vazirligining sayti.
3.
www.lex.uz
– O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
qonunchilik hujjatlari sayti.
4.
www.stat.uz
- O’zbekiston Respublikasi Statistika bo’yicha davlat
qo’mitasining sayti.
5.
www.
norma
. uz
12 – BOB. PERSONALNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
12.1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari
Bozor iqtisodiyoti nafaqat iqtisodiy, balki mehnat munosabatlarining
ham mazmun va mohiyatida tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqazo
etadi. Ma’lumki, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davlat
tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning
barcha jabhalarini nazorat
qilishni, shu jumladan ishchi kuchidan foydalanish, mehnatga haqto’lash
va boshqa masalalarni yakka o’zi hal etishiga asoslangan edi. Bu tizimda
xodim o’z mehnat shart-sharoitlari, huquq
va majburiyatlarini himoya
qilish imkoniyatiga ega emas edi.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi
mehnat munosabatlarini qonuniy demokratik asosda yo’lga qo’yish, ish
beruvchilar va xodimlar o’rtasida munosabatlarni shartnoma va kelishuvlar
bilan muvofiklashtirishga yo’l ochib berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu
huquqiy me’yorlar respublika parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan
e’tiboran amalga kiritilgan (so’ng bir qator o’zgartish va qo’shimchalar
kiritilgan) O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida
46
o’z ifodasini
topdi.
Ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi samarali o’zaro
hamkorlikni
bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan manfaatlarni
uyg’unlashtirish ehtimol tutilgan mehnat nizolarini hal etish vositalarisiz,
bir tomondan, mulkchilikning barcha shakllarini e’tirof etadigan, ikkinchi
tomondan xodimlarni ijtimoiy himoya qiladigan
ijtimoiy tizimlarsiz
tasavvur etib bo’lmaydi.
Ana shunday sharoitlarda ijtimoiy munosabatlar huquqiy-tashkiliy
murakkab tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan jamoa —
shartnoma
muvofiqlashtirishining ahamiyati yanada ortadi. Ish beruvchi bilan xodim
o’rtasidagi munosabatlarning davlat tomonidan hamda shaxsiy mehnat
shartnomasi asosida muvofiqlashtirish ham ana shu tizim tarkibiga kiradi.
Mehnat bozorida jamoa-shartnoma tizimini rivojlantirishdan ish beruvchi
46
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006.
500
ham, xodim ham manfaatdordir. Chunki
mazkur tizim juda muhim
vazifalarni: mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikki tomon
manfaatlarini himoya qiladi, mehnat munosabatlarini tartibga soladi, ularni
barqaror bo’lishini ta’minlaydi.
Jamoa-shartnoma tizimini muvofiqlashtirishning mehnat sharoitlarini
ma’muriy buyruqbozlik usulidan
eng muhim afzalligi shundaki, bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat munosabatlari ziddiyatlarni tinch yo’l
bilan, tomonlar manfaatlarini huquqiy asosda, izchillik bilan kelishtirgan
holda muvofikdashtiradi. Bunda shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamoa -
shartnoma tizimiga o’tishda mehnat munosabatlarining asosiy masalalari
yuzasidan qarorlar qabul qilishdagi markazlashtirishdan voz kechilmaydi.
Mehnat
munosabatlarini
muvofikdashtirishning
mohiyati
markazlashtirishni bekor qilishda emas, balki qaror qabul qilish shaklini
o’zgartirishdadir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ish beruvchi va xodim o’rtasidagi
mehnat munosabatlari ijtimoiy sheriklikni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: