MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI
BAJARDI: 40-21 guruh talabasi BURXONOVA. SH
QABUL QILDI: BOBONAZAROVA.J
Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, italyancha: mercante — savdogar)
1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan.
2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat.
MERKANTILIZM TA’LIMOTI VA UNING MOHIYATI.
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida o'z ifodasini topdi. Lugaviy ma'nosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi.
- Avvalgi davrdagi iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo'ldi, bu merkantilizm ta'limotidir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko'proq to'plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bo'lmoqda», ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo'ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O'zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo'ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo'li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi..
- Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperasiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo'ladi (XV asr). Fabrika to'g'risida esa quyida axborot beriladi.
- Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo'lib, xalq xo'jaligi qandaqa bo'lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.
Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyot munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida (avvlgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo'lgan emas degan fikrdan yiroqmiz o'ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning moxiyati quyidagilardan iborat:
|
• Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari bilan bolab qarab chiqish butunlay inkor etiladi;
• Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko'rinishlarigina ta'riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o'z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |