o’tkazib turish yaxshi samara berishi mumkin.
Personal faoliyatini baholash bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish
uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
1. Mehnat faoliyati baholanayotganlar hamda bu baholashni
o’tkazuvchilar o’zaro uchrashib, xodimning o’tgan
davrdagi mehnat
samaradorligini o’sha vaqtdagi vaziyatlardan kelib chiqqan holda
birgalikda muhokama qilishlari maqsadga muvofiqdir.
2. Baholovchi mazkur muhokama intizomiy chora emasligini, balki
xodimning mehnat samaradorligini kelgusida yanada oshirish maqsadida
o’tkazilayotganligini alohida ta’kidlashi kerak.
3. Baholovchi muhokamani shunday tashkil etishi kerakki, bu
tarbiya uchun belgilangan vaqtning yarmi mehnat faoliyati baholanayotgan
xodimning o’zi hozirgi va kelgusi mehnat faoliyati yuzasidan fikr-
mulohazalarini bildirishi uchun ajratilishi kerak.
4. Baholovchi muhokamani xodimning o’ziga xos
muvaffaqiyatlarini ta’kidlashdan boshlashi lozim.
Xodim ishidagi
kamchiliklar uning faoliyati ijobiy natijalari qayd etilishi oralig’ida
keltirilgani ma’qul. Bunda ham mazqur muhokama bu kamchiliklarni
tanqid qilish uchun emas, balki kelgusida hozir mavjud bo’lgan
muammolarni bartaraf etish maqsadini ko’zlayotganiga urg’u berilishi
darkor. Bir muhokama davomida xodimning 1-2 ta kamchiligini ko’rsatib
o’tish kifoya. Ko’pchilik odamlar uchun bir yo’la o’zining ko’rsatilgan
ikkitadan ortiq nuqsonlarini bartaraf etish uchun o’z
ustida ish olib
borishlari og’ir kechadi. Kamchiliklar tilga olinadigan suhbat mehnat
faoliyati baholanayotgan xodim hamda baholovchi bilan yuzma-yuz,
boshqalar ishtirokisiz o’tkazilgani ma’qul.
5. Baholovchi xodimni axborotlarga ko’mib yubormasligi kerak.
Axborotlarning haddan tashqari ko’pligi xodimni chalg’itib qo’yadi, juda
ham ozligi baholovchi rejalarini buzadi.
6. Baholovchi mehnat faoliyati baholanayotgan xodimni o’zaro
muloqotga, uning o’z faoliyatini o’zi baholashiga rag’batlantirishi darkor.
Xodimga o’z ishi natijalarini o’zi tez-tez tahlil qilib turilishini tavsiya etish
kerak.
7. Suhbat kelajaqdagi vazifalarni muhokama qilish,
xodimning
rahbari unga korxona yoki tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishi
uchun iloji boricha salmoqliroq shaxsiy mehnat ulushini qo’shishda
qanday yordam bera olishi mumkinligi bilan yakunlanishi maqsadga
muvofiqdir.
Baholash jarayonidan olingan ma’lumotlar aniq harakat dasturlaridan
415
joy olishi, ular asosida ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, xodimning
qaysi amaliy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish muayyan xodim uchun
qaysi rag’batlantirish va jazolash choralari samarali bo’lishi haqidagi
tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo’lishi kerak.
Har bir baholovchiga qo’yiladigan asosiy talab uning muayyan davr
(aytaylik, olti oy mobaynida) xodim bajarayotgan
ishni kuzatib borish
imkoniyatiga ega bo’lishidir. SHuni hisobga olgan holda quyidagilar
baholovchilar bo’lishlari mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: