Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi


VII bobni o‘rganish natijasida



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

VII bobni o‘rganish natijasida:
•  Qo‘qon  xonligi  tashkil  topishi  tarixini  va  davlat  boshqa- 
ruvini;
•  Xonlikning tashqi siyosatiga oid bilimlami;
•  Xonlikning  ijtimoiy-iqtisodiy,  shuningdek,  madaniy 
hayotiga oid ma’lumotlami o‘rganasiz.
31-  §.  Qo‘qon  xonligining  tashkil  topishi
Farg‘ona  vodiysi  Buxoro  xonligi  tasar- 
0  ™.x. iy — xon 1 
rufida edi.  XVIII asr boshlarida  Buxoro
a s o s c  
i s i
 
xonligi  ichki  kurashlar  oqibatida  zaif-
lashadi.  Bunday  vaziyatdan  foydalangan  jung‘orlar  Farg‘ona 
vodiysiga tez-tez bostirib kirib,  talon-taroj  qila boshladilar. Vaziyat 
ichki kuchlami birlashishga,  mustaqil davlat tuzishga undamoqda 
edi.  Dastlab  Chust  yaqinidagi  Chodak  qishlog‘i  xo‘jalar jamoasi 
o‘z mulklarini  mustaqil deb  e’lon qildilar. Vodiydagi  o‘zbeklaming 
ming  urug‘i  oqsoqollari  yig‘ilishib,  o‘z  yo‘lboshchisi  Shoh- 
ruxbiy  boshchiligida  Buxoro  xonligidan  mustaqil  davlat  tuzishga 
qaror  qilishgan.
Yodda  tuting.  1710-yilda ming  urug‘i chodaklik din peshvolari 
hokimiyatini  ag‘darib,  Farg‘ona  vodiysida  hokimiyatni  o ‘z 
qo ‘Uariga olganlar.  Shu tariqa,  Markaziy  Osiyoda keyinchalik 
Qo‘qon  xonligi  deb  atalgan  yangi  davlat  vujudga  keldi.
Tepaqo‘rg‘on  hukmdor  Shohruxbiyning  qarorgohiga  aylan- 
tirildi.  Shohruxbiyning o‘g‘li Abdurahimbiy  (1721  —  1733)  davrida 
Xo‘jand,  0 ‘ratepa viloyatlari qo‘shib  ohndi.  U  Shahrisabz ostona- 
lariga  qo‘sliin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo‘qonga tobelik 
haqida  bitim  tuzishga  erishadi.  Keyin  Samarqandni  va  Jizzaxni 
egallaydi.  Abdurahimbiy  Xo‘jandga  qaytib  kelgach,  qattiq  betob 
bo‘lib,  vafot etadi.  Qo‘qon xonligi taxtiga uning inisi Abdukarimbiy 
o‘tiradi  (1733  —  1750).  U  o‘z  poytaxtini  Tepaqo‘rg‘ondan  Qo‘- 
qon  shahriga  ko‘chiradi.  Shahar  atrofini  devor  bilan  o‘ratadi.
11 5


Erdonabiy  hukmronligi  davrida  (1751—1762)  xonlikning 
qudrati  ortdi.  U  0 ‘sh  va  0 ‘zganni bo‘ysundirdi.  Erdona  davrida 
Qo‘qon  xonligi  g‘arbda  Buxoro,  sharqda  Xitoy  bilan  tengma- 
teng  kurash  olib  bora  olgan  davlatga  aylandi.  Biroq,  uning 
hukmronligi  yillarida  toj-u  taxt  uchun  kurash  ham  kuchaydi. 
Nihoyat,  1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo‘tabiy 
o‘tqazildi  (1763 —  1798).  U  dastlab  Chust va Namangan hokim- 
larining  isyonini  bostirdi.  Xo‘jandni  qayta  bo‘ysundirdi.
Norbo‘tabiy  davrida  ekinlardan mo‘l  hosil  olinib,  bozorlarda 
narx-navo  arzonlashgan.  Mamlakatning  qudrati  har  tomonlama 
o‘sgan.
Norbo‘tabiy vafot  etgach,  taxtga uning  o‘g‘li  Olimbek  o‘tqa- 
zildi.  Uning  davrida  (1798 —  1810)  Qo‘qonning  siyosiy mavqeyi 
yanada  kuchaydi.  U  Ohangaron  vohasini,  Toshkent,  Chimkent 
va  Sayramni,  Rossiyaga  boruvchi  karvon  savdo  yo‘llarini 
bo‘ysundiradi.  Shu tariqa  Olimxon  davrida Rossiya bilan birinchi 
maria  savdo  aloqalari  o‘matilgan.  Olimxon  harbiy  islohot  ham 
o‘tkazgan.  Unga ko‘ra  ,,askariya“  deb  ataluvchi muntazam qo‘shin 
tuzilgan.  Bu  qo‘shin  sipoh  (otliq),  sarboz  (piyoda)  va  to‘pchi 
kabi qismlardan iborat bo‘lgan.  Ayni paytda xonlikda  ,,qilquymq“ 
deb  ataluvchi  nomuntazam  qo‘shindan  foydalanish  ham  davom 
etgan.  Muntazam  qo‘shin,  birinchi  navbatda,  markaziy  hoki- 
miyatning tayanchiga aylantirildi.  Ikkinchidan  esa asosiy raqibi  — 
Buxoro  amirligiga qarshi tura ohshini ta’minladi.  Buxoro  amirligi- 
ga  qarshi  tura  olishiga  ishonch  hosil  qilgach,  1805- yilda  o‘z  dav- 
latini  rasman  Qo‘qon  xonhgi  deb,  o‘zini  esa  xon  deb  e’lon  qildi. 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish