QABUL QILINGAN QISQARTMALAR RO’YXATI
NaKMS - Karboksimetilsellulozaning natriyli tuzi
O’YuCH - O’ta yuqori chastotali
MKS - Mikrikristallik selluloza
YuCHT - Yuqori chastotali to’lqin
PEM - Prosvechevayushiy elektron mikroskop
REM - Rastorli elektron mikroskop
IQ - Infraqizil
PD - Polimerlanish darajasi
KD - Kristallanish darajasi
MXSK - Monoxlorsirka kislatasi
KMS - Karboksimetilselluloza
YaMR - Yadro magnit rezanansi
KIRISH
“Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lishi mumkin emas” deyilgan hadisi sharifda. Мilliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin.
( Sh.M. Mirziyoyev).
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Yuqori molekulyar birikmalar tirik tabiatning asosini tashkil qiladi, chunonchi, o’simliklar organizmining asosiy tarkibiy qismi — selluloza, kraxmal, lignin, pektin va hayvon organizmidagi oqsil, gormon, ferment kabilar yuqori molekulyar birikmalardir. Paxta va kanop tolasining qimmatli xususiyatlari ularning polisaxarid — sellulozadan tashkil topganligida bo’lsa; sabzavot va donlarning ozuqaliligi ular tarkibida tabiiy polimer — kraxmal borligidadir. Demak, o’simliklar tabiatda yuqori molekulyar birikmalar hosil qiluvchi qudratli manbadir.
O’zbekiston tabiiy polimerlarga boy o’lka hisoblanadi. Unda paxta, tabiiy ipak, jun, kanop kabi tabiiy polimerlar bor. Ushbu polimerlarni kimyoviy tarkibini o’rganib, ulardan yangi xossalarga ega bo’lgan xosilalar olish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Mustaqillikka erishilgandan keyin O’zbekiston Respublikasida paxta sellulozasiga va uning hosilalarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan kimyoviy korxonalar qizg’in ravishda rivojlantirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi ko’p jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir.
So’nggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3 — 5 yil davomida barqaror o’sish dinamikasini tahminlay oladi. Biroq, kimyo sanoatining barcha yo’nalishlarini uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilg’or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda jadallashtirish zarurligini taqozo etmoqda [1, 2].
Polimerlar kimyosi yaratilishi va rivojlanishida mashhur kimyogar olimlar V.A.Kargin, P.S.Petrov, S.V.Lebedev, P.P.SHargin, V.V.Korshak, Z.A.Ragovin, A.A.Tager kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog’liq. Ular tabiiy va sintetik polimerlarning hosil qilish qonunlarini har tomonlama mukammal o’rganib, yangi ixtirolar kashf etib, yangi polimer hosilalarini oldilar. Polimer mahsulotlari sanoatini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish istiqbollarini asoslab berdilar.
O’rta Osiyoda, ayniqsa, O’zbekistonda polimerlar kimyosini rivojlantirishda nomlari yuqorida qayd etilgan olimlar qatorida akademik X.U.Usmonovning ham xizmati katta [3]. X.U.Usmonov 1946 yildan boshlab Respublikamizda polimerlar kimyosini yaratishga kirishdi va MDH davlatlarida birinchi bo’lib O’zbekistonda polimerlar kimyosi nomli ilmiy tekshirish institutining tashkil qilinishida faol qatnashdi. Bu ilm dargohi hozirgi kunda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti nomi bilan yuritiladi.
X.U.Usmonovning tashabbusi bilan Toshkent Davlat universiteti (hozirgi kunda Toshkent Milliy universiteti) qoshida, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida hamda Toshkent politexnika institutlarida maxsus muammoli laboratoriyalari tashkil etildi. Bu laboratoriyalar Respublikamizda polimerlar kimyosini rivojlantirishda va ko’plab mutaxassislar yetishtirishda katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Respublikamizda bunday ishlab chiqarishni rivojlanishi tarkibida selluloza tutuvchi mahsulotlarning tugallanmas bazasi bilan bog’liq. Selluloza kimyosini o’rganish esa ham ilmiy, ham amaliy qiziqishga ega.
Sellulozani gidroliz mahsuloti - mikrokristallik sellulozaning biologik indifferentligi (har xilligi), kristallik darajasining yuqori ko’rsatkichi, makromolekuladagi reaksion - faol gidroksil gruppalar borligi, gel hosil qiluvchi xossalari, uni oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya-kosmetika, kimyo sanoati va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida ishlatilishiga imkon beradi.
Oxirgi yillarda mikrokristallik selluloza olishda, uning xossalarini o’rganishda, ayniqsa, har xil darajali maydalangan mikrokristallik sellulozaning amaliyotda qo’llanishida muhim yutuqlarga erishildi.
Mikrokristallik sellulozaning olinishi va xossalarini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar ko’pligiga qaramasdan, adabiyotlarda mikrokristallik sellulozaning zarracha o’lchami va fizik-kimyoviy hamda gel xosil qiluvchi xossalari orasidagi bog’liqlikni aniqlashga bag’ishlangan ma’lumotlar kam uchraydi.
Shu sababli yangi xossali mikrokristallik selluloza olish va mikrokristallik sellulozaning «zarra o’lchami-tarkib-xossa» bog’liqligini o’rganish dolzarb muammo hisoblanadi va mikrokristallik sellulozaning qo’llanish sohasini kengaytirishga keng yo’l ochadi.
Mikrokristallik sellulozani dispergirlashning yangi usullari yordamida olish imkoniyatlarini tadqiq qilish; mikrokristallik sellulozaning zarra o’lchamlari va fizik-kimyoviy xossalari, strukturalari hamda gidrogellari xossalari orasidagi korrelyatsion bog’lanishlarni o’rganish biz yosh kimyogarlar oldida turgan dolzarb muammolardan biri xisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga kimyoda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash orqali o’z yechimini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |