Qadimgi davrda Xorazm Xorazm



Download 31,05 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi31,05 Kb.
#659174
Bog'liq
Qadimgi davrda Xorazm


Qadimgi davrda Xorazm

Xorazm (arabcha: خوارزم) — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimiy davlat[1][2][3] va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadim tarixiy hudud fanda 2 xil: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Behistun kitoblari, qadimiy yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va hokazo) hamda ilk oʻrta asrlarning arab geograflari asarlarida mavjud.
"Xorazm" nomi (toponimi) Avestoda Xvarizem, qadim forsiychada Xvarazmish, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tilga olinadi.
"Xorazm" nomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.P. Tolstov "Xorazm" nomi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani", "quyosh (xalqi) zamini" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "zamin", "hudud", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan.
Xorazm nomi "oziqlanadigan zamin", boshqasiga ko'ra "past zamin" degan maʼnoni anglatgan.[4]
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qadimiy Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida behisob sersuv oʻzanlar, shimoliy va shimoliy sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan boʼsh qolgan katta-kichik daryo jilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosildor yerlar joylashgan.
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX-VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.

Akchaxon qalʼa, devoriy rasmlar, I asr.


Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).
Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.
Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.
Miletlik Gekatey (miloddan avval VI asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (miloddan avval V asr) axamoniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining janubiy-sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani haqida maʼlumotlar keltiradi.
Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axamoniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.
Xorazmda zardushtiylikning Olovga sigʻinuvchilar ibodatxonasi topilgan. Ibodatxona qoldiqlari Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Xumbuz-tepa yodgorligida topilgan. Bu yerda miloddan avval VII asrdan milodiy IV asrigacha sopollar ishlab chiqarilgan. Ushbu hududda topilgan ibodatxona miloddan avval V asr oxiridan IV asr boshigacha mavjud boʻlgan. [5]
Qadimgi Hazaraspni nomi "Azar-sipand" (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Hazarasp Zardushtining va muqaddas "Avesto" kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining "Qadimgi Xorazm" asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Hazaraspda yoqilganligini taʻkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[6]
Miloddan avval VI—V asrlarda Xorazm Axomaniylar tomonidan bosib olingan va davlatining 16 satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avval V asr oxiri esa, u alohida satraplik hisoblangan va miloddan avval IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan.
Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.
Miloddan avval IV asr 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush asos solgan. Miloddan avval 328-y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼada boʻlgan. Keyinchalik (305-y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshohlardan 22 tasining nomini qayd etadi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga miloddan avval I asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy VIII asrgacha zarb etilgan.
Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u yerda III asr oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning aksariyati miloddan avvalgi II. - II asrning boshlariga oid. Uning zallaridan birida balandligi 6 metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri - boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Kostyumning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud.[7]
Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimiy davlat boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.
Demak, Xorazm aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shimoliy va janubiy qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. Soʻngra esa ularning qorishuvi oqibatida Xorazmning oʻziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan.
Qadimgi Xorazm hududida arxeologlar Quy-Qrilgan-qal’a yodgorligini tadqiq qilishdi - ibodatxona va rasadxona sifatida foydalanilgan inshoot miloddan avvalgi IV-III asrlarda barpo etilgan. Miloddan avval II asr boshlarida sak qabilalari tomonidan yodgorlik vayron qilingan. Tuzilma diametri 44 metr boʻlgan silindrsimon ikki qavatli bino boʻlib, uning atrofida 14 metr masofada mustahkam devorlar qurilgan; markaziy bino va devorlar orasidagi boʻsh joy turar-joy binolari bilan qurilgan. Taxminlarga koʻra, markaziy bino Xorazm shohlari maqbarasi va zardushtiylar ibodatxonasi sifatida ishlatilgan. Quy-Qrilgan-qal’ada osmonning ba'zi qismlarida ba'zi yulduzlarni kuzatish mumkin edi.
Qadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shimoliy-sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan Xorazmning qadimiy mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uy-joylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻor anjomlari, zebi-ziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Masalan, Xorazmning janubiy qismi qadimiy obidalarida (miloddan avval VI—III ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi.
Xorazm jangchisi, Ermitaj, Sankt Peterburg
Miloddan avval IV—II ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan.
Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avval IV—III ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Miloddan avval 2-ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Zeb ziynatlari (uzuk, bilaguzuk, ziraklar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda Xorazmning shimoliy qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi.
Xorazmiylarning janubdan shimolga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, hududda 1 nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad koʻtaradi. Miloddan avval IV—III-asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, katta sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻon-qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. Xorazm qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari 1 yoki 2 qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Masalan, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.
Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan.[9] Tadqiqotchilar hunn tilini turkiy deb tasniflaydilar.[10][11]
Milodiy VI—V asrlarda Xorazmga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan xioniylar, kidariylar va eftaliylar kirib keladi. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan
Xorazmda shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik miloddan avval 1-ming yillik oʻrtalaridan to milodiy VIII asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Katta qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kat) hudud ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qadimiy xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.
Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Yuriy Rapoport, Bella Vaynberg, Vadim Yagodin, Iso Jabborov, М.Mambetulaev, M.Kdrniyazov, Sergey Baratov)
lk oʻrta (IV—VIII-asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.
Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Miloddan avval VI-V asrlarda roʻy bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar V— VI-asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).
Afsuski, uning "Tarix kitobi" ("Kitob at-tarix") faqat boʻlaklarga boʻlib saqlanib qolgan. "Tarix kitobi" dan koʻchirmalar zanjiri al-Xorazmiyning asarlari yilnomalar, yaʻni xronika shaklida yozilganligini aniqlashga imkon beradi. Undagi voqealar yillar davomida ketma-ket taqdim etildi. Masalan, u Buyuk Aleksandrning haqida maʼlumot berdi. Xalifa Abu Bakr hukmronligining boshlanishi, 631-653 yillarda arablarning Vizantiya va Eronga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, arablarning Suriya, Iroq, Eron va Movarounnaxrni bosib olishi, 728-731 yillarda arablar va xazarlar oʻrtasidagi urush haqida ham maʼlumot berilgan. "Tarix" kitobi 830 yil atrofida tugatilgan. [13]
Xorazm madaniyati IX asrning birinchi yarmida tashkil topgan Oʻgʻuzlar davlatining davlat va pul tizimining shakllanishiga taʼsir ko'rsatdi. Oʻgʻuz tangalaridagi yozuvlar Xorazm alifbosiga tegishli edi.[14]
Biruniy Xorazmda 1000 yilga yaqin yozilgan "Oʻtgan avlodlardan qolgan yodgorliklar" asarida Xorazmning turkiy aholisi foydalangan hayvonlar tsikliga koʻra yillarning turkiy nomlarini beradi. Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oh, sakkizinchi-oy, tokkuzinchi-oy, uninchi-oy.[15]
Musulmon Sharqining buyuk allomalaridan biri Abu Ali ibn Sino 997 yilda Buxorodan Xorazmga koʻchib otgan[16], u erda 1012 yilgacha 15 yil yashagan. 997-998 yillarda Beruniy savol-javob shaklida mujassam boʻlgan kosmogoniya va fizikaning turli masalalari boʻyicha Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Urganchda Ibn Sino Maʻmun akademiyasida Yaqin Sharqning ilgʻor ilmiy elitasi bilan ishlash nasib etdi. Ular orasida ensiklopedik olim Abu Rayhon Beruniy, tabib astronom Abu Sahl Iso ibn Yahyo al-Masihiy bor edi, unga Ibn Sino burchaklarni oʻlchashga bagʻishlangan. Bundan tashqari, olimlar orasida tabib Abu-l-Xayr ibn al-Hammar, Abu Nasr ibn Iroq - Xorazmshohning jiyani va boshqalar bor edi. Ibn Sinoning shon-shuhratini tashkil etgan ikki asarning asoslari, "Tib qonunlari" (Al-Qanun fit-t-tibb) va "Shifolash kitoblari" (Kitob ash-Shifa) Xorazmda - Urganchda qo'yilgan. "Tibbiyot qonunlari" Xorazmda 1000 yilda boshlangan va 1020 yil atrofida tugagan
11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qoʻyiladi. Garchi, u "Xorazmshoh" unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi.
1156 yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dexistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasi hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187 yili Nishopurni, 1192 yili esa Marvni bosib oladi. 1194 yili gʻarbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195 yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan.
Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.
Download 31,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish