Sintoiylik (Sintoizm) dini qadimgi YAponiyada vujudga kelgan. Uning nomlanishi xitoycha “sinto” (xudolar yo‘li) so‘zidan olingan. Sintoiylik dinining vujudga kelishiga oid aniq ma’lumotlar mavjud emas. Sintoiylik yana yaponlar uchun ham tarix, ham an’ana, ham hayot tarzi demakdir.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, Mikado (imperator) - osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar (“Kami”)ning vorisidir. YAponlar “kami”ni ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon vafot etgach o‘zining ham o‘sha “kami”lardan biri bo‘lishiga ishonadi.
Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo‘q. Unda bir umumiy ma’naviy qoida mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa “Umum qonunlariga rioya qilgan holda Tabiat qoidalariga mos harakat qil”. YAponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan yaxshi bilganlar. Sintoiylik haqidagi ma’lumotlar “Kodziki” (Qadimiy yozuvlar) va “Nixongi” (YAponiya annallari) manbalarida uchraydi.
“Kodziki” – sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu kitob YAponiya va u erda yashovchi xalqlarni tushunishning kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy hokimiyat g‘oyasi.
YApon yozuvlarida ta’kidlanishiga qaraganda, olamda birinchi bo‘lib tartibsizlik hukmronlik qilgan. Undan so‘ng er osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo‘lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh xudosi Amaterasu, erkak jinsidagi oy xudosi Sukiyomi, shamol va suv xudosi Susanoo tug‘ildi. Amaterasu g‘alaba qilib osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o‘g‘li Okuninusi Idzumo hokimi bo‘ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusini hokimiyatni o‘z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi. Ninigi osmondan tushib, Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas narsa - ko‘zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoyilik timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni “oliy hukmdor” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z boshqa tillarda imperator ma’nosini bildiradi. Dzimmutenno Mikado – yapon imperatorlari sulolasining birinchi namoyandasi, YAponiyaning afsonaviy birinchi imperatori hisoblanadi. Ko‘zgu, qilich, yashma o‘sha qadim zamonlardan beri yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo‘lib qolgan.
1868 yilda Meydzi islohotlaridan keyin sintoiylik ruhoniylarini o‘qitadigan ta’lim tizimini yaratishga harakat qilingandi. Kannusi deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros sifatida o‘tar edi. 1945 yilda konstitutsiya yo‘li bilan din davlatdan ajratildi.
Ibodatxonada turli ibodatlar amalga oshiriladi. Dindorlar altar oldida turib, maxsus katakli qutiga biror tanga tashlaydilar, ta’zim qiladilar, bir necha marta chapak chaladilar va ibodat so‘zlarini qaytaradilar. Sinto ibodatxonalarida har xil bayramlar ham tashkil qilinadi.
Sintoiylikning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir. Bu bayram ba’zi ibodatxonalarda yilda bir marta, ba’zilarida esa ikki marta nishonlanadi. Ko‘pincha bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig‘ib olish, shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy xudoga bag‘ishlangan sana bilan bog‘liq bo‘ladi. Bayram juda yuqori kayfiyatda o‘tadi. Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy ibodatga keladigan kishilarni emas, balki atrofdagi barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko‘p odam to‘planib, ular tantanalar va o‘yin-kulguda qatnashadilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko‘rinishida o‘tadi.
Har bir ibodatxonada “sintay” xudosi turadigan “xonden” (muqaddas joy) bor. Xondenning yonida “xayden” (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo‘ladi. Ibodatxonalarda xudolar timsoli yo‘q. Ammo ba’zi ibodatxonalar sher, ba’zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan bezatilgan. Bu hayvonlar muayyan xudolarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi sintoiylikning turli-tuman, o‘ziga xos milliy e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo‘lgan odamlarni sehrgar, folbin, bashoratchilik xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi xudoga sig‘inadilar. Qadimda yaponlar bo‘riga sig‘inishgan. YAqin-yaqinlargacha ular bo‘rini Akami tog‘larining ruhi deb hisoblab kelishgan. SHuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, krab kabi ko‘plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo‘yadilar. Undan tashqari, o‘simliklardan ba’zi daraxt va gullarni, jonsiz narsalardan tog‘, buloq, tosh kabilarni ham ilohiylashtiradilar. SHuni ta’kidlash kerakki, ushbu urf-odatlar diniy e’tiqoddan ko‘ra ko‘proq xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog‘liq.
Iudaizm - eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘inish hukmronlik qilgan. YAhudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalk.", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar iudaizm ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o‘zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) YOqub (Iakov), YUsuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan.
quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Kuddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘ilishlar - sinagoglar4 tashkil etdilar.
YAhudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. YAhudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan. Ularni qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan.
YAhudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - YAxvega e’tiqod qilishdir. Diniy aqidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, YAxve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni yuborib, "mumtoz xalq" ni dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda maxdiylik g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini erga etkazib turuvchi payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunoxdan saqlash maqsadida xudo erga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta’limotining muhim akidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, olamni yangilovchi Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta’limoti inson hayotini 600 turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi.
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘nalishari paydo bo‘lgan. Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o‘z sistemasiga ba’zi tuzatishlar kiritishga majbur etdi.
Iudanizmning asosiy aqidalaridan orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona xudo bo‘lmish YAxvega e’tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor Mahdiga ishonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni falastindan Sinion (quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plashi va ularning dushmanlarini jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o‘z qilmishiga yarasha ajrini topishi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligiga ishonishdir.
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal (sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo‘nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruksionizm deb nom olgan, go‘yoki shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan iudaizm "yahudiylar revolyusiyasidir" deb e’lon qilgan yangi yo‘nalishlar ham kiradi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga muvofiq to‘rt xil, bo‘lib ular evropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga bo‘linadi.
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo‘lsalar kerak. Bunga ularning qadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan biri bo‘lmish tili, shuningdek, ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlar madaniyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug‘ati 1327 yil Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o‘zlarining etnik xislatlarini hammadan ko‘proq anik saklab qolgan yahudiylardir. Bularga Bibliya iudaizmining asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmish "xalitso"-"to‘rt tirsak", "ketuba", "kadish" o‘n kishidan kam bo‘lmagan dindoshlar ishtirokida vafot etgan ota-onaga bag‘ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko‘p asrlar mobaynida ular yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kishilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, SHimoliy Kavkazda yashovchi "tog‘lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri bo‘lgan tat tilida so‘zlashganliklari uchun ham eroniy tilda so‘zlashuvchi xalq hisoblanadi. CHamasi, ular V-VI asrlarda Darbantga Erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta’siriga o‘tganlar. Iudaizmda markaziy diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va shibatda (o‘quv yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |