2. Iste’molchi byudjetining cheklanganligi
Iste’molchi xatti-harakatini tushunishda byudjetning chegaralanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet chegaralanganligining tanlovga ta’sirini misol yordamida ko‘rib chiqamiz.
Talabaning stipendiyasi 10000 so‘m bo‘lib, u bu pulga 2 xil tovar – oziq-ovqat (O) va kiyim (K) sotib olishi mumkin. Bu tovarlar birligi narxini Ro va Rk deb belgilasak,
1) ovqatlanish uchun sarflangan pul miqdori (PMo):
PMo= Ro x O;
2) kiyim uchun sarflangan pul miqdori (PMk):
PMk= Rk x K
bo‘ladi.
Talaba sotib olgan tovarlarning kombinatsiyasi to‘g‘ri chiziqda yotadi:
(Ro x O) + (Rk x K) = S
Agar oziq-ovqat birligining narxi 500 so‘m, kiyim birligining narxi esa 1000 so‘m bo‘lsa, talaba xarid qilishi mumkin bo‘lgan tovarlar kombinatsiyasini quyidagi 5-jadval orqali ifodalash mumkin:
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |