Ijtimoiy to’lovlar.
Ular ta’til, shu jumladan ijtimoiy ta’tillar,
malaka oshirish, hayotni sug’urta qilish va shu kabilar uchun to’lovlardan
iboratdir.
6.
Korxona aktsiyalari bo’yicha dividendlar (foydaga sheriklik).
Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning juda muhim usuli
bo’libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning o’zgarishiga (agar
korxona aktsiyalarining salmokli ulushi xodimlar tomonidan sotib olinsa)
olib kelishi mumkin.
Kompaniya va firmalar aktsiyalarining o’z xodimlariga sotilishi bir-
biri bilan bog’liq ikki: kompaniya va firma hamda personal manfaatlarini
birlashtirish, iqtisodiy - xodimlar mablag’larini ishlab chiqarishni
rivojlantirish uchun jalb qilish maqsadiga xizmat qiladi.
Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining
quyidagi shakllari
mavjud:
-
bepul aktsiyalar;
-
aktsiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo’lgan oddiy
363
Eng ko’p ish haqi
(maxsimum)
Eng kam ish haqi
(minimum)
Baza stavkasi
Ma’sulyat darajasining oshishi
9.17-rasm. Baza stavkasining hodim ma’sulyati bilan o’zaro
bog’liqligi
aktsiyalar;
-
korxona aktsionerlari umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini
bermaydigan imtiyozli aktsiyalar;
-
xodimlarning pay shaklida ishtirok etishi ko’zda tutilgan
jamiyatlarni tashkil qilish;
-
aktsiyalarga opsionlar;
-
faoliyat yakunlari bo’yicha, ishtirok etish birligiga aktsiyalar va
hokazolar.
Pensiya ta’minoti.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi
tayinlanishi belgilab qo’yilgan.
Yoshga doir pensiya
sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda:
erkaklar - oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma
besh yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to’lgan
bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan takdirda
tayinlanadi.
Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya
yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo’lganda
ham tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi
sug’urta qilingan xodimlarga - nogironlik
mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib
chiqqan bo’lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar, nogironlik
boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat
stajiga ega bo’lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati
sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga
bog’liq bo’ladi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki
kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobi-liyatsiz oila
a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar
tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga
muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday
mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga
qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo’lgan sug’urta
qilingan xodimlarga (boquvchisini yo’qotgan hollarda esa - ularning oila
a’zolariga) ularning o’zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
1
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi ham
tashkil etilgan bo’lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy jihatdan
qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar
364
bilan birga xodimlar o’z ish haqlaridan hamda korxonalar mablag’lari
hisobidan tegishli badallar o’tkazib turishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |