Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


Mehnat va dam olish ta’tillari tizimi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Mehnat va dam olish ta’tillari tizimi. 
Jamoa shartnomasida ish vaqti 
(shu jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish 
haftasining turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan 
tashqari ish, ta’tillar (shu jumladan, ijtimoiy ta’tillar) ko’rsatilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasida ular 
quyidagicha:
-
xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan 
ortiqbo’lmasligi kerak;
-
ayrim toifadagi xodimlar (o’n sakkiz yoshgato’lmaganlar, I va II 
guruh nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi, alohida tusga ega 
bo’lgan ishlarda band bo’lganlar, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, 
byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan
-
muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar) uchun mehnat 
to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shuningdek, mehnat 
shartnomasiga muvofiq mehnatga to’lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish 
vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi;
-
xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan ishga 
qabul qilish chog’ida ham, keyin ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish 
haftasi belgilab qo’yilishi mumkin;
-
ish haftasi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik (har kungi ish 
muddati 7 soatdan ortib ketmasligi kerak) bo’lishi mumkin;
-
ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti-smena muddati, ishning 
boshlanish va tugash vaqti, sutka davomida smenalar soni, ish kunlari 
bilan ishlamaydigan kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning 
smenadan smenaga o’tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari 
47
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. - 2009. 9- бет.
510


yoki ish beruvchi bilan xodim kelishuviga binoan belgilanadi;
-
xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish 
taqiqlanadi;
-
ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo’llanilishi 
mumkin;
-
ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi 
o’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam 
bo’lmasligi kerak;
-
dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
Ish beruvchiga farmoyish bo’yicha ayrim xodimlarni dam olish va 
bayram kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoat 
shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba 
uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan 
kelishib belgilangan asos va tartiblar bo’yicha yo’l qo’yiladi.
Barcha xodimlar ga o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat 
ta’tillari beriladi. Yillik asosiy ta’til 15 kundan kam bo’lmasligi kerak. 
Ayrim toifadagi xodimlarga (18 yoshgato’lmaganlar, ishlayotgan I va II 
guruh nogironlariga) uzaytirilgan (30 kalendar’ kun) asosiy ta’tillar 
beriladi. Mehnat shartnomalarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berilishi 
ko’zda tutilishi mumkin.
Xodimlar ijtimoiy (homiladorlik va tug’ish, bolalarni parvarishlash, 
o’qish bilan bog’liq, ijodiy) ta’tillar olish huquqiga ham egalar.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish