OIV-infeksiya – sekin rivojlanadigan infeksion kasallik bo’lib, odam immunotanqis virusi bilan zararlanganda paydo bo’ladi. Kasallik immun sistemasini zararlantiradi va inson organizmida ikkilamchi infeksiyalar bilan zararlanish moyilligi kuchayadi (oldin kasallik chaqirmaydigan holatlarda ham har xil kasalliklar paydo bo’lish ehtimoli kuchayada (opportunistichek infeksiya – bakterial zotiljam, ya’ni pnevmoniya, odam virusli papillomasi, kandidoz, gerpes va boshq.)) va yomon sifatli o’sma, ohiri o’lim holatiga olib kelishi mumkin. OITS (orttirilgan imun tanqisligi sindromi) – kasallikning oxirgi yoki terminal bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |