Tayanch iboralar: Diokletian, Dominat, Diokletian islohotlari, Xristianlik, Konstantin, cherkov, Iso. 284 yili jangchilar imperator gvardiyasining komandiri Diokletianni taxtga o’tqazganlar. Dalmasiyalik ozod qilingan qullarning o’g’li tug’ma aql sohibi va davlat ishlarida ajoyib iste’dod egasi bo’lmish Diokletian 305 yilgacha imperiyani idora qilgan.U g’oyat katta Rim imperiyasini yakka o’zi idora qilaolmasligini tushinib, o’ziga hokimdoshlar tayinlagan. Ulardan biri Maksimian Galliyadagi bagoudlar harakatini va afrikadagi «g’oyat yozuv» Mavritan qababilalarini qo’zg’olonini bostirgan.Diokletian va uning hokimdoshlarining har biri muayyan hududa imperatorlik hokimiyatiga ega bo’lganlar, u yerda ularning har qaysisining o’z qarorgahlari bo’lgan. Diokletianning o’zi va do’sti Maksimian Avgust deb, yana 2 ta hokimdoshi esa Sezar deb atalgan. Sezarlar Avgustlarning vorisi hisoblanganlar, yani imperator hokimiyatining vorislik tartibi o’rnatilgan. Diokletianning fikricha, bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda hokimiyatning zo’rlik bilan tortib olinish imkoniyatiga yo’l qo’ymasligi va shuningdek, Rim mulklari chegaralarini qo’riqlash vazifasini osonlashtirish lozim bo’lgan.
Diokletian saroda dabdabali tantanalar rasm qilib, imperator hokimyatining obro’sini mutahkamlashga harakat qilgan. Imperator bilan salomlashishning alohida tartibi uning alvon libosini o’pib, dominus (uy egasi, xo’jayin) deb murojaat qilish tartibi joriy qilingan. Diokletian o’rnatgan boshqarishning butun tartibi tarixda «dominat» deb nom olgan.
Dominatning siyosiy negizini mustabid hokimiyat (monarxiya) va rivoj topgan byurokratik idora apparati tashkil qilgan. Imperator saroyi va yotoqxonasi bu apparatning markazi bo’lgan. Umumdavlat mulki va imperatorning shaxsiy mulki degan tushunchalar farq qilinmasdi. Oliy amaldorlar «komitalar» deb, ya’ni imperator yo’ldoshlari deb atalgan. Har bir oliy amaldorning o’zidorasi va xodimlari bor edi. Afrika prokonsuli idorasining o’zida 400 ta amaldor ishlagan. Kichikning kattani hurmat qilishi va muteligiga qattiq amal qilingan. Senat o’zining siyosiy ahamiyatini yo’qotgan, ammo senatorlar toifasi eng hurmatli toifa hisoblangan, oliy mansab egalari bo’lgan amaldorlar shu toifaga mansub bo’lganlar.
Katta zamindor zadogonlar dominatning ijtimoiy tayanchi bo’lgan bu zadogonlar Diokletianni «oltin davr» otasi deb ataganlar. Shu bilan birga hukumat viloyatlardagi zadogonlarning kuchayib borayotgan ta’sirini kesish uchun munisipial yer egaligni qo’llab-quvvatlab turgan. Imperatorning formonlari-ediktlari mayda mulklarni zo’rlik yo’li bilan tortib olishni cheklab qo’ygan, qarz bergan kishining qarzdor yerini o’zboshimchalik bilan egallab olishi, juda arzon narx bilan sotish ta’qiqlab qo’yilgan.
Hukumat shahar hayotini tiklash va jonlantirish tadbirini ko’rib chiqqan. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib ketishi tufayli shaharda bo’ladigan g’alayonlarning oldini olish maqsadida 301-yili iste’mol buyumlarining eng yuqori baholari va har xil mehnatga to’lanadigan haqlar to’g’risida edikt chiqarilgan. Bu edikt iqtisodiy natija bermagan, chunki undagi umumiy baholar butun imperiya ko’lamida olinib, mahalliy xususiyatlar nazarda tutilmagan edi.
Diokletian imperiyaning ichki birligini mustahkamlash maqsadida bir qancha islohotlar o’tkazgan. Yangi mamuriy bo’linishga muvofiq italiya o’zining avvalgi alohida mavqyeini yo’qotgan imperiyaning butun hududi o’n ikki diosezga va diosezlar esa 114 ta viloyatlarga bo’lingan.
Soliq solish ham tartibga keltirilgan. Jon boshi solig’i bilan birga yangi zamon solig’i joriy qilingan, bu soliqning hajmini belgilashda yer, ish kuchi va hayvonlarning soni hisobga olingan.
Diokletianning moliyaviy islohoti narx-navoning oshishini to’xtata olmagan. chunki muomalaga chiqarilgan, to’la qimmatga ega bo’lgan pullar muomaladan chiqib ketgan.
Diokletian aholining ma’naviy birligini mustahkamlash maqsadida manixeychilik va xristianlikni taqiq qilgan (303-y). Xristianlarning ibodatxonalari bekitilgan, cherkovlarning mulki musodara qilingan, ko’p kleriklar va xristian jamoalarining minglab a’zolari konlarga surgun qilingan va ba’zilari vahshiyona qatl qilingan. Ammo xristian jamoalari yashirin holatga o’tib o’zlarini saqlabgina qolmay, balki a’zolarining sonini oshirib borganlar. Shunday qilib Diokletianning diniy siyosati tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Diokletianning siyosati garchi Rim imperiyasining siyosiy tashkilotini mustahkamlashga yordam bergan bo’lsada, ijtimoiy-siyosiy inqiroz bilan bog’liq ziddiyatlarni hal qila olmagan va yo’qota olmagan. Hukumatga nisbatan oppozisiyaning (ayniqsa sharqiy viloyatlarda ) kuchayib borganligidan Diokletian 305-yilda hokimiyatdan voz kechishga majbur bo’lgan.
Bundan keyin yuz bergan taxt talashishga Sezarlardan birining o’g’li Konstantin (306-337 yy) g’olib chiqqan. U sharqiy viloyatlardagi zadogonlarga tayanib ish ko’rgan va jamoalarning qo’llab-quvvatlashiga erishish yo’lini tutgan. 313-yili, o’zining asosiy muxolifini tor-mor keltirgandan keyin ikkinchi yili imperator Mediolanda diniy e’tiqodlar erkinligi to’g’risida edikt chiqarib, bu bilan xristianlarni bundan keyin yana taqib qilish imkoniyatiga barham bergan.
Rasmiy cherkovga muxolif oqimlar yeres (bid’at) deb e’lon qilingan. Keng xalq ommosi tomonidan qo’llab-quvvatlangan yereslar zolimlarga qarshi olib borilayotgan sinfiy kurashning o’ziga xos shakli bo’lib qolgan.
Yereslar ketma-ket paydo bo’laverib, eramizning 1U asriga kelib 150 tadan oshib ketgan.
Xristianlik garchi keng tarqalgan bo’lsada, qadimgi madaniyat va mafkura so’nggi Rimning madaniy va siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Ba’zi qadimgi xudolar kultini, chunonchi imperatorning quyosh kulti, g’alaba ma’budasi Viktoriya kultini imperator Konstantinning o’zi ham siyosiy mulohozalarga ko’ra qo’llab-quvvatlagan. Qadimgi udum-rasmlar va bayramlar Rimning maishiy hayotida uzoq vaqtlargacha saqlanib kelgan.
Majusiylarning ko’pgina ma’budalari xristianlarning avliyolariga aylantirilgan. Cherkov bayramlari majusiylarning xudolari izzat qilinadigan kunlari o’tkaziladigan bo’lgan. 25-dekabr kuni (Mitra tug’ilgan kun ) esa 354-yildan boshlab Iso tug’ilgan kun deb nishonlanadigan bo’lgan.
Konstantin Vizantiyadagi yunonlar koloniyasi o’rnida yangi poytaxt ta’sis qilgan (330-y ) . Bu poytaxt sharqdagi savdo-sotiq bilan bog’liq zamindor zadogonlarning siyosiy va iqtisodiy markazi bo’lib qolgan. Shahar 10 yil davomida qurilgan.G’oyat katta inshootlar qad ko’targan: imperator saroyi, ko’shklar, kutubxona va katta ippodrom qurilgan. Kostantin yangi poytaxtda imperator nomi bilan atalgan uyni asrab turmoq sharti bilan Kappodokiyadagi davlat yerlaridan meros amloklar tarqatgan. O’z xotirjamliklari uchun imperatordan minnatdor bo’lgan yangi zadogonlarning vakillaridan iborat Konstantinapol senati tuzilgan.
Dominatning byurokratik apparatini tuzish ishi Konstantin idora qilagn vaqtda tugallangan. Imperiyaning butun hududi yagona ma’muriy bo’linish vujudga keltirilgan,to’rtta prefektura tuzilgan. Ularning har biri diosezga va viloyatlarga bo’lingan.Mansab egalarining ishi qattiq nazorat ostiga olingan. Fuqoralik hokimyati harbiy hokimyatdan ajratilib, bu bilan hokimyatni zo’rlik yo’li bilan tortib olish imkoniyati yo’q qilingan.
325-326 yillarda shaharlar aholisi istiqomat qilib turgan joyga berkitilgan. 332 yili kolonlar o’z uchast kalariga abadiy berkitib qo’yilgan. Hunarmandlar armiya va ma’muriyatni o’z mahsulotlari bilan ta’min qilib turishga majbur etilgan, Rim va Kanistantinopolga g’alla va boshqa oziq ovqat maxsulotlari etkazib berish sadoglar zimmasiga yuklangan. Imperator safarga chiqqanida uning mulozimlari, elchilari va o’tib ketayotgan qo’shinlarini aholi boqib turgan. Kurianlar jaod binolarining remontini qilishga va intizomsiz soliq to’lovchilarning qarzlarini to’lashga majbur bo’lganlar.
Harbiy islohat katta ahamiyatga ega bo’lgan,, u Zosim aytganidek vavarlarning Rim halqi ustidan hukumronlik qilishga keng yo’l ochib bergan zarur bo’lganda bir viloyatdan 2 chisiga yuborish mumkin bo’lgan ichki qo’shinlardan tashqari chegara qo’shinlari tuzilgan, bu qo’shinlar chegaralarni qo’riqlash sharti bilan Rim hdududiga joylashtirilgan varvarlardan to’ldirib turilgan. Mazlum dehqon aholini qo’shin hizmatiga jalb qilishdan qo’rqqan Rim qukumati Chegalarni varvarlardan himoya qilish uchun varvarlarni o’zlarini jalb qilishga majbur bo’lishgan.
Rim viloyatlari hududida varvarlar ko’plashib kelib joylashgan yerlar, frakiya bilan illiriyada gotlar va sarmatlar joylashgan yerlar, Galliya bilan shimoliy Italiyada frank va alemannlar joylashgan yerllar, pannnoniyada avndal va alanlar joylashgan shahristonlar paydo bo’ldi.
Adrianopol yonidagi jangda asosiy kuchlarni yo’qotgan Rim armiyasi 4 asr oxirlaridan boshlab ko’proq Rim chegaralariga ko’chib kelib joylashib olgan varvarlardan va maosh olib hizmat qilishga yollangan varvarlar otryatlaridan iborat bo’lib qoldi. Avvalgilari o’zlari istiqomat qilayotgan viloyatlarda harbiy hizmat o’tar, keyingilari ittifoq to’g’risidagi bitimga muofiq hizmat qilar va ular fidiratlar deb atalar edilar. Varvarlarning qirollari va lashkar boshilari boshchilik qilgan federat qo’shinlari sekin-asta rim imperiyasining asosiy harbiy kuchi bo’lib qoldilar.
G’arbda majusiylik oppazisiyasiga boshchilik qilgan Rim aristakratiyasi 4asrning 90 yillarida taxtga o’z kishisini o’tqazdi. Imperator Feodosiy1 (379-395) ko’p kuch sarf qilib imperiyaning g’arbiy yarmida o’z hokimyatini arang tiklab oldi. Uning o’limidan imperiya paytaxti Kanistantinopol shahri bo’lgan sharqiy qismga va avvvalgi paytaxti Mediolan, keyin esa Ravenna bo’lgan g’arbiy qismga uzul kesil ajralib ketdi.Feodosiy 1 ning o’g’illari-Gonoriy qarbda, Arkadiy Sharqda imperator edi. G’arb bilan sharqning sosial, siyosiy va madaniy jihatdan bir-biridan tofoviti Rim imperiyasining bo’linib ketishini taqoza qildi.
5 asr boshlarida vesgotlarning yo’l boshchisi Alarix Italiyaga 3 marta yurish qildi.Stilixon garchi Alarixning yo’lini to’sishga va sulxni sotib olishga muvaffaq bo’lsada, imperiyadagi varvar unsurlariga nisbatan dushmalik kayfiyatida bo’lgan Rim aristokratiyasining saroy aprtiyasiga qarshilik ko’rsata olmadi. Stilixonning varvarlar yo’l boshchilari bilan maxkam olaqa qilgan, ularni rahbarlik harbiy vazifalarga ko’targan vaqtlari bo’lgan. Stilixonning bu ishi narozilik va ishonsizlik tug’dirdi, chunki Rim aristokratiyasi..Kanistantinopol zadagonlarini ham, havfli raqib deb bilar edi. Armiyani ancha qismi Stilixonga qarshi bosh ko’tardi, u o’g’li bilan birga (408 yilda ) qatl etlgan.
Stilixon ag’darilgandan keyin avrvarlarga qarshi partiya kuchayib ketib, Alarix bilan tuzgan bitimni bekor qildi. Shundan keyin vesgotlar yana italiyaga bostirib kirib, 408 yili rimni qamal qildilar. Rim qamali vaqtida Alarixni talabi bilan vesgotlarga 40 ming qul ozod qilib berildi va katta tavon to’landi.
Sharqiy imperiyani hokimi Attilaga oltin berib, undan qutildi va xunlar Galliyaga bostirib kirdilar. G’arbiy imperiyani istedodli sarkardasi, varvarlarning urush olib borish usullaridan yaxshi xabardor bo’lgan patrisiy Aesiy Attilaga qarshi otlandi. Aetsiy mohir siyosatchi ham edi.U imperiyani azaliy dushmalari bo’lmish vesgotlar, franklar, sarmatlar, burguntlar, sakslar, alanlar va boshqa qabilalarni ittifoqqa jalb qildi. 451 yili Katalaun madonida 2 ittifoq o’rtasida jang bo’ldi. Iordanning aytishicha, jang «juda shiddatli, o’zgaruvchi, vahshiyona va qattol bo’lgan». Xunnlar maydonni tashlab, lagerlariga borib bekinishgan. Lekin xunlarga qarshi tuzilgan ittifoq shundan keyin uzoq yashamay tarqali ketgan.
452 yili Attila Italiyaga botirib kirdi. U shimoliy shaharlarni shibshidam talab, Dunay orqasidagi viloyatlarga qaytib keldi. 458 yili Attila o’lgandan keyin unga tobe qabilalar qo’zg’olon ko’tardilar va shu tariqa xunlar ittifoqini umri bitdi.
5 asrda varvarlarning otryadlaridan iborat qo’shin maosh olaolmaganligidan joylashish uchun yer berilishini talab qildi. 476 yil qo’shin o’zining boshlig’i Odoakrni qirol deb e’lon qildi va u Rimning so’ngi imperatori 15 yoshli bola Romul Avgustulni taxtdan ag’darib tashlab, imperator unvoni nishonalarini Kanistantinopolga yubordi. Shu bilan G’arbiy Rim imperiyasining qyech bo’lmasa sayosini saqlab qolish yo’lidagi urinishlarga ham barqam berildi.
ХУЛОСА