—
ichki muhitdinamikasi;
—
personalni boshqarish strategiyasi.
Personalni boshqarishningtashkiliy tuzilmasi korxona katta-
kichikligiga mos kelishi va murakkab bo’lmasligi lozim. Bu biznes
uchun juda muhimdir. Xususan, korxona uncha katta bo’lmasa va
rahbarning o’zi personal faoliyatiga rahbarlik qila olsa, oddiy
tashkiliy
tuzilma qo’llaniladi.
Agar personal soni ortib, rahbar bir o’zi ularni boshqarishga qodir
bo’lmay qolsa yoki ishlab chiqarishda ayrim ixtisoslashgan faoliyat
turlari
vujudga kelsa, chiziqli yoki funktsiyali tashkiliy tuzilmaga
o’tishga to’g’ri kelinadi.
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli ham xuddi shunday
o’zgarishlarni taqozo etadi. Bu shaql qanchalik murakkab bo’lsa,
personalni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ham shunchalik ko’p
daraja va bo’linmalarga ega bo’ladi.
Personalni boshqarish xizmatlari
korxonada personal bilan ish olib
boruvchi asosiy bo’g’indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi,
hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi,
moliyaviy
muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmat-
larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.
Samarali faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi
kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy
tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat
salohiyatini rivojlantirish uslublari o’rtasidagi mavjud uzilishlarni
bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaramoqdalar. Muammoni
ijobiy hal etish ko’p jihatdan personalni boshqarish xizmatiga bog’liq
bo’lib qoladi.Iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar an’anaviy
kadrlar bo’limlarining funktsiyalari yo’q bo’lib ketadi, degan ma’noni
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy
imtiyozlarni taqsimlash masalalari
bundan buyon ham personalni
boshqarish xizmati funktsiyalarida asosiy o’rinlarni egallashi aniq. Shu
bilan bir qatorda, bu funktsiyalarni amalga oshirish shakl va
uslublarida sifat jihatidan o’zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga
aylanmoqda.
Personalni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va
firmalarda korxonaning asosiy bo’linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular
zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
—
kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar
bilan ta’minlash;
83
—
personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish;
—
personalning barcha toifalarini o’z
mehnatidan qoniqish hosil
qilish darajasini oshirish;
—
personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va
yuksak darajada ushlab turish;
—
qulay ma’naviy muhitni saqlash;
—
xodimlar va rahbariyat uchun o’zaro foyda keltirishini ko’zlagan holda
personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish;
—
martabani rejalashtirish;
—
personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya
yoki firma innovatsiya
rejalarini amalga oshirishda ko’maklashish;
—
personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan
o’tkazish uslublarini takomillashtirish.
Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (firma) uchun kadrlar
tanlar ekan, ularda ro’y berayotgan o’zgarishlarni (oilaviy ahvol, funktsiyalari
o’zgartirilgan holda xizmat vazifalarining o’zgartirilishi va hokazolarni) ham
hisobga olishni talab etadi.
Personalni o’qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda xodimlarni
chet ellarda stajirovkadan o’tkazishni ko’zda tutish, faoliyat yo’nalishi bo’yicha
zarur maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar bilan ta’minlashni ham talab
etadi.
Personalni
samarali mehnat qilishi, ularga yaratilgan qulay sharoitlar
(psixologik muhit, qulay ish joyi, transport, ovqatlanish va hokazolar)ga
bog’liqligini hisobga olgan holda rahbariyatga ishchi, xizmatchilarning maishiy
84
Personalni
rejalash
Ishga yollash
Tanlash
Ish
haqi va
imtyozlar
Kasbga
ko’nikish
O’qitish
Attestatsiya
Zahira rahbarlarini
tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: