Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana21.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#569780
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
xxxa

 
 
 
 
 
 
 
 


85 
6-bob. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHNING AMALIY 
TADBIRLARI 
 
6.1. CHORRAHALARDA XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISH 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: chorraha turlari; chorraha planirovkasi; 
sekinlashish-tezlashish 
tasmasi; 
xavfsizlik 
orolchalari; 
kanallashtirilgan 
chorrahalar; aylanma harakat; tutashma; tutashma burchagi. 
 
Avtomobil yo‘llarining kesishish va tutashish joylarida maksimal ravishda 
harakat xavfsizligini ta’minlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan qulay 
burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yo‘llardagi harakat 
miqdoriga, ko‘rinish masofasiga, texnik vositalar bilan jihozlanganlik darajasiga 
bog‘liq bo‘lib, harakatni tashkil etish sxemasini tuzishda shu sanab o‘tilgan omillar 
hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Kesishuvchi yoki tutashuvchi yo‘llardagi harakat 
miqdorining hajmiga nisbatan ular bir yoki har xil sathda joylashtrilishi mumkin 
(6.1-rasm). 
ShNQ 2.05.02-07 tavsiyalariga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining turli sathda 
kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur: 
Ia darajali yo‘llarda - barcha darajali yo‘llar bilan, Ib va Ia darajali yo‘llarda 
II va III darajali yo‘llar bilan; 
III darajali yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida kelajakdagi jami harakat 
miqdori bir sutkada (ikkala kesishuvchi yoki qo‘shiluvchi yo‘llarda) 8000 yengil 
avtomobilga keltirilgan qiymatdan oshsa. 
6.1-rasm. Chorrahalarning planirovkasini tanlash uchun nomogramma. 


86 
1-jihozlanmagan oddiy chorraha (6.1a-rasm); 2-ikkinchi darajali yo‘lda yo‘naltiruvchi xavfsizlik 
orolchali qisman kanallashtirilgan chorraha (6.1b-rasm); 3-asosiy va ikkinchi darajali yo‘llarda 
yo‘naltiruvchi xavfsizlik orolchali, sekinlashish va tezlashish tasmali, yo‘l belgi chizig‘i 
tushirilgan to‘liq kanallashtirilgan chorraha (6.1.g-rasm); 4-aylana harakatli chorraha markaziy 
xavfsizlik orolchasining diametri kichik, o‘rtacha yoki katta turlari; 6.2-d) aylana harakatli 
chorrahada asosiy yo‘lga yaxshi sharoit yaratilgan (markaziy xavfsizlik orolchasi ellips 
shaklida); b) chorraha har xil sathda; 6-a) aylana harakatli chorraha markaziy xavfsizlik 
orolchasining diametri kichkina; b) chorraha har xil sathda 7-ikki bosqichli avval aylana 
harakatli chorraha, keyin har xil sathli chorraha; 8-har xil sathli chorraha. 
Avtomobil yo‘llarida ko‘pchilik hollarda tartibsiz ravishda bir sathdagi 
chorrahalar va tutashmalar uchraydi. Harakatni tashkil etishda birinchi navbatda 
yo‘l bo‘ylab joylashgan chorrahalarni (u oddiymi, qisman kanallashtirilganmi yoki 
boshqacha turdagi bo‘lishidan qat’iy nazar) quyidagi me’yoriy ko‘rsatkichlarga 
keltirish darkor. Ib, IIIa darajali avtomobil yo‘llarida kesishishlar yoki tutashishlar 
soni juda kam bo‘lishi kerak. Ib darajali yo‘llarda tutashishlar yoki aholi yashash 
joylaridan tashqarida, asosan 10

5 km oraliqda; II-III darajali yo‘llarda 5

2 km da 
ko‘zda tutilishi lozim. 
а)
б)
в)
г)
д)
6.2-rasm. Turli planirovkali chorrahalar 
(a, b, v, g va d -rasmlar nomi 6.1-rasmda keltirilgan). 


87 
Asosiy va ikkinchi darajali yo‘llardagi kelajakdagi harakat miqdorining 
qiymatiga nisbatan 6.1-rasmda keltirilgan nomogrammadan qanday planirovkali 
chorraha (6.2-rasm) lozimligi aniqlanadi. 
Shahardan tashqaridagi bir sathdagi chorrahalarda harakat xavfsizligini va 
harakatni tashkil qilish samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi 
lozim: 1. Kerakli bo‘lgan yo‘l belgilarini, yo‘l belgi chiziqlarini, yo‘l to‘siqlarini 
va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish. 2. Svetofor obyektini va avtomatik 
boshqaruv tizimini joriy qilish. 3. Chorrahadagi ko‘rinishni yaxshilash, (daraxtlarni 
qirqish, turli to‘siqlarni olib tashlash, elektr tarmoqlari tayanchlarining joyini 
o‘zgartirish va h.k.). 4.Sekinlashish va tezlashish tasmalarini qurish. 5. 
Aylanma harakatni tashkil etish. 6. Chorraha planirovkasini o‘zgartirish. 7. I-III 
darajali yo‘llarga barcha tutash yo‘llarda 100

200 m masofada qattiq qoplama 
ko‘zda tutilishi kerak. IV darajali yo‘llarga tutashuvchi yo‘llarda 50

100 m 
masofada qatnov qismi qoplama bilan qoplangan bo‘lishi shart. 
Sekinlashish va tezlashish tasmalari I-III darajali yo‘llardagi bir sathdagi 
chorrahalarda va I-IV darajali yo‘llardan avtobus to‘xtash joylarida quriladi. Bu 
tasmalarning enini asosiy tasmalar eni bilan teng yoki eng kamida 3,5 m qabul 
qilish kerak.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish