Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati


Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar



Download 38,15 Kb.
bet2/7
Sana01.07.2022
Hajmi38,15 Kb.
#723770
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorlikla

2. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Eng Qadimgi Hindiston madaniyatining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga borib taqaladi. Qadimgi Hind madaniyati ularning xo`jaligi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. Hind va Panjob viloyati eng qadimgi hind madaniyatining beshigi hisoblanadi. Yozuv eng qadimgi hind madaniyatining ajralmas qismi bo`lgan. Arxeologlar Xarappa, Moxenjo-Doro va boshqa joylardagi yodgorliklardan sopol parchalari, muhrlar sathi va toshlarga bitilgan g`alati yozuvlar topishgan. Bu yozuvlar ba`zi jihatlari bilan misr va shumeriylarning iyerogliflariga o`xshab ketadi. Qadimgi hind alifbosining 700 ga yaqin rasm-belgilardan iborat ekanligi aniqlangan. Tekshiruvchilar bu yozuvni o`qishga urinib ko`rganlar. Lekin bu urinish hozircha yaxshi natija bergani yo`q. Qadimgi Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgan. Bu jihatdan Xarappa va Moxenjo-Dorodan topilgan erkak kishi, raqqosa ayol va boshqa haykallar diqqatga loyiqdir. Eng qadimgi Hindistonda rassomchilik ham rivoj topgan ekan. Hind vohasi va Panjobdagi eng qadimgi-yodgorliklardan, hatto uzoq Mesopotamiyadan odam, odam qiyofasidagi xudolar, zubr, karkidon, buqa, fil, qo`tos, shuningdek eng qadimgi rasm-belgili yozuv tushirilgan tosh muhrlar topilgan. Sopol va tosh muhrdagi qabartma rasm tasvirlar o`sha qadimiy, ko`hna davrdagi rassomchilikning qay darajada rivojlanganligini ko`rsatadi.
Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Hind vohasida hisob-sananing o`nlik tizimi mavjud ekan. Bir, ikki, uch, besh, to`qqiz va boshqa katta-kichik sonlarga yonma-yon qo`yiladigan nol (0)ni, shuningdek birdan to`qqizgacha bo`lgan sonlar va ularning belgisini hindlar kashf etishgan. Bu raqamlar keyinchalik vatandoshimiz ulug` al-Xorazmiy tomonidan biroz isloh qilingach, arablar dunyosiga o`tgan. Bu ikki xalq madaniyati mevasining yorqin namunasidir. Eng Qadimgi Hindistonda me`morchilik ham rivoj topgan edi. Qadimgi hind ustalari zargarlik, naqqoshlik va tasviriy san`atning boshqa sohalarida ham katta yutuqlarga erishganlar. Eng qadimgi Hindistonda alifbo, hisobning o`nlik tizimi mavjud bo`lgan. Demak u yerda matematika, geometriya, astronomiya, tabobat va boshqa ilmiy-amaliy bilimlar rivoj topgan.Eng qadimgi hindlar o`zlariga xos madaniyat yaratib, bu bilan jahon madaniyati xazinasiga o`zlarining barakali hissalarini qo`shganlar. Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan.
Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo'linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxьya, yoga, vaysheshika, n'yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta'limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta'kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo'lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. «Oltin yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima asaridir. U turkiy adabiyotda badiiy tarjima tarixi juda qadim davrlardan boshlanganligini ko’rsatadi. «Oltin yoruq» asli sanskrit tilida yaratilgan. Мa’lumki, sanskrit qadimgi hind adabiy tili hisoblanadi. U miloddan avvalgi birinchi asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskrit tilida ko’plab diniy, falsafiy, badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan.
Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon adabiyotning «Мaxabxarata», «Ramayana», «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To’tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari sanskrit tilida yaratilgan. Sanskrit adabiyotining namunalari X asrdayoq Мarkaziy Osiyoda sevib o’qilgan va tarjima qilingan. Abu Rayhon Beruniy «Kalila va Dimna»ning tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga o’girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asarda budda dinining ta’limoti o’z mantiqiy ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilinganga qadar budda ta’limoti turkiy xalqlar o’rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar mavjud edi.

Download 38,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish