Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

balldan yuqori
bo’lsa uni mansab lavozimida ko’tarish yoki 
martabasining yuqorilashuvi uchun zaxira tarkibiga qo’shish,
55 balldan 
82,5 ballgacha 
bo’lsa u xizmat vazifasiga loyiq, 
27,5 balldan past 
bo’lsa 
xizmat vazifasiga noloyiq, deb topilishi to’g’risida xulosa tayyorlanadi. 
Bu usul yana bir - sifat bo’yicha ekspert baholari asosida personal 
faoliyati qaysi yo’nalishlarini takomillashtirish to’g’risida aniq tasavvur 
hosil qilish mumkinligi bilan ham ahamiyatlidir.
Xodimlar ish samaradorligini anikdash, ular o’z salohiyatlarini to’la 
namoyon qila olishlari, korxonada mehnatni tashkil etishni 
takomillashtirish maqsadida
personal faoliyatini baholash
kerak. Bu 
baholash funktsiyalariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Ma’muriy funktsiyalar:
xizmat vazifasida ko’tarish, tushirish, 
boshqa ishga o’tkazish, mehnat shartnomasini to’xtatish. Ma’muriyat 
ushbu masalalar bo’yicha qaror qabul qilishni asoslashi uchun personal 
faoliyatini baholashi kerak bo’ladi.
O’z qobiliyatlarini namoyon qilgan xodimlarni xizmat vazifasida 
400


siljitish, bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish imkonini beradi.
Bu personalning ham martabasining yuqorilashuvga bo’lgan 
intilishlarini qondirib, o’z-o’zlariga hurmatlarini kuchaytiradi. Lekin 
rahbariyat xodim martabasi to’g’risida qaror qabul qilar ekan, u yangi 
vazifada o’zida yuklatilgan vazifalarni bajarishningto’lauddasidan 
chiqishiga ishonch hosil qilishi kerak. Tajribada egallab turgan 
lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan xodim yuqori 
lavozimga ko’tarilishi ko’zlangan maqsadga erishish imkonini bermasligi 
hollari uchraydi. Chunki ushbu xodimda yangi lavozim vazifalarini 
muvaffaqiyatli ado etish uchun etarlicha saloqiyat bo’lmaydi.
Bunday hollarda xodim malakasini oshirish kerak bo’ladi yoki u yangi 
vazifada samaraliroq ishlay oladi, degan qarorga kelinganda uni lavozimda 
gorizontal holatda siljitish kerak bo’ladi. Ba’zan xodim qoniqarsiz faoliyat 
ko’rsatayotgan bo’lsa ham u katta ish stajiga egaligi yoki uning avvalgi 
xizmatlari hisobga olinib u bilan mehnat shartnomasini to’xtatish 
maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelinadi. Bunday vaziyatda 
mansab vazifasida siljitish uning o’z lavozimida pasayishi bo’lsa-da, 
xodim korxonaga hali foyda keltira oladigan vazifaga o’tkazilishi mumkin. 
Bu quyiroq lavozimda u qobiliyatli yoshlar martabasining o’sishiga xalaqit 
bermaydi.
Xodimga uning ish natijalari ma’lum qilinib, bu natijalarni yaxshilash 
uchun etarlicha imkoniyat berilgan taqdirda ham u belgilangan darajada 
unumdorlik ko’rsata olmasa yoki ko’rsatishni xohlamasa, bu shaxs bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Ma’muriyat, vaziyat qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar, personal faoliyati natijalari samarali 
baholanmasdan asosli qaror qabul qila olmaydi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish