Qadimgi dunyo tarixi


mavzu. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasi



Download 32,88 Mb.
bet50/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

20 mavzu. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasi.
Tayanch iboralar: Tiberiy, Gay Sezar, Klavdiy prinsipiati, Neron prinsipiati, Yahudiya qo’zg’oloni, Vespasian, Senzor, Domisian, «oltin davr», Trayan, Daklar hujumi, Adrian, Antoninlar sulolasi, Kommod.
Domisian o’ldirilgandan keyin keksa senator M.Koksey Nerva imperator deb e’lon qilingan. Bu pretoriylarnigina emas, balki chegara viloyatlardagi legonerlarni ham qattiq g’azabga keltirgan. Harbiylarning naroziligidan yangi imperatorgina emas, uning tamonini olgan senatorlar ham cho’chib qolgan. Nerva o’z atrofidagilarning maslahati bilan yuqori Germaniya legionlarining legati Mark Ulpiy Trayanni o’ziga o’g’il qilib olgan (er 96 yili.)
Trayan Pireney yarim orolida joylashgan Rim koloniyasi Italikdan kelib chiqqan bo’lib, asli ispan millatidandir Trayan Rim taxtiga o’tirgan brinchi ajnabiydir.
Trayan 2 yil davomida (er 96-96 yillari ) Nervaga hokimdosh hisoblangan u o’lgandan keyin(er 98 yili) imperiya hokimi bo’lgan.
Trayan senat bilan juda do’stona munosabatda bo’lgan. Endi bu vaqtda senat eski Rim va italiy nobillari vakillaridan ko’ra ko’proq viloyatlik zadogonlardan tashkil topgan. Trayan yangi imperiya zadagonlari orasida obro qozonish uchun Rim shaharlaridagi magistratlarning obro’sini har jihatdan qo’llab-quvvatlab kelgan.
Er 105 yili Daklar katta kuch bilan kelib, To’satdan ko’prik oldidagi istehkomlarga hujum qilishgan, ammo ularning hujumi qaytarilgan. Shundan keyin 106 yil boshida Trayan Dunayda yonida yana ham ko’p harbiy kuch to’plab Dakiyaga bostirib kirgan. Trayan armiyasi daklar drujinalarining qarshiligini sindira borib, Sarmizegetuzaga yaqinlashib kelgan. Shahar aholisini ko’p chiligi qul bo’lishdan ko’ra o’limni afzal ko’rgan. Minglarcha kishi o’zini-o’zi o’ldirgan. Desebal tog’lariga yashirinmoqchi bo’lgan, lekin ba’zi dak oqsoqollari uning yashiringan joyini dushmanga ko’rsatib bergach, Dakiya podshosi o’zin-o’zi o’ldirgan. Dakiya Rim viloyatiga aylantirilgan (er 107 yili).
Trayan bu g’alabaning yodgorligi qilib yangi katta forum soldirgan. Mars maydonini eski Rim forumidan ajratib turgan tepalikni bir qismi tekislab tashlangan. Ochilib qolgan maydonga kutibxona binosi tushgan, bu bino yangi maydonni 3 tamondan qurshab turgan. Maydon o’rtasidagi balandligi 40 metrli ustun o’rnatilgan, ustun daklar bilan bo’lgan urush voqyealarini aks ettiruvchi lavxalardan iborat bo’rtma rasmlar bilan qoplangan.
Trayan Dakiyani zabt qilib, unda veteranlarning, shuningdek, Italiyadan va g’arbiy viloyatlardan ko’chirilganlarning ko’pdan ko’p koloniyalarini tuzgan, so’ngra yangi urushga, Parfiya davlatiga qarshi yana ham katta agressiv urushga tayyorgarlik ko’ra boshlagan.
Rim qo’shinlari avvolo Sinay Yarim orolini (Arabistonning toshloq Arabiston deb ataladigan) shimoliy g’arbiy qismini bosib olganlar. Ular bu bilan janubi-sharqdan Misr bilan Suriyaning havfsizligini, shuningdek qizil dengizdan Arabistonni o’rab,janubiy osiyo mamlmkatlariga o’tadigan dengi yo’llarining havfsizligini ta’minlagan.
115-yil ko’klamida urush harakatlari Parfiyaga qarshi davom ettirilib, Rim qo’shinlari dajla daryosi bo’ylab siljib borgan. Parfiya podsholigiga qaram bo’lgan ba’zi podsholiklar rimliklar tomoniga o’tib ketgan. Trayan qo’shini Parfiya podsholigining poytahti Ktezifon shahrini egallagan.
Imperiyaning sharqiy viloyatlaridagi qo’zg’olonlarni bostirish uchun Trayan o’zining sharqdagi qo’shinidan anchagina qismini ajratib berishga majbur bo’lishgan, bu esa parfiyaliklarning yangi qo’shinlari paydo bo’lgan Ikki daryo oralig’idagi urush harakatlarining borishiga ta’sir ko’rsatmay qolmagan. Qo’zg’olonchilar va parfiyaliklar Rim qo’shinlarining bir qismini qirib tashlashga muvaffaq bo’lishgan. Ammo rimliklar qo’zg’olon ko’targan Salavkiyani egallab, Uning aholisini yirtqichlarcha qon-qaqshatganlar. Parfiya armiyalaridan biri tor-mor qilingan. Ammo Trayan Parfiya sulolasi a’zolari o’rtasiga ixtilof solshga behuda uringan. Parfiya taxtiga o’z kishisini o’tkazish uchun qilgan harakatlari ham natija bermagan.
Eramizning117-yili yoziga kelib rimliklar avvolo ikki daryo oralig’ining janubini va mesopotamiyaning boshqa qismlarini tozalashga majbur bo’lganlar. Soni juda kamayib, muvaffaqiyatsizliklardan sillasi qurib, ruhan ezilib qolgan Rim armiyasi Frot daryosining orqasiga o’tib ketgan.
Trayan mag’lubiyatni tan olgisi kelmagan. U yana sharqqa otlanishni ko’zlagan, lekin Rim armiyasi jangovarlik kuchi tugab bo’lgan. Parfiyaliklarga qarshi yana urush boshlashdan avval sharqiy viloyatlardagi qo’zg’olonlarni bostirib, imperiyaning o’zida osoyishtalik o’rnatish lozim bo’lgan. Armiyani mablag’ va yangi kuchlar bilan ta’minlash zarur bo’lgan.
Trayan Rimga jo’nab ketgan. U yo’lda ketayotib (Kilikiyada ) kasal bo’lib o’lib qolgan(eramizning 117-yili).
Sharqdagi urush muvaffaqiyatsiz bo’lsada, Trayan Rimning Quldor zodagonlari nazarida mukammal hokimi namunasi bo’lib qolgan. Unga «eng yaxshi» prinseps laqabi berilgan.
Trayan hayotining so’nggi oylarida xotinining qarindoshi Publiy Eliy Adrianniy o’ziga yaqin tutib yurgan. Trayanning o’limidan keyin Adrian unga o’g’il qilingan va vorisi etib tayinlangan, deb e’lon qilingan. Sharqiy armiya legionlari Adrianning Trayanga o’g’il qilinganligini tan olib, uni imperator deb e’lon qilganlar.
Adrian imperiyani idora qilish davrida (eramizning 117-138-yy) o’zidan oldingi o’tgan imperator olib borgan agressiv tashqi siyosat natijasida Rim imperiyasi duch kelgan g’oyat tang ahvolni tugatishga uringan.
Adrian qo’shinlari bilan tinch munosabat saqlab, imperiyaning harbiy kuchlarini diqqat bilan mustahkamlab borgan. U (Britaniyada, Germaniyada, dunay chegarasida va shimoliy Afrikada) mustahkamlangan chegara liniyalari va mustahkam qo’rg’onlar qurdirgan, chegaradagi garnizonlarga shaxsan o’zi borib tekshirib turgan, shu maqsad bilan imperiyaning eng uzoq burchaklariga ham safar qilgan.
Adrian eramizning 138-yili vafot etgan. Uning jasadi katta mavzoleyda dafn qilingan. Bu mavzoley o’rta asrlarda papa qo’rg’oni va turmaga aylantirilgan.
Adrianning farzandi bo’lmagan. O’lim to’shagida yotgan imperator eng zodagon va g’oyat boy senatorlardan birini, galliyalik Tit Avreliy Antoninni o’ziga voris qilib qoldirishga qaror qilgan, ammo shu shart bilanki, u o’z navbatida Adrian xotinining jiyani Mark Anniy Sever bilan yosh bola Lusiy Eliy Verni o’zining vorislari deb e’lon qilish lozim bo’lgan. Adrian vafotidan keyin Tit Avreliy Antonin imperator qilib saylangan va unga Antonin Piy deb nom berilgan.
Rim tarixchilari, ularga ergashib Yevropa tarixchilari ham, Antonin Piy prinsipati davrini (eramizning 138-161-yy) «oltin davr» deb ataganlar .
Antonin Piy o’limidan so’ng uzoq vaqt o’tmay Rim imperiyasining chegarasida Parfiya bilan ikki o’rtada shiddatli urush chiqqan. Ikki buyuk davlatning xarbiy to’qnashishiga Armanistonga ta’sir o’tkazish ustidagi munozaraning keskin tus olib ketishi sabab bo’lgan. Negaki o’rta va sharqiy osiyodan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlaridagi savdo markaziga keladigan karvon yo’llari ana shu Armanistonda bir-biriga tutashgan.
Parfiya podshosi Vologaz III Antoninning vafotini va ikkita prinsepsning unga vorisligini eshitib, Rim imperiyasida tezda o’zaro urushlar boshlanadi deb o’ylagan va bunday urush boshlanishini kutmasdanoq Armanistonni ishg’ol qilgan. Kappadokiyadagi Rim noibi o’z legionlari bilan Armaniston tuprog’iga bostirib kirgan bo’lsada, Elegeya shahri yonida (Frotning yuqori oqimida) qurshovda qolib, armiyasi bilan birga halok bo’lgan (eramizning 162-yili). Parfiyaliklar Suriyani ishg’ol qilishgan.
Sharqdagi urushni davom ettirish mumkin bo’lmay qolgan. Eramizning 166-yili Parfiya bilan sulh bitimi tuzilgan. Bitimga muvafiq Mesopotamiyaning shimoliy qismi Rimga qo’shilgan. Armaniston deyarli butunlay Rim imperiyasiga qaram bo’lib qolgan. Ammo Rim imperiyasi bularni qo’lga kiritgani bilan, bergan katta talofatlarini qoplay olmagan.
Eramizning 167-yili Dunay orqasida yashayotgan Germanlarning markoman, sarmat, kvad va yozig’ qabilalari Rimning chegara istehkomlaridan o’tib, imperiya tuprog’iga bostirib kirganlar.
Eramizning 180-192-yy imperiyani Mark Avreliyning o’g’li Kommod idora qilgan. U otasining tamomila aksi bo’lgan. Kommod qo’pol, shafqatsiz, sirk tomoshalarining muhlisi bo’lib, yengilmas jangchi gladiatorlikni orzu qilgan. U Gerkulesni ideal bilgan va unga ergashib haloyiq oldiga faqat arslon terisiga burkanib chiqar ekan.
Aholi ommosi ichida alg’ov-dalg’ovlar va zadogonlarning nihoyat darajada noroziligi fitna uyushtirilishiga sabab bo’lgan. Imperator atrofdagi eng yaqin kishilari ham fitnaga qatnashishgan. Eramizning 192-yili 31-dekabrida Kommod o’ldirilgan.

Kommodning halokati bilan Antoninlar sulolasi tugagan. Rim o’rta dengiz imperiyasining nisbatan tinch tarixiy taraqqiyoti davri o’tib ketgan, u iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarning keskinlashish davri-eramizning III asr inqirozi davriga kirgan.
Er 2 asr oxirlarida Severlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan (er. 193-235 yy). Sulolaga asos solgan Septimiy Sever (er.193-211 yy) erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil etganlar va kam romanlashgan reyn bo’yi, Frakiya va Dunay bo’yidagi viloyatlardan jangchilar to’plab, o’shalar hisobiga armiya sostavini ko’paytirgan. Bu viloyatlardagi quldor doiralarning vakillari. Rim armiyasidagi oliy kamandirlik lavozimlarini egallashga muyassar bo’lganlar. Shu tufayli viloyat munisipiyalarining imtiyozli toifasi Septimiy Severning tayanchi bo’lgan va ancha to’latilgan.
Rim viloyatlaridagi munisipiya doiralarning imperiya siyosiy hayotiga aralashtirilishi shahar hududidagi barcha erkin aholiga Rim fuqoralik huquqlari berish to’g’risidagi edikt bilan qayt qilingan, bu edikt er 212 yili, Septimi Severning Karakalla deb nom olgan o’g’li Avreliy Antonin vaqtida (er. 211-217 yy ) chiqarilgan. Reyn, Dunay va boshqa viloyatlar hududlaridagi qishloq aholisi avvalgidek bu huquqlardan maxrum bo’lib qolavergan.
Sosial janjalllar bilan to’lib-toshgan murakkab siyosiy vaziyat er. 3 asridagi imperatorlar olib borgan ichki siyosatga juda ham ziddiyatli bo’lgan. Bir tamondan munisipiya majburiyatlarni Dekurionlar gardaniga qo’yish yo’li bilan shahar tashkilotini saqlab qolishga urinib ko’rilgan. Ikkinchi tamondan esa veteranlar dekurionlar ichida eng ko’p sonli tabaqa bo’lib, ular majburiyatlardan ozod qilingan. Bu siyosat katta yer egalari bo’lmish aristokratlarning ham, armiya ichidagi yuqori mansablarini egallab turgan doiralarining ham va asosiy jangchilar ammosining ham naroziligini tug’dirgan. Shunchalik bir-biriga zid sosial kuchlarning hammasiga yoqishga urinish siyosati er. 3 asrida imperatorlarni ko’pincha halokatli oqibatga olib kelgan, ular ligioner jangchilari tamonidan o’ldirilgan.
Severlar sulolasining so’ngi namoyandasi bo’lmish Aleksandr Sever (er. 222-235 yy) imperiyaning ichki siyosiy ahvolini mustahkamlash uchun jiddiy tadbirlar ko’rishga harakat qilgan. U imperiyani idora qilgan davrda davlatning oliy lavozlardagi yuristlar Rim huquqlarining asosini tuzishgan va qonun chiqarishdagi asosiy siyosiy prinsipini ifodalab berishgan: «imperatorga manzur bo’lgan narsa qonun kuchiga egadir».
Aleksandr Sever o’ldirilgandan keyin harbiylar frakiyalik Maksiminni imperator deb e’lon qilganlar. Bu soldat imperatorlari deb atalgan imperatorlardan birinchisi bo’lgan.
Senat hamda viloyatlardagi yerdor va munisipiya zodagonlari Maksimanning siyosatiga tashkiliy qarshilik ko’rsatishgan. Fuqarolar urushida imperator halok bo’lib, uning boshi Rimga keltirilganida senat minnatdorchilik ibodatini o’tkazgan. Ammo senat tayinlagan imperatorlar siyosati ham munisipiyalar doiralarida qattiq norozilik tug’dirgan.
Щukmron sinflarning bir-biri bilan kurashayotgan guruhlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib borishiga eramiz 3 asrining 30-yillari oxirida boshlangan keskin siyosiy inqiroz sabab bo’lgan. Senat, viloyatlar va legionlar birining qo’lidan biri hokimiyatni tortib olib, imperatorlarni almashtiraverishgan. Eramizning 235-yilidan to 284-yiligacha 19 ta «qonuniy» imperator va 30 dan ortiq uzurpator kelib ketgan.
Sharqda fors qo’shinlari Mesopatamiyani, Suriya va Kichik Osiyoni muttasil talab, xarob qilib turishgan. Eramizning 3 asri o’rtalarida Rim Armanistondan mahrum bo’lgan. Fors qo’shinlari Sharqning «boy xazinasi va metropoliyasi» bo’lmish Antioxiyani bosib olishgan. Bu yerdagi Rim armiyasi hyech qanday qarshilik ko’rsatmay taslim bo’lgan.
Er 3 asrining ikkinchi yarmida German va Dunay qabilalarining taziyqi kuchaygan, bu esa urug’ va qabilalar birlashib, varvar halqlari vujudga kelganligidan dalolat beradi. Afrikada berbar qabilalari Mavritaniyani va Numidiyaning bir qismini bosib olishgan. Reynda frank va alemannlarning qabila ittifoqlari hujumga o’tishgan dunayda markomanlar, sarmatlar va gotlar Dakiyaning katta qismini qo’lga kiritishgan. +uyi Dunaydagi qabilalar Meziya va Frakiya orqali Makedoniyaga bostirib kirishgan. Sarmatlar, alannlar, ilk slavyan qabilalari +ora dengiz sohillariga, Bolqon va Kichik Osiyo viloyatlariga hujum qilib, bu yerlarni xarob qilganlar.
Er 3 asr boshlarida sharqda ajralib chiqish harakatining markazi Palmira bo’lgan. 3 asrning ikkinchi yarmida Misr va Sharqdagi Rim mulklarining ko’pchilik qismi Palmira davlati tarkibiga kirgan.
259 yili Galliya, Britaniya va Ispaniya hududlarida Galliya imperiyasi tashkil topib, poytaxti Trir bo’lgan katta yer yegaligi endigina tarkib topa boshlagan Dunay viloyatlarida ajralib chiqish harakati sustroq bo’lgan.
Moddiy musibat, harbiylarning beboshligi, varvarlarning vayron qiluvchi hujumlari muhtojlikni kuchaytirib, qaram va erkin kishilarning turli qatlamlarini zolimlarga qarshi aktiv kurashga birlashtirgan. +ullar, kolonlar va asoratga tushgan jamoachilarning ko’plab qochishlari g’oyat keng harakat tusiga kirgan. Viloyatlarda «yo’l to’sarlar» ga qarshi kurashish uchun maxsus harbiy postlar tashkil etilgan. Shaharlarda huddu shu maqsad bilan yoshlar va mahalliy zadogonlardan iborat harbiylashtirilgan tashkilotlar tuzilgan.
Er 3 asrida hududiy jamolarga hujum va erkin dehqonlarni asoratga solish kuchayib ketgan katta yer yegaliklari rayonlarda halq harakatlari kuch va ko’lami jihatidan ayniqsa zo’r bo’lgan. Numidiya va Mavritaniyada bolta va kaltaklar bilan qurollangan kalonlar va qullar amaldorlarni o’ldirganlar, legionerlarni haydab yuborganlar. Galliyadagi «bagaudlar»-qo’zg’olon ko’targan dehqonlar dehqonlar kalonlar va qullar o’zlarining yo’l boshchilari Amand bilan Elianni imperator deb e’lon qilganlar. +o’shchilardan piyoda va podochilardan suvori qisimlar tuzib bagautlar hatto mustahkamlangan shahrlarni ham bosib olganlar. Bu harakatda imperiyadan ajralib, jamoa tartiblarini tiklashga urinish ham yuz bergan bo’lishi mumkin.
Markaziy hokimyat zaiflashib, siyosiy inqiroz davom etayotgan bir sharoitda bosib kelayotgan kuchli halq harakati to’lqini oldida ojizlik qilayotgan Rim jamiyati hukumron tabaqalari noiloj imperator hokimmiyati bilan murosa qilishga majbur bo’lganlar. Ыz navbatida er 3 asri oxirlarida imperiyani idora qilgan «soldatlar» imperatorlaridan Avrelian (era 270-275 yy) va Prob (eramizni 276-282 yy) yer aristokratiyasining moddiy manfaatlari bilan hisoblasha boshlaganlar va mahalliy qabilarlardan askar to’plab ularni chegaradagi yerlarga joylashtirganlar. Murosaga kelish natijasida ko’p qiyinchiliklar bilan bo’lsada, viloyatlardagi separatizmni sindirishga, halh harakatini bostirishga va imperiya birligini tiklashga muvaffaq bo’lganlar. Avrelian gotlarni Dunay bo’yi viloyatlaridan haydab yuborgan va Italiyaga bostirib kirishga urinayotgan Alemanlarni uloqtirib tashlagan.
Avrelian imperiya poytaxtini havfdan saqlash uchun Rimni g’oyat katta qa’la devorlari bilan o’rab olggan. Bu devor hozirgacha qisman saqlangan. 273 yili Avrelian qo’shinlari sharqiy separatistik davlatning markazi Palmirani ishg’ol qilib, bu boy shaharni vayron qilganlar. Palmirani g’oyat katta g’arobalari bizning davrimizgacha saqlanib kelmoqda. Separatistik Galliya davlatini hokimi Tetrik bagaudlarning kengayib ketgan harakatidan cho’chib, «osayishtalikni tiklovchi» degan iftixorli unvon olgan Avrelianga o’z hohishi bilan bo’ysingan.
Avrelian imperiya birligini saqlash maqsadida «Yengilmas quyosh» degan yangi umum davlat dinini joriy qilib, hammaning shu xudoga sig’inishini talab etgan. Ana shu din marosimlarida ishtirok etishdan bosh tortgan kishilar fitnachi hisoblanib, g’ayri fikr egalari, shu jumladan hristianlar ham ta’qib va jazoga duchor qilinganlar.
275 yili fitnachilar Avrelianni o’ldirishgan. Avrelian siyosatini Prob davom ettirgan. U Rim imperiyasi chegaralarini muvaffaqiyatli ravishda himoya qilgan, ammo jangchilarning beboshligini enga olmagan, nihoyat armiya saflarida intizom o’rnatishga urinayotganida jangchilari tamonidan o’ldirilgan (282 yil).

Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish