Jo bekinib, gala suvlab boʻlgʻuncha qorasini koʻrsatmadi, sababi, suvsagan ot yaxshi chopishini, suvlab, ogʻirlashib qolgani yomon chopishini yaxshi biladi
Jo bekinib, gala suvlab boʻlgʻuncha qorasini koʻrsatmadi, sababi, suvsagan ot yaxshi chopishini, suvlab, ogʻirlashib qolgani yomon chopishini yaxshi biladi” tarzidagi tasvirda yaqqol namoyon boʻladi. Ovchining uddaburonligi uning ovlash usulini tanlaganligida koʻrinadi. Chunki oʻta aqlli va ayyor Yoʻrgʻani gangitish, qoʻrqitish bilan, yaʼni “boʻyin egdirib olish” usuli bilan qoʻlga olish mumkin emasligi ov jarayonida maʼlum boʻldi. Unda nima uchun Jo tanlagan usul ish bermaganiga kelsak, bu Yoʻrgʻaning oʻta kuchliligi, bardoshi va aqlliligi, eng asosiysi, magʻrurligi bilan izohlanadi.
Yoʻrgʻaning oʻta kuchliligi: “U aygʻirni haftalab quvib, uning biron martayam yoʻrgʻasidan adashib, oddiy qadamlar bosib yurganini koʻrmadi” tarzidagi tasvirdan ayonlashadi. Otning aql bovar qilmaydigan darajadagi aqlliligi: “U avval gʻanimlarim bekinib poylamayotganmikin degan hadikda buloqni aylanib, is oldi. Soʻng soʻqmoqsiz yerlardan buloqqa qarab yurdi”. Demak, yoʻrgʻa doimiy taʼqiblarga oʻrganib qolgan, hech vaqt sezgirlikni qoʻldan boy bermaydi. Hatto dastlabki taʼqibda xuddi odam kabi kim quvlayotganini bilish, shunga yarasha chora koʻrish uchun taʼqibchisiga oʻgirilib qaraydi, holatni tushunib, shunga yarasha ish koʻradi. Shu kabi oʻrinlarda yozuvchining otga xuddi odamga qaraganday qarashi, uni insonni tasvirlayotganday tasvirlayotgani koʻrinadi.
Yoʻrgʻaning cheksiz bardosh va irodaga egaligi asarda: “Jo, qora aygʻir suv ichadi, degan umidda bir oz sekinladi. Ammo uning aytgani boʻlmadi! Aygʻir bor-yoʻgʻi bir hoʻpladi, tevarakka suv sachratib, narigi sohilga oʻtib ketdi”, deb tasvirlanadi. Suv ichib ogʻirlashib qolishdan qoʻrqqan otning bu tutumi oʻquvchilarni hayratga solishi kerak. Uning bu xususiyati aqlliligidan ham dalolat. Tinimsiz quvgʻindan charchagan Yoʻrgʻa, tabiiyki, juda chanqagan ham. Jo suv ichirish uchun buloq yonida uni biroz oʻz holiga qoʻyadi. Chunki, yuqorida aytilganidek, suv ichgan otning yugurishi qiyinlashadi, unga yetib olish oson boʻladi. Buni sezgan ot suvdan bor-yoʻgʻi bir simiradi.
Yoʻrgʻaning qaysar, erkin va magʻrur feʼli “Yuvosh feʼlli baytallar egalaridan qoʻrqib, oʻz fermalariga qochib qolmoqchi boʻldi. Shunda, birdan qora toychoqning qahri keldi. U yovvoyi feʼlini baytallarga ham yuqtirdi, shekilli, baytallar fermadan kelgan besoʻnaqay otlarni xiyla keyinda qoldirib, qora toyning ketidan chopib ketdi” tasviridan anglashilib turadi. Oʻquvchilar bu tasvirlarni shunchaki axborot sifatida qabul qilmay, ularga yoʻrgʻaning feʼlini bilishning vositasi tarzida qarashlari kerak. Yoʻrgʻaning odamlarni dogʻda qoldirib, ularning rejalarini puchga chiqarib yuborishi hikoyada: “