Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


Uchinchi qism — muammoni hal etishdir



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Uchinchi qism — muammoni hal etishdir.
Unda qo’yilgan barcha 
savollarga javob bo’ladi. Ya’ni mavjud resurslarni hisobga olgan holda 
ishlab chiqarish talablarini amalga oshirish ishga yollash, ishga 
ko’niktirish, tayyorlash va malaka oshirish, martaba (lavozimda vertikal va 
gorizontal siljitish), ishdan bo’shatish bo’yicha dasturlar yaratiladi.
Personalni rejalashtirish muddatlari, ya’ni ishchi kuchiga ehtiyoj va 
ichki manbalarni baholash, personalni rivojlantirish qancha vaktga 
mo’ljallanganligi masalasida mehnat bozoridagi vaziyat hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Mehnat bozorida yuqori malakali kadrlar etarlicha 
bo’lgan korxonalar asosan faqat joriy ehtiyojlarni, bir yillik ishlab 
chiqarish dasturlarini ko’zlab ish tutib kelgan edilar. Ammo xo’jalik 
faoliyatida yuz berayotgan o’zgarishlar bugungi kunda ko’pgina 
kompaniya va firmalarni
kadrlar siyosatining uzoq muddatli 
strategiyasiga 
ko’proq e’tibor berishlariga majbur qilmoqda.
Ushbu vazifani hal etishda personalni rejalashtirish jarayonida har bir 
xodim, eng avvalo uning kasb-malaka imkoniyatlari to’g’risida 
to’planadigan ma’lumotlar juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shu 
maqsadda maxsus so’rovnoma asosida quyidagi ma’lumotlarni to’plash 
talab etiladi:

personalning doimiy tarkibi (xodimning ismi-sharifi, turar joyi, yoshi, 
ishga qabul qilingan vaqti va hokazolar);

personalning umumiy tarkibi (malakasi, jinsi, yoshi, millati, 
102


nogironlar salmog’i, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va 
hokazolar salmog’i);

kadrlar qo’nimsizligi;

bekor turib qolish, kasallik sababli ish vaqti yo’qotilishi;

ish vaqti davomiyligi (to’la va qisman ish bilan bandlar, bir yoki bir 
necha tungi smenada ishlovchilar, mehnat ta’tillarining davomiyligi) 
to’g’risidagi ma’lumotlar;

ishchilar, xizmatchilarning ish haqi (ish haqi tarkibi, qo’shimcha ish 
haqi, ustama to’lovlar, tarif bo’yicha ish haqi, tarifga qo’shimcha 
to’lovlar);

davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy 
xizmatlar (qoidalar, tarif shartnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlar 
bo’yicha ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag’lar).
Mazkur ma’lumotlar personalni boshqarish xizmatida muntazam 
ravishda to’planib, umumlashtirib va tahlil etib borilsa, personalni 
rejalashtirish masalalarini hal etishda juda qo’l keladi.
Korxona ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlar ham ish o’rinlarini tahlil 
etish asosida to’planib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda ushbu 
jihatlarga e’tibor qaratilishi kerak:

ish o’rnining tasnifi va nomlanishi;

ish o’rnining texnik jihatlari (mazmuni, vositasi, mehnatni tashkil 
etish);

talab etiladigan malaka (umumiy ta’lim, kasb ta’limi, kasb tajribasi);

jismoniy jihatdan talablar (baquvvatlilik, ko’rish, eshitish qobiliyati, 
atrof-muhit ta’siri);

psixologik talablar (ishning bir xilligi, e’tiborlik, jamoada ishlashga 
moslashuv va boshqalar);

shtatlar jadvali (personal mikdori);

boshqaruv organlari tavsifi;

boshqaruv organlarining tashkiliy bo’ysunishi;
—lavozimlarni o’rindoshlik asosida to’ldirish rejasi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish