5
1-bob. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY
YO‘NALISHLARI
1.1.
HARAKATNI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar va iboralar:
harakat; qonun; me’yor; transport oqimi;
xavfsiz harakat.
Avtomobil yo‘llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir
haydovchi o‘ziga qulay harakat tartibini tanlaydi hamda o‘zi tanlagan harakat
tartibining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi.
Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat tartibiga
ta’sir qilishi muqarrar. Yo‘l harakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri harakat
miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha orta boradi.
Yo‘l harakatini tashkil etish
– transport vositalari oqimini maksimal
darajada yo‘lning geometrik o‘lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil
bo‘laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashga
qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo‘l harakatini
tashkil etish tamoyillari
transport oqimini to‘g‘ri yo‘naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo‘yicha
guruhlarga ajratishga, har bir yo‘l bo‘lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga,
haydovchilarga o‘z vaqtida harakat marshruti va yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot
berishga qaratilgan.
Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish (harakatni
boshqarishning
avtomatik tizimi; svetofor obektlarini «yashil to‘lqin», «yashil
ko‘cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi – sekinlashuvchi, reversiv,
rezerv
tasmalardan foydalanish, ba’zi bir ko‘chalarni bir tomonlama harakatga o‘tkazish
va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o‘tkazish, shuningdek, transport vositalarining
harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo‘l harakatini
tashkil etishda axborot texnologiyalari yordamida avtobuslar, shuningdek,
yalpi
yuk tashuvchi avtomobillarning optimal harakatlanish grafigini to‘g‘ri tuzish katta
ahamiyatga ega. Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy
magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma
yo‘llar orqali o‘tkazishga intiniladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun
avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o‘rnatiladi. Bu esa harakat
o‘zgarishinini yo‘lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo‘l
harakatini tashkil
etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: “Yo‘l harakati xavfsizligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni; yo‘l harakati qoidasi;
transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l va ko‘chalar uchun
6
qurilish me’yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat xavfsizligi bo‘yicha soha
me’yoriy hujjatlari.
Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi transport
vositalari va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir- biridan farqlash lozim.
Birinchi ikki masala
bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l
xo‘jaliklari, yo‘l harakati xavfsizligi organlari va hokimiyat vakillari
shug‘ullanadilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Do'stlaringiz bilan baham: