Qabul qildi: k o’q. Saydiaxmedova. Z



Download 108,77 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi108,77 Kb.
#43579
Bog'liq
Xorijiy investitsiya. MM-77. Akmaldinov Shuhrat

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya institute Moliya fakulteti 3-kurs MM-77 guruh talabasi Akmaldinov Shuhratning “Xorijiy investitsiyalar” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Qabul qildi: k.o’q. Saydiaxmedova.Z

Topshirdi: Akmaldinov.Sh

Mavzu: “Jizzax” EIZ ni tashkil etish shart-sharoitlari, xususiyatlari va amalga oshirish bosqichlari

Reja:


  1. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari

  2. Direksiya faoliyatini boshqarish

  3. Direksiyaning ustav fondi va uning mulkini tasarruf etish

  4. Daromadlarni shakllantirish tartibi

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekistonda o‘zbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali bo‘lgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Jizzax” EIZ) deb yuritiladi) hududlar chegaralari doirasida barpo etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Jizzax” MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini ta’minlangan.

“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining bevosita tasarrufida bo‘ladi hamda erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi bilan kelishilgan holda ajratilgan. “Jizzax” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin

“Jizzax” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi. Jizzax” EIZ qatnashchisi maqomi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi Ma’muriy kengashining qarori bilan beriladi.

Jizzax” EIZda ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik subyektlariga nisbatan soliq to‘lovchining holatini yomonlashtiradigan O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qo‘llanilmaydi, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.

Jizzax viloyat hokimligi Jizzax viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining qarorlariga asosan “Jizzax” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun belgilangan tartibda quyidagilarni ta’minlaydi:

birinchi navbatda, sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini o‘z vaqtida ajratish;

muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.

“Jizzax” EIZda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, Jizzax viloyati hokimligi bo‘linmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini ta’minlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jizzax” EIZga ajratiladigan hududlarga budjet mablag‘lari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirish ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zavtoyo‘l” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.

Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.

Direksiyaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — “Jizzax” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;

qisqartirilgan nomi — “Jizzax” EIZ direktsiyasi” DUK;

b) rus tilida:

to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Djizak”;

qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Djizak”;

c) ingliz tilida:

to‘liq nomi — “Directorate of the free economic zone “Jizzakh” State Unitary Company;

d) qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Jizzakh” SUC.

Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.

Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.



Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda “Jizzax” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan “Jizzax” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Jizzax” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Jizzax” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “Jizzax” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni bajarishdan foyda olish Direksiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi.

Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

“Jizzax” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;

“Jizzax” EIZ hududida “Jizzax” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;

belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Jizzax” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “Jizzax” EIZ qatnashchilari bilan faoliyat ko‘rsatmay turgan tashkilotlarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;

Jizzax” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;

Ma’muriy kengash qarorlari va “Jizzax” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi bo‘yicha ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;

“Jizzax” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;

“Jizzax” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiya, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;

“Jizzax” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;

Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;

“Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.

Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.



Direksiya faoliyatini boshqarish

Direksiya Muassisga va Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) hisobot beradi.

Muassis quyidagi huquqlarga ega:

Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;

Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;

Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;

Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitishuvlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;

Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish;

Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;

mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lish. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. “Jizzax” EIZ mustaqil budjeti va “Jizzax” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Respublika kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Direktor:

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;

“Jizzax” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;

Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi uslublarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;

kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;

Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;

Direksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;

Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Direktor muassis va Respublika kengashi oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.

Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Direktor “Jizzax” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Jizzax” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.

Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



Direksiyaning ustav fondi va uning mulkini tasarruf etish

Direksiyaning ustav fondi “Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mulklar va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mulkini tashkil qiladi.

Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas. Respublika kengashi Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.

Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:

asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;

mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;

boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;

mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.

Daromadlarni shakllantirish tartibi

Direksiya daromadi:

xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;

davlat mulki bo‘lgan va “Jizzax” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.

Direksiyada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek davlat korxonasining sof foydasidan davlat budjetiga Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar to‘langandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.

Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik yordami ko‘rsatishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.

Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Respublika kengashiga hisobot beradi.

Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.



[OKOZ:1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.05 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.08.00 Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish;3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.03.00 Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig‘i;5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar / 07.16.07.00 Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar;

6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Erkin iqtisodiy zonalar. Erkin savdo zonalari va bojxona ittifoqlari;

7.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);

2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablag‘ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar;

3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

PDF-faylidagi rasmiy manba
Download 108,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish