Eng kam ish haqi
O’zbekiston Respublikasida Mehnat kodeksiga
muvofiq belgilangan haftasiga 40 soat, olti kunlik ish haftasida har kuni 7
soat, besh kunlik ish haftasida esa 8 soat ish vaqti me’yoridan kelib
chiqqan holda har bir soat, kun, hafta yoki oy uchun belgilanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi
Farmoniga binoan 2011 yilning 1 avgustidan boshlab minimal ish haqi
miqdori 57200 so’m qilib belgilandi”
40
.
Eng kam ish haqi miqdorining o’rnatilishi mehnat kishisini ijtimoiy
himoya qilish maqsadini ko’zlaydi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan
1970 yilda qabul qilingan eng kam ish haqini o’rnatish to’g’risidagi
konventsiya hamda eng kam ish haqini o’rnatish bo’yicha tavsiyalarda
ham eng kam ish haqini o’rnatish mehnatkashlar va ular oila a’zolari
ehtiyojlarini qondirishga qaratilishi kerakligi ta’kidlanadi.
Eng kam ish haqini o’rnatishda quyidagilar hisobga olinadi:
-
mehnatkashlar va ularning oila a’zolari ehtiyojlari;
40
“Норма” газетаси № 28(313) 12 июль 2011 й.
378
Akkordli-mukofotli
-
mamlakatdagi ish haqining umumiy darajasi;
-
tirikchilik qiymati va undagi o’zgarishlar;
-
ijtimoiy ta’minot bo’yicha nafaqalar;
-
boshqa ijtimoiy guruhlar turmush darajasining taqqoslanmasi;
-
iqtisodiy omillar, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning ahvoli,
mehnat unumdorligi darajasi. Ish bilan bandlikni ta’minlash.
Ish haqining shakl va tizimlari.
Ular ish vaqti sarfi, personalning
mehnat unumdorliti va uning ish haqi miqdori nisbatlarini ifodalaydi,
shuningdek ishhaqi elementlari: tarif qismi, ustamalar, qo’shimcha
to’lovlar, mukofotlar o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq
korxona, tashkilot va muassasalar mehnatga haq to’lash shakllari va
tizimlarini mustaqil ravishda belgilaydilar. Bu jamoa shartnomalari yoki
boshqa me’yoriy hujjatlarda qayd etiladi.
Bugungi kunda mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari behisobdir.
Qator kompaniya va firmalar o’zlarida joriy etilgan mehnatga haq to’lash
shakl va tizimlarini ixtiro (nou-xau) darajasida baholaydilar va oshkor
etmaydilar. Mehnatga haqto’lashning shakl va tizimlarini umumlashtirgan
holda quyidagi umumiy tasnifga (9.24- rasm) keltirish mumkin.
Xodim mehnatiga haq to’lash miqdori uning shaxsiy mehnat ulushi,
mehnat sifatiga bog’liq bo’lib, ish haqi miqdori hech bir ravishda
cheklanmaydi.
Ishbay haq
miqdori xodimning mehnat unumdorligiga bog’liqdir.
Ma’lumki, mehnat unumdorligi erishilgan ish natijasiga, xususan vaqt
birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki mahsulot birligini
ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtiga qarab o’lchanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklini tanlash to’g’risida qaror
qabul qilishdan avval bu shaklning personalga nisbatan korxona siyosatiga
mos tushishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Jumladan,
bajarilayotgan ishga ijodiy yondashuv ko’p hollarda mehnatga haq
to’lashning vaqtbay shaklida yaxshiroq samara keltiradi.
379
Akkordli-mukofotli
Mehnatga haq to’lash ishbay shaklining turlari ko’p (9.25- rasm).
380
Do'stlaringiz bilan baham: |