Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi


Ilmiy-adabiy muhit nima? Kim uni shakllantirdi?



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

1. Ilmiy-adabiy muhit nima? Kim uni shakllantirdi?
2. „Majmuayi shoiron“ nima, uni kim tuzgan?
3. Maxmur ijodiga xos bo‘lgan asosiy xususiyat nima?
4.
Gulxaniy o ‘zbek adabiyotida qaysi janrning asoschisi?
5. Uvaysiy va Nodira ijodlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni bir-
biriga taqqoslang.
6
.
Boborahim Mashrab ijodi haqida so‘zlab bering.
38- §. Tarixnavislik, san’at va me’morchilik
Tarixnavislik 
XVIII — XIX asrlarda Qo‘qon xonligida
ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan. Maz- 
kur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir 
Umarxonning topshirig‘iga binoan ,,Umamoma“ dostonini yozib 
tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana 
„Majmuayi shoiron“ tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari 
o‘z ifodasini topgan.
Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar 
Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shoh- 
nomayi nusratpayom “ , (,,G ‘alabadan xabar beruvchi shoh- 
nom a“) tarixiy asarini yozgan.
Umarxon davrining ko‘zga ko‘ringan tarixchisi Muhammad 
Hakimxon To‘ra ibn Sayid M a’sumxon (1802 — 1870) dir. U 
ona to m o n d an Q o‘qon xoni N o rb o ‘tabekning nabirasidir. 
Muhammad Alixon davrida quvg‘inga uchrab Rossiyaga, Sharq 
mamlakatlariga sayohat qilishga majbur bo‘lgan. Umrining oxirida 
Shalirisabzda yashab, shu yerda o‘zining „Muntaxab ut-tavorix“ 
(Saralangan tarixlar) asarini yozadi. Bu asar Buxoro amirligi va 
Qo‘qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardandir. Unda Markaziy 
Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir 
qimmatli m a’lumotlar mavjud.
Ushbu davrning yana bir yetuk tarixshunosi Mulla Niyoz 
Muhammad H o‘qandiy (1802 — 1872)dir. Harbiy lavozimlarda 
ishlagan va XIX asrning 70-yillarida „Tarixi Shohruxiy“ asarini


yozadi. Asarda olim davming siyosiy ahvoli va xalqning ijtimoiy 
turmushiga to ‘g‘ri baho bera olgan. Unda 1872-yilgacha bolgan, 
ko‘pincha o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bolgan voqealami bayon etadi.
Umarxon davridan 1872-yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealar- 
ning bayonidan iborat bo‘lgan yana bir tarixiy asar „Tarixi jahon- 
nomayi“ deb nomlanadi. Uning muallifi Junayd Mulla Avaz 
Muhammad Mulla Ro‘zimuhammad o‘g‘li (XVIII asr oxiri —
XIX asr o‘rtalari)dir.
Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning „Tarixi jadi- 
dayi Toshkand“ (Toshkentning yangi tarixi) asari Vatanimiz 
tarixini o‘rganishda muhim manbadir. U XV—XIX asrlar Turkiston 
tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Q o‘qon xonligi tarixi ilmiy 
nuqtayi nazardan yozilgan qimmatli asardir.
Yana bir tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy (1786 — 1858) 
„Tavorixi manzuma“ asarini yozgan. Asarda 1822 — 1848-yillar 
tarixi bayon etilgan.
M a’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Bamo „Tarixi 
m uhojiron“ (Muhojirlar tarixi), „Sabot ul-bashar maa tarixi 
muhojiron“ (Inson matonati va muhojirlar tarixi) kabi asarlar 
yozib qoldirgan.
gan,at 
Qo‘qonda xattotlik san’ati va me’morchilik
ham rivojlangan. M uham m ad Latif, 
Mirzo Sharif Dabir, Abulg‘oziyxoja kabi xattotlarning kitob 
ko‘chirish borasida o ‘zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan 
tarixda nom lari qoldi. K itoblar shunday did bilan ko‘chi- 
rilganki, xorijiy mam lakatlar shohlari uchun elchilariga ana 
shunday nafis ko‘chirilgan kitoblarni tortiq qilish xonlikda 
odatga aylangan edi.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish