Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan
holatlar bo’yicha bekor qilinishi.
U quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan
xodim ishga tiklangan taqdirda;
3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga
kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom
ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lsa, shuningdek, xodim sudning
qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika
muassasasiga
yo’llangan taqdirda;
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi
munosabati bilan, agar yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning
imkoni bo’lmasa va u ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;
5) xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega
bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan
rasmiylashtiriladi.
Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi
bekor qilingan kun deb
hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki
xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan hollarda,
u ish
beruvchining o’zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi
ishiga tiklanishi lozim.
Nizoni ko’rish vaqtida, ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor
qilish yoki xodimni boshqa ishga o’tkazishning asosliligini isbotlab berish
mas’uliyati yuklatiladi.
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat
shartnomasini ish beruvchining tashabbusi
bilan bekor qilishni kasaba
uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan
oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo’lsa, sud kasaba uyushmasi
qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining
oldindan roziligi
olingan-olinmaganligini aniqlaydi.
Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga etkazilgan zararni qoplash
majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash:
— majburiy progul vaqti uchun haqto’lash shartligidan;
— mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga
o’tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog’liqqo’shimcha xarajatlar
(mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va
529
boshqalar) uchun kompensatsiya to’lashdan;
—
ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to’lashdan iboratdir.
Ma’naviy zarar uchun to’lanadigan kompensatsiyaning miqdori, ish
beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan
belgilanadi, lekin bu mikdor xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi
mumkin emas.
Xodimning iltimosiga ko’ra sud ishga tiklash o’rniga uning foydasiga
kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo’shimcha
haq undirib berishi
mumkin.
Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki
xodimni g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan
mansabdor shaxs zimmasiga xodimga ish haqi to’lanishi munosabati bilan
ish beruvchiga etkazilgan zarar o’rnini qoplash majburiyati yuklanadi.
Bunday majburiyatni yuklash uchun mehnat shartnomasini bekor
qilish yoki boshqa ishga o’tkazish qonunni
ochiq-oydin buzgan holda
amalga oshirilganligi yoki mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash
to’g’risidagi qarori ijrosini kechiktirishi asos hisoblanadi.
Etkaziladigan zarar o’rnini qoplash uchun to’lanadigan haq miqdori
amaldagi qonunchilikka muvofiq mansabdor shaxsning uch oylik
maoshidan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: