan qaragani uchun qazish ishlari natija bermagan, P. Botta bu yerda ishni tugatib, Mosul yaqinidagi Xorsabod qishlog’iga qazish ishlarini boshlaydi. Xorsabodda olib borilgan arxeologik qazishmalar o’z natijasini beradi. Bu yerdan 1843-yil Ossuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharukkin saroyi qoldiqlari topiladi. P.Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Ossuriya kolleksiyasi asosi bo’lgan.
1845-1847-yillarda Sharq tillari yaxshi bilgan ingiliz diplomati G.Leyard Nimrud tepaligi (Kichik Osiyo)da arxeologik qazishma ishlarini boshlaydi. Qadimgi mualliflar Nineviya shahri aylanasi bilan 84 km.ni tashkil qilib, baland devor v qal’alar bilan o’rab olingani tasdiqlangan edilar.
Leyardning qazishmalari Nineviya keng hududga joylashgani tasdiqladi. Ossuriya podshosi Sinaxxarib (millodan avvalgi VII asr) saroyi uning nevaralari podsho Ashshurbanipalning loy kitoblar bilan to’la kutubxonasi bilan birga topilgan. Leyardning qazishmalari Nineviya keng hududga joylashganini tasdiqladi. Ossuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepaligidan Ossur podsholari saroyi, bu saroydan ulkan odam-ho’kiz, odam-sher haykallari topiladi. Ossuriya podshosi Sinaxxerib (millodan avvalgi VII asr) saroyi uning nevarasi podsho Ashshurbanipalning loy kitoblar bilan to’la kutubxonasi bilan birga topilgan. Leyard topilmalari Londindagi Britaniya muzeyi qadimgi Sharq kolleksiyasining asaosi bo’ladi. Leyardning xodimi U.Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettiradi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajayib relyefi podsho boyning kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyi qoldiqlarini topadi. Rassam Kunjik teppaligida qazish ishlarini davom ettiradi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyefli podsho boyning kutibxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyi qoldiqlari topiladi. Rassam tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joydan millodan avvalgi IXasrga oid Osssuriya yoodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan to’rt jez taxta-Balavat darvozasi qoplamasi topilgan.
Angliyalik o’ymakor usta-xattot Jorj Smitkambag’al oiladan bo’lib, o’ymakorlik, naqshkorlik ustaxonasida usta bo’lgan. U hech qanday maxsusma’lumot olmagan. Taniqli sharqshunos G.Roulingson yordami bilan muzeyda xodim bo’lib ishlaydi. Nineviya xarobalari uch marta uyushtirilgan ekspiditsiyaga boshchilik qiladi.
U Ashshurbanipal kutubxonasidagi loy taxtachalarda Bilgamish dostoning ayrim parchalarini o’qiydi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi Shumer shaharlar Uruk, Lars ava Eredu qazib ochiladi.

XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va uning hukumdorlarining ko’p sonli haykallari, Gudeaning kumush va alebast vazalari, “Kalxatlar stelasi” taxtasini va ibodatxona xo’jaligini oshadilar. XX asr boshlarida Amerika ekspeditsiyasi (rahbari Gilbrext) Nippur shahridan sarou, maktab, turar-joylar va xo’jalik binolarini topadi. Shahardagi Enlil ibodatxonasi kutibxonasida 20 ming loy taxtacha bitiklari sof shumer tilida yozilgan. Bu Ashshurbanipal kutubxonasidan yana 2000 ming yil qadimiy bo’lgan kutubxona edi. Nippurda sopol suv quvurlari ham qazib ochildi.


Nemis arxeologi Ernest Volter Andre (1875-1956)qadimgi Bobil xarobalarini qashizda (1899-1914) ishtirok etib, 1903-1914-yillarda Ashshurning qazish ishlarigan rahbarlik qilgan.
Nemis arxeologi Robert Koldevey 1899-1914-yillar davomida hozirgi Bag’dod shahri yaqinidagi Bobil xaroxalarida arxeologik qazilmalarni olib boradi. Arxeolog balandligi 91 metr, aylanasi 91 metr bo’lgan mashhur bo’lgan Bobil minorasi va afsonaviy Bobil osma bog’lari xarobalari ochadi. Tarixdan ma’lumki, Bobilning mashhur podshosi Navuxodonosor II o’z rafiqasi Midiya malikasi Ametis (Semiramida) uchun osma bog’ barpo qiladi. Bobil Midiyaning Ossuriyaga qarshi yaqi ittifoqchisi edi. Osma bog’larBobil shahrining janubida joylashgan edi. Osma bog’ning tomonlari 123x120 metr tashkil etgan. Bog’ 100 bo’lim-xonadan iborat bolib, poydevori 14 kameradan tashkil topgan edi. Bog’nin devorlar xom g’ishtdan, qamish, sement va bitumdan iborar. Suv nasaslar bilan yuqoriga ko’tarilib berilgan. Tepa qavatdagi bog’larda asriy daraxtlarni o’stirish mumkin. Osma bog’ning o’rtasida katta maydon va basseyn bo’lgan. Millodan avvalgi I asrda geograf Strabon Bobilga borib, osma bog’ning suv taminotini tavsiflagan.
Bobil Old Osiyodagi Nineviya kabi ulkan shahar bo’lib, Osuuriyaning halokatidan song butun Old Osiyoning fan-madaniyat o’chogi bo’lgan. Bobilnin tashqi devorida yuzta bronza darvozasi bo’lgan. 1899-1917-yillarda Bobil shahri xarobalaridan shahr devori,
Download 37,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish