Tadqiqotchilar tamonidan Eron arxivi o’rganilishi
1907-1908-yillarda Elefantinda nemis arxeologlari 100 ga yaqin papiruslarni topishgan, bular yahudiy harbiy koloniyasiga taalluqli. Ba’zi hujjatlarda butun bullalar (loy muhr) topilgan. Ularning aksariyati, nikoh shartnomalari, oldi-sotdi hujjatlari, shu bilan birga ahmoniy podsholarining farmonlari va boshqa rasmiy hujjatlardir. Ushbu arxivda bulardan tashqari Qadimgi Eron podsholarining diplomatik maktublari hamda Falastindagi harbiy istehkomlar bilan yahudiy jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli yozishmalar ham bor. Ba’zi hujjatlar V asrning ikkinchi yarmi bilan sanalangan. Ularning orasida Bexistun yozuvlarining oramiy tilli tarjimalari ham bo‘lgan. Bular Doro I devonidan Misrga jo‘natilgan, kechroq ko‘chirilgan Naqshi Rustam qoyasidagi matnning tarjimasi edi. 29 1954-yil G.R.Dreyver tomonidan Misrdagi fors satrapi Arshamaning 13 ta xatidan iborat muhim kolleksiyasi nashr qilindi. Matnlar charmga oramiy tilida yozilgan. Ular V asrda Misrda fors podsholarining hukmronligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Ular ishchi kuchini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar, itoatsiz qullarga munosabat, Arshama va boshqa fors amaldorlarining yerlarini boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlardir. Xatlar Arshamadan va boshqa eron mansabdor amaldorlaridan mulk boshqaruvchilariga, ehtimol Bobil va Suzaga jo‘natilgan maktublarning nusxalaridir. Shunday qilib, ular shaxsiy xatlar tarzida yozilgan bo‘lsa ham, satrap sifatida Arshamaning xizmat faoliyatiga daxldor bo‘lmasa ham, xat jo‘natuvchilarning yuqori lavozimlarini hisobga olsak, bu xatlar rasmiy yoki (yarim rasmiy) xarakterga ega bo‘lib, davlat ishlari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. Xatlarga sana qo‘yilmagan, lekin ularning mazmuniga qarab, Dreyver ularni 411-408-yillarga to‘g‘ri keladi, deb baholaydi. Shu bilan birga xatlarning 454-yilda yozilgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydi. Xatlarda loy muhrlar saqlangan. Bir muhrda ikkita fors jangchisining dushmanni qo‘li bilan ushlab turganligi tasvirlangan. Jang tasvirida quyosh gardishi va oramiy yozuvi izlari bo‘lib, uni “Shahzoda Arshamaning muhri” deb tarjima qilingan. Dreyver, bu xatlar Arshamaning amaldorlaridan birining arxividan bir qismi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Arshama amaldorlaridan Nextimorga jo‘natilgan xat bo‘- lib, ular Nextimorning shaxsiy arxivi hujjatlaridan bo‘lishi ehtimol. 1945-yilda Misr arxeologi Sami Gabra Tuna El-Djebel (Qadimgi G‘arbiy Germopol) qabristonidan Misr xudosi Tatuning ramzi hisoblangan ibis qushi mumiyolarini topgan (laylakka o‘xshagan qush). Qabrda 8 ta oramiy papirus solingan loy idish ham bo‘lgan. Ular mamlakatda qo‘zg‘olon vaqtida qabristonga yashirilgan bo‘lishi kerak. Bu papiruslar shaxsiy maktublar bo‘lib, Memfisdan oramiy harbiy kolonistlari tomonidan Misrdagi semit kolonistlariga jo‘natilgan (4 ta xat Sienga qolganlari Ofi, ya’ni Luksorga jo‘natilgan). Ularda oilaviy xabarlar, yaxshi niyatlar, savdo ishlariga ko‘rsatmalar berilgan. Matnga sana qo‘yilmagan, lekin yozuv uslubi V asrga taalluqlidir. Idishga yaqin joyda muhra shaklida “Intarvii” so‘zi bitilgan ashyo bo‘lib, bu so‘z Doro I ismining misrcha aytilishidir. Xat o‘rami ochilmagan holda topilgan. Hujjat qandaydir sabablarga ko‘ra, manzilga yetib bormagan, Germopol janubida yo‘lda to‘xtab qolgan. Hujjat katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular tadbirkorlik aloqalari va Misrning turli joylarida semit harbiy koloniya- 30 lari bilan yozishmalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Elefantin papiruslaridan farqli o‘laroq, germopol xatlari oramiylar va boshqa semit qabilalarining (Nobu, Betelk, Malkat-Shamni xudolariga sig‘inuvchi) til xususiyatlari to‘g‘risida muhim xabarlar beradi. Misrdagi oramiy manbalaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1931-yil N.Eme-Jiron 112 ta matnni nashr qildi, ulardagi papiruslar orasida sopol bo‘laklari va buyumlar sirtiga tirnab yozilgan matnlar ham bo‘lgan. Barcha matnlar 1926-yildagi Sakkara (Memfis) dagi qazish ishlari chog‘ida topilgan. Ushbu to‘plamdagi papiruslarning ko‘pchiligi, noshirning fikriga qaraganda, Memfisdagi harbiy kemalarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha davlat arsenali kundaliklarining qismi hisoblanadi. Matnlarda misr va eron sanalari uchraydi, lekin birorta podshoning nomi tilga olinmagan, shuning uchun hujjatlarning yozilgan yilini aniqlash mushkul. 1952-1955-yillarda turk arxeologlari tomonidan Kichik Osiyodagi Eron satrapi poytaxti Daskildan ahmoniylar davriga oid 300 ga yaqin farmonlar arxivi topilgan. Ulardan 41 tasi mixxat yozuvida va oramiy yozuvidagi muxrlar (bullalar) bilan tasdiqlangan3 . Xullas, ahmoniy podshohlarining qadimgi fors mixxat yozuvi o‘yib tushirilgan muxrlari ko‘plab saqlanib qolgan. Jumladan, Moskvada Artakserk (Artaxshastra) II ning tasviri tushirilgan mixxat yozuvli muxri saqlanmoqda. Elam hujjatlari Suza arxivi. Fransuz arxeologlari tomonidan Suzadagi akropolda qazish ishlari davrida elam xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan. U erdan 300 tadan ortiq taxtachaga bitilgan hujjatlar topib o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |