Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


Mehnat shartnomalari quyidagicha bekor qilinadi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Mehnat shartnomalari quyidagicha bekor qilinadi:
— muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan;
— agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar 
davom etaversa va taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor 
qilinishini talab qilmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan muddatga 
uzaytirilgan deb hisoblanadi;
— ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo’lgan xodimning ishda 
bo’lmagan vaqtiga mo’ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim 
ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
528


Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan 
holatlar bo’yicha bekor qilinishi.
U quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;
3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga 
kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom 
ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lsa, shuningdek, xodim sudning 
qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga 
yo’llangan taqdirda;
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi 
munosabati bilan, agar yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning 
imkoni bo’lmasa va u ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;
5) xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega 
bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan 
rasmiylashtiriladi.
Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb 
hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki 
xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan hollarda, u ish 
beruvchining o’zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi 
ishiga tiklanishi lozim.
Nizoni ko’rish vaqtida, ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor 
qilish yoki xodimni boshqa ishga o’tkazishning asosliligini isbotlab berish 
mas’uliyati yuklatiladi.
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat 
shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba 
uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan 
oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo’lsa, sud kasaba uyushmasi 
qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi 
olingan-olinmaganligini aniqlaydi.
Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga etkazilgan zararni qoplash 
majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash:
— majburiy progul vaqti uchun haqto’lash shartligidan;
— mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga 
o’tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog’liqqo’shimcha xarajatlar 
(mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va 
529


boshqalar) uchun kompensatsiya to’lashdan;

ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to’lashdan iboratdir. 
Ma’naviy zarar uchun to’lanadigan kompensatsiyaning miqdori, ish 
beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan 
belgilanadi, lekin bu mikdor xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi 
mumkin emas.
Xodimning iltimosiga ko’ra sud ishga tiklash o’rniga uning foydasiga 
kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo’shimcha haq undirib berishi 
mumkin.
Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki 
xodimni g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan 
mansabdor shaxs zimmasiga xodimga ish haqi to’lanishi munosabati bilan 
ish beruvchiga etkazilgan zarar o’rnini qoplash majburiyati yuklanadi.
Bunday majburiyatni yuklash uchun mehnat shartnomasini bekor 
qilish yoki boshqa ishga o’tkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda 
amalga oshirilganligi yoki mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash 
to’g’risidagi qarori ijrosini kechiktirishi asos hisoblanadi.
Etkaziladigan zarar o’rnini qoplash uchun to’lanadigan haq miqdori 
amaldagi qonunchilikka muvofiq mansabdor shaxsning uch oylik 
maoshidan oshib ketmasligi kerak.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish