Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavka podshosi Antiox III bilan Evtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Evtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Evtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.
3. Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |