Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


 Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

3.2. Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari
Personalni boshqarish muayyan, aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-
tadbirlarni ko’rish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagilarni 
ko’zda tutadi (3.9- rasm):
— personal bilan ishlashning maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini 
aniqlash; qo’yilgan maqsadga erishishning vosita, shakl va uslublarini aniqlash;

qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil 
etish;

belgilangan tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratqilish;
— personal bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish. Korxona 
ishlab chiqarishining umumiy strategiyasi mavjud bo’lgan taqdirdagina 
personalni boshqarish funktsiyalariga aniqlik kiritish imkoni bo’ladi.
Personalni boshqarish strategiyasi bilan tadbirkorlik strategiyasini 
muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy funktsiyalarini qamrab oladi va 
quyidagilardan iborat bo’ladi:

ishlab chiqarish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish uchun korxona 
personalini tanlash, yollash va shakllantirish;
— personalni baholash;

tashkiliy tuzilmani rivojlantirish hamda korxonada har bir xodim ijodiy 
faolligini namoyon etishga yordam beradigan ma’naviy muhitni yaratish;
78


— xodimlar salohiyatidan imkon boricha yaxshi foydalanish, 
mazkur salohiyatni rag’batlantirish;

korxonaning har bir xodim oldidagi ijtimoiy mas’uliyati 
kafolatini ta’minlash.
Amaliy jihatdan personalni boshqarishning quyidagi asosiy 
funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

o’z firmasi strategik va taktik maqsadlarini, bularni amalga 
oshirish yo’llarini aniqbilish;

oldini olish choralarini ko’rish uchun mehnat bozori va o’z 
jamoasidagi ahvolni bashorat qilish;

mavjud kadrlar salohiyatini tahlil qilish va istiqbolni ko’zlagan 
holda bu salohiyatni rivojlantirishni rejalashtirish;

personalni qiziqtirish, kadrlarni baholash va o’qitish, joriy etilgan 
yangiliklarga xodimlar ko’nikishiga ko’maklashish, jamoada ijtimoiy qulay 
muhitni yaratish, xodimlarning psixologik jihatdan o’zaro bir-birlariga mos 
kelishlari masalalarini hal etish va boshqalardir. Bu o’rinda personal bilan 
ishlashda an’anaviy vazifalar ham saqlanib qolishini ta’kidlash lozim.
Personalni boshqarish nazariyasida, odatda, sakkizta asosiy 
funktsiyani bajaradi. Bular:
1)
personalga ehtiyojlarni rejalashtirish;
2)
personalni tanlash;
3)
personalni yollash;
4)
personalni rivojlantirish;
5)
personalni yo’naltirish;
6)
martaba;
79

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish